Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Shengen vizasi (ko'pi bilan 90 kungacha)

Maqola
Shengen vizasi bosilgan pasport
Shengen vizasi © colourbox.com

Asosiysi 

Agar Siz yarim yil mobaynida 90 kungacha muddatga Shengen shartnomasiga a’zo davlatlar hududida bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Shengen vizasi uchun ariza topshirishingiz kerak. Belgiya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Finlandiya, Fransiya, Chexiya, Shveysariya, Shvetsiya vа Estoniya Shengen shartnomasiga a’zo davlatlar sanaladi.
 

 Qonunga muvofiq yashash joyingiz O´zbekistonda bo‘lsa fuqaroligingizdan qattiy nazar Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Sizning viza so‘rovnomangiz uchun mas´ul hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasangiz viza arizangizga amaldagi O‘zbekistonda yashash uchun ruxsatnomangiz nusxasini ilova qilishingizni so‘raymiz.
 

Shengen vizasiga ariza rejalashtirilgan sayohat boshlanishidan 6 oy oldin topshirilishi lozim.
 

Diqqat!
 

Shvetsiyaga vizalar berish 2022 yil 21-mart sanasidan tiklandi. 
 

Shengen vizasini olish uchun ariza rejalashtirilgan safar kunidan ko´pi bilan 6 oy avval topshirilishi mumkin.

Shengen vizasi uchun koʻnsullik badali

Shengen vizasi uchun koʻnsullik badali miqdorini moslashtirish

2024-yil 11- iyundan boshlab Shengen vizasi uchun konsullik badali 90 yevroni tashkil etadi; 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun - 45 yevro (Viza kodeksining 16-moddasi, 1 va 2-bandlariga muvofiq).

Moslashtirishning sababi - Viza kodeksining 16-moddasi, 9-bandiga muvofiq koʻnsullik badallari Yevropa komissiyasi tomonidan har uch yilda bir marta qayta koʻrib chiqilishidir.

2025 yil 1-iyuldan boshlab vizaga ariza topshirish uchun TLCcontact xizmat ko'rsatuvchisi bilan quyidagi havola orqali uchrashuvni belgilang.  
 

Arizangizni Visametricning Toshkentdagi viza qabul qilish markaziga topshirishingiz lozim. Buning uchun Visametric veb-saytida qabulga oldindan yozilish kerak bo'ladi.
 

Ariza shakli va arizani tasqilovchi hujjatlar
 

Arizangizni rejalashtirilgan sayohat boshlanishidan 6 oy oldin yuborishingiz mumkin. Sayohat rejalari aniq bo'lishi bilanoq siz tayyorgarlikni boshlashingiz kerak. Ariza blankini  mana bu yerda topishingiz mumkin.



Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni to'plang. Hujjatlarning to'liqligiga e'tibor bering. To'liq bo'lmagan hujjatlar Sizning arizangizni rad etilishiga olib kelishi mumkin. Faqat kerakli hujjatlarni arizangiz bilan birga topshiring. Arizani topshirishdan oldin elchixonaga biron bir hujjat yubormang.

Quyida viza turlariga oid batafsil ma'lumotni olasiz:

Mehmonga borish uchun viza

Biznes viza

Ko'rgazmada ishtirok etish uchun viza

Tibbiy viza

Sayyohlik vizasi

Yuk tashuvchi mashina haydovchilari uchun viza

Talabalar uchun ta'til vaqtida ishlash uchun viza

Til o'rganish kurslari uchun viza (ko'pi bilan 90 kungacha)






 

Hujjatlarni ko'rib chiqish jarayoni
 

Agar viza olish uchun qonuniy talablar bajarilsa, viza beriladi. Alohida hollarda, ko'rib chiqish muddati uzaytirilishi mumkin, ayniqsa ariza hujjatlari to'liq taqdim etilmagan yoki elchixona tomonidan savollar tug’ilgan hollarda, hamda arizachi bilan shaxsan uchrashish zaruriyati bo’lgan hollatlarda. 
 

Agarda Sizdan qo'shimcha hujjatlar talab qilinsa, Visametric Sizga xabar beradi.
 

Arizangiz holatini istalgan vaqtda quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.
 

Bundan tashqari, elchixona belgilangan hujjatlarni tekshirish muddati davomida ko’rib chiqish jarayoni holati haqida hech qanday ma'lumot bermaydi.
 

E’tibor bering: Faqat arizachining o'zi, uning qonuniy vakili yoki yozma ravishda vakolat berilgan shaxsning so'rovlariga javob beriladi.
 

Muhim eslatma: Sotib olingan aviachipta Sizning arizangizni imtiyozli ravishda ko'rib chiqilishi uchun sabab bo’lmaydi. Shu sababli, elchixona viza yorlig’i qo’yilgan pasportingizni olmaguncha aviachiptalarni sotib olishni qat'iyan tavsiya qilmyadi.
 

Pasportni qaytarib olish
 

Sizning arizangiz to’liq ko'rib chiqilishi bilanoq, elchixona pasportingizni Visametricga topshiradi. Shundan so'ng Visametric Sizga pasportingiz tayyorligi haqida xabar beradi.
 

Pasportingizga qo'yilgan vizani olganingizdan so'ng, viza yorlig'idagi ma'lumotlarni tekshiring. Xususan, fotosuratingiz, ismingizning imlosi, vizaning amal qilish muddatining boshlanishi va tugashi, ruxsat etilgan kirishlar soni va viza amal qiladigan kunlar sonini tekshiring.
 

E'tibor bering, Viza kodeksiga ko'ra, Shengen vizalari odatda 15 kunlik qo'shimcha vaqt oralig'i bilan beriladi. Ushbu qo’shimcha vaqt oralig’i vizaning amal qilish muddatiga ta'sir qiladi, lekin Shengen hududida qolishingizga ruxsat berilgan kunlar soniga ta'sir qilmaydi.
 

Batafsil ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin:
 

Agar Siz viza yorlig'ida xatolikni aniqlasangiz, darhol pasportingizni olgan viza markaziga xabar bering.
 

Agar viza berilgandan keyin safaringiz muddati o‘zgaradigan bo‘lsa, ushbu holatda viza yorlig‘ini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bunday holda, Siz yangi safar muddati uchun yangi ariza topshirishingiz kerak bo'ladi.
 

Shengen hududiga kirish
 

Berilgan Shengen vizasi Sizga barcha Shengen mamlakatlariga kirish huquqini beradi, ammo u kirish uchun da’voga asos bo’lmaydi. Yakuniy qaror Shengen hududiga kirishda chegara politsiyasi tomonidan qabul qilinadi. Kirish paytida chegara politsiyasi Sizdan amal qiladigan viza va pasportingizdan tashqari, moliyaviy imkoniyatlaringiz, yashash muddati va maqsadi, tibbiy sug'urta polisi haqida ma'lumot beruvchi hujjatlarni ham taqdim etishingizni so'rashi mumkin. Chegarani kesib o'tishda tegishli hujjatlar (masalan, Germaniyadan taklifnoma, mehmonxonani bron qilinganligi haqida hujjat, sayohat tibbiy sug'urtasi) albatta o’zingiz bilan bo'lishi kerak.
 

Agar Sizda Germaniya Shengen vizasi bo'lsa va Germaniya safaringizizning asosiy manzili bo'lsa, Shengen hududiga boshqa Shengen davlati orqali hech qanday muammosiz kirishingiz mumkin. E’tibor bering, bunday holatda Siz Germaniyaga sayohatingizni davom ettirish niyatida ekanligingizni isbotlovchi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak bo'ladi.
 

Muhim eslatma: Shengen vizasi Shengen hududida 180 kun ichida ko’pi bilan 90 kun qolish imkonini beradi. Agar Siz ushbu muddat oshib ketmaganiga ishonchingiz komil bo'lmasa yoki mamlakatga qachon qayta kirishingiz mumkinligini onlayn kalkulyator orqali tekshirishingiz mumkin.
 

Viza arizangizning rad etilishi - apellyatsiya
 

Yangi ma´lumot 

- 2025-yilning 1-iyulidan boshlab butun dunyo bo‘ylab ko‘proq viza arizalarini ko‘rib chiqish va viza qarorlarini kutish vaqtlarini qisqartirish maqsadida ilgari ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgan apellyatsiyaga berish jarayoni bekor qilinadi.

- 2025-yil 1-iyuldan boshlab viza arizangiz rad etiladigan bo‘lsa, elchixona apellyatsiya murojaatini yubormasligingizni so‘raymiz. Elchixona endi bunday murojaatlarni ko‘rib chiqmaydi. 

- viza arizangiz rad etilganiga qarshi qonuniy chora ko‘rish maqsadida Berlin ma'muriy sudiga (Germaniya) da'vo arizasini kiritishingiz mumkin. Ariza nemis tilida bo‘lishi lozim hamda sud to‘lovlarini yuzaga keltiradi.

- har qachongidan ham muhim ma´lumot: barcha kerakli hujjatlarni avvaldanoq to‘liq taqdim etish orqali rad etish ehtimolini kamaytiring. Viza bo‘limi qo‘shimcha hujjatlar talab qilsa, ularni o‘z vaqtida taqdim eting.

- arizangiz rad etilgandan keyin ham sizda yangi viza arizasini topshirish imkoniyati albatta doim mavjud.
 

Shikoyat qilish imkoniyatlari
 

Shengen vizasi arizachilari konsullik bo`limi yoki Visametric xizmat ko'rsatuvchi tashkilot xodimlarining munosabati yoki vizaga hujjat topshirish jarayoni ustidan shikoyat qilish uchun elchixona web sahifasidagi muloqot uchin formulyardan foydalanishlari mumkin. Buning uchun “Shengen viza jarayoni ustidan shikoyat“ ni tanlang. E`tibor bering, shikoyatlar faqat nemis va ingliz tillarida berilishi mumkin. Bundan boshqa tillarda qilingan shikoyatlar ko`rib chiqilmaydi. Formulyarda mavzu uchun quyidagi uchta variantning birini tanlang:
 

  1. Konsullik bo`limi xodimlarining munosabati ustidan shikoyat
  2.  Visametric  tashqi xizmat ko'rsatuvchi tashkilot ustidan shikoyat.
  3. Vizaga hujjat topshirish jarayoni ustidan shikoyat

Shikoyat elchixonaga kelib tushganidan so`ng ko`rib chiqiladi.
 

Sahifa boshiga qaytish