Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Viza va konsullik bo'limining ish vaqtlari, aloqa ma'lumotlari va qabulga yozilish haqida

Maqola

Bu yerda elchixonaning ish vaqtlari va manzili keltirilgan.

Elchixonaning viza va konsullik bo'limi dushanbadan payshanbagacha soat 08:00 -11:00/ 13:00 -16:00 da, hamda juma kuni soat 08:00 - 11:00 da ishlaydi.

2024-yil 1-fevraldan boshlab YANGI QABULGA YOZILISH TIZIMI amal qiladi

Elchixona 2024-yil 1-fevraldan boshlab viza olish maqsadida murojaat qilish uchun qabulga yozilish tizimi oʻzgarishiga eʼtibor qaratadi:

- Visametric ga ariza topshirish uchun qabul vaqtini belgilash

2024-yil 1-fevraldan boshlab hujjatlarni topshirish uchun qabulga yozilayotgan vaqtning oʻzida arizalarni koʻrib chiqish uchun belgilangan toʻlov toʻlanishi kerak. Qabul vaqti belgilangandan soʻng Visametric PNR raqami qayd etilgan tasdiqlovchi xatni elektron pochta orqali  yuboradi. Elektron pochta orqali ushbu xatni olgandan soʻng 24 soat ichida PNR raqamini qayd etib xizmat uchun toʻlovni amalga oshirish lozim. Aks holda, qabul vaqti bekor qilinadi.

Elchixona ushbu oʻzgarish viza uchun toʻlov miqdoriga tegishli emasligiga e'tibor qaratadi. Viza uchun toʻlovni viza olish maqsadida ariza topshirilgan vaqtda amalga oshirish lozim boʻladi.

- Germaniya elchixonasining viza boʻlimida hujjatlarni topshirish uchun qabul vaqtini belgilash

Elchixonaning qabulga yozilish tizimida ma'lum bir qabul vaqtini toʻg'ridan-toʻg'ri belgilashning endi imkoniyati yoʻq. Koʻrsatilgan toifalar doirasida qabul vaqtini belgilash uchun kutish roʻyxatiga yozilishingizni soʻraymiz. Shundan soʻng elchixona qabul vaqtini individual ravishda belgilaydi va arizachilarga hujjatlarni topshirish uchun qabul vaqti haqida elektron pochta orqali xabar beradi.

Qabulga yozilish uchun hech bir xizmat koʻrsatuvchi xizmatlaridan foydalanmaslik qat´iy tavsiya etiladi! Xususan, ushbu tashqi xizmat koʻrsatuvchilar bizning qabul vaqtini belgilash tizimimizga maxsus kirish huquqiga ega emaslar va hujjatlarni koʻrib chiqish jarayoniga hech qanday tarzda ta'sir qila olmaydilar. Arizangizni ko‘rib chiqish uchun elchixona yoki xizmat ko‘rsatuvchi hamkorimiz Visametric tomonidan olinadigan viza/xizmat koʻrsatish toʻlovigina yetarlidir.

Elchixona Shengen vizalari va Germaniyada o'qish, o'qishga tayyorgarlik ko'rish, o'qishga ariza topshirish va Au-Pair bo'lish uchun milliy vizaga arizalarni Visametric orqali qabul qiladi.
Milliy vizaga ariza topshirish elchixonaning oldindan qabulga yozilish tizimi orqali amalga oshiriladi.
Savollaringiz bo'lsa, elchixonaning konsullik bo'limiga murojaat qilish uchun aloqa shaklidan foydalaning.


Sahifa boshiga qaytish