Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Veb sahifadan imkoniyati cheklangan insonlar foydalanishi to'g'risida ma'lumot
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi va uning chet eldagi vakolatxonalari Yevropa Parlamenti va Kengashining 2016/2102 (YEI) ko'rsatmasiga muvofiq milliy qonunchilikka rioya qilgan xolda o'z veb-sahifalariga kirishni to'siqsiz (imkoniyati cheklangan insonlar uchun) qilishga harakat qilmoqdalar.
Ushbu to'siqsiz kirish to'g´risidagi ma´lumot mazkur veb-sahifaning internetda joylashtirilgan joriy versiyasi uchun amal qiladi.
U 2020 yil 17 sentyabrda ishlab chiqilgan.
Qaysi qismlar imkoniyati cheklangan insonlar uchun moslashtirilmagan?
To'siqsiz foydalanish uchun moslashtirilmagan kichik qismlar:
- PDF-fayllarni yuklab olish. To'siqsiz foydalanish mumkin bo'lmagan PDF-fayllarni imkon qadar tez to'siqsiz foydalanish uchun moslashtirilgan versiyasiga almashtirishga harakat qilyapmiz.
- Ba´zi videofayllar uchun subtitrlar. Videofayllar nashr etilgandan so'ng, agar ular yuklangan vaqtda subtitrlarsiz bo'lsa, ularni imkon qadar tez subtitrlar bilan to'ldirishga harakat qilyapmiz
Fikr-mulohazalarni bildirish va qayta aloqa
Ushbu sahifada joylashtirilgan ma´lumotlardan to'siqsiz foydalanish borasida kamchiliklarni aniqladingizmi? Yoki to'siqsiz foydalanish mavzusiga oid savollaringiz bormi? Unday bo'lsa biz bilan bog´laning. Buning uchun fikr-mulohazalarni bildirish shaklidan foydalanishingizni so'raymiz.
Biz bilan pochta yoki telefon orqali ham bog´lanishingiz mumkin.
Siz so'rovingizni nemis imo-ishora tilida bu yerga joylashtirishingiz mumkin. Imo-ishora video aloqa nemis imo-ishora tilida olib borilishini inobatga olishingizni so'raymiz.
Yarashtiruv jarayoni
Federal hukumatning imkoniyatlari cheklangan insonlar masalalari bo'yicha maxsus vakili qoshida teng imkoniyatlar to'g´risidagi Federal qonunning 16-moddasiga binoan yarashtiruv idorasi mavjud. Yarashtiruv idorasiga imkoniyati cheklangan insonlar va davlat federal boshqaruv organlari o'rtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish vazifasi yuklangan.
Siz yuqoridagi qayta aloqa orqali olingan javoblardan qoniqmagan bo'lsangiz, yarashtiruv idorasiga murojat qilishigiz mumkin. Bu yerda gap go´lib yoki mag´lub bo'lganlarni aniqlashda emas. Asl maqsad muammoning yechimini yarashtiruv idorasi yordamida va sud jarayonidan tashqarida topishdir.
Yarashtiruv jarayoni bepul, buning uchun sizga yuridik ko'mak ham kerak emas.
Yarashtiruv idorasining veb-sahifasida yarashtiruv jarayoni to'g´risidagi barcha ma´lumotlarni (nemis va ingliz tillarida) topishingiz mumkin. U yerda siz yarashtiruv jarayoni qanday kechishi va yarashtirish uchun ariza qay tarzda topshirilishi haqida ma´lumot olishingiz mumkin. Arizangizni soddalashtirilgan tilda yoki nemis imo-ishora tilida yuborishingiz mumkin.
Yarashtiruv idorasi bilan quyidagi manzil orqali bog´lanishingiz mumkin:
(Teng imkoniyatlar to'g´risidagi Federal qonunga binoan Federal hukumatning imkoniyatlari cheklangan insonlar masalalari bo'yicha maxsus vakili qoshidagi yarashtiruv idorasi)
Schlichtungsstelle nach dem Behindertengleichstellungsgesetz
bei dem Beauftragten der Bundesregierung für die Belange von Menschen mit Behinderungen
Mauerstraße 53 ko´chasi
10117 Berlin
Telefon: +49 (0)30 18 527-2805
Fax: +49 (0)30 18 527-2901
E-Mail: info@schlichtungsstelle-bgg.de
Internet: www.schlichtungsstelle-bgg.de