Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

2025-yil 1-iyuldan apellyatsiya berish jarayoni bekor qilinadi

Achtung!

Achtung! © dpa

16.06.2025 - Maqola

Federal tashqi ishlar vazirligi 2025-yil 1-iyuldan boshlab butun dunyo boʻylab viza arizalarining rad etilishi ustidan apellyatsiya berish jarayonini bekor qilishga qaror qildi

Ushbu qaror bilan viza jarayonida qonunda kozda tutilmaganilgari ixtiyoriy ravishda berilgan huquqiy vosita bekor qilinadi.

Ushbu qaror 2023-yil 1-iyundan boshlab ko‘plab Germaniya viza idoralarida sinalgan ham Shengen, ham milliy vizalar uchun apellyatsiya jarayonini bekor qilishga qaratilgan pilot loyihasi natijalariga asoslangan.

Pilot loyiha natijalarini baholash orqali apellyatsiya jarayonini bekor qilish viza idoralarida ko‘proq viza arizalarini ko‘rib chiqish uchun xodimlar resurslari ba´zan sezilarli darajada oshgani ma´lum bo‘ldi. Shu sababli o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘proq milliy va Shengen viza arizalarini ko‘rib chiqish va kutish vaqtlarini qisqartirishga erishildi.

Ko‘proq viza arizalarini ko‘rib chiqish va kutish vaqtlarining qisqarishi barcha arizachilarga foyda keltiradi. Tegishli huquqiy himoya kelajakda ham kafolatlanib qoladi, chunki apellyatsiyaga berishning bekor qilinishi qonun bilan belgilangan sudga murojaat qilish huquqini cheklamaydi. Bundan tashqari, barcha arizachilar, albatta, agar viza arizalari rad etilgan bo‘lsa, istalgan vaqtda qayta ariza topshirish imkoniyatiga egalar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab butun dunyo boʻylab malakali mutaxassislar, kasbiy ta´lim olish, oliy o‘quv yurtlarida oʻqish va oilani birlashtirish uchun milliy vizalarga ariza odatda konsullik xizmatlari portali orqali raqamli shaklda beriladi, shuningdek, arizachilar toʻliq (raqamli) arizalarni topshirish boʻyicha aniq va intuitiv qadamlar orqali yoʻnaltiriladi. Arizalarni onlayn topshirishni yo‘lga qo‘yishda to‘plangan tajriba jarayon sifati sezilarli darajada yaxshilanishini hamda to‘liq bo‘lmagan arizalar tufayli kechikishlarning oldi olinishini ko‘rsatdi.

Sahifa boshiga qaytish