Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Ariza beruvchilar uchun muhim ma'lumotlar 

08.07.2025 - Maqola

Viza kodeksiga ko'ra, Shengen vizasi sayohat sanasidan qat'iy nazar, qo'shimcha 15 kunlik muddat bilan beriladi. Biroq, bu qo'shimcha kunlar Shengen hududida qolish kunlari soniga emas, balki faqat viza muddatiga tegishli.

Misol: Siz Shengen hududida 15 kunlik qolish uchun 1-apreldan 15-aprelgacha vizaga ariza bilan murojaat qilyapsiz. Siz 1-apreldan 15-aprelgacha 15 kunlik amal qiladigan sayohat tibbiy sugʻurtasini taqdim etasiz. 

Elchixona Sizga Viza kodeksiga muvofiq 1-apreldan 30-aprelgacha 15 kunlik viza beradi. Bu shuni anglatadiki, Siz Shengen hududida 1 apreldan 30 aprelgacha 15 kun qolishingiz mumkin. Ruxsat etilgan 15 kundan ortiq bo'lish Viza kodeksi talablarini buzish hisoblanadi. 

Agar Siz qo'shimcha vaqt oynasidan foydalanmoqchi bo‘lsangiz va berilgan viza bo'yicha 15 dan 30 aprelgacha Shengen hududida 15 kun qolmoqchi bo'lsangiz, qonun bo'yicha yangi muddat uchun amal qiladigan tibbiy sug'urtani rasmiylashtirishingiz shart. Shuning uchun, pasport olayotganda, berilgan vizaning amal qilish muddati va kunlar soniga alohida e'tibor bering va Shengen hududiga kirish uchun amaldagi tibbiy sug'urtangiz borligiga ishonch hosil qiling. 

Sahifa boshiga qaytish