Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
(Kasbiy) Ta'lim uchun viza
Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- Imzolangan, to'lanadigan maosh va ish vaqti haqidagi ma´lumotlar ko´rsatilgan aniq kasbiy ta'lim shartnomasi
- Mehnat munosabatlari to'g'risidagi bayonnoma yoki kerak bo'lganda Federal Bandlik agentligining oldindan roziligi ASL NUSXADA
- Ish beruvchi tomonidan imzolangan aniq kasbiy ta´lim rejasi
- Nemis tili bo’yicha B1 bilim darajasini tasdiqlovchi hujjat
- Agar nemis tili Germaniyaga borgandan keyin o´rganilsa: ta´lim boshlanishdan oldin ta`limga tayyorlov yoki professional faoliyat bilan bog'liq bo`lgan til kursi mavjudligi haqida tasdiqnoma
- O‘zbekistondagi akademik natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar, shahodatnoma, diplomlar baholari ko´rsatilgan ilovalari bilan
- Agar tegishli bo´lsa: kasb bo'yicha tegishli ish tajribasi va malaka oshirilganligi haqida tasdiqnoma, hozirgi ish beruvchidan ma´lumotnoma
- Akademik ta´lim va ish faoliyatingizni aks ettiruvchi jadval shaklidagi tarjimai xol nemis tilidagi tasdiqlangan tarjimasi bilan
- Arizachi tomonidan yozilgan va shaxsan imzolangan, rejalashtirilgan kasbiy ta`lim haqida ma´lumotni aks ettiruvchi motivatsiya xati va uning nemis tilidagi tasdiqlangan tarjimasi
Moliyalashtirish: agar kasb-hunarga o'qitish davrida mehnatga to'lanadigan haq ta'lim shartnomasiga muvofiq oyiga 927 yevrodan kam bo´lsa, mablag’dagi farq birinchi ta´lim yili uchun muqobil moliyalashtirish shaklida tasdiqlanishi lozim.
Moliyalashtirish quyidagicha tasdiqlanishi mumkin:
- Germaniya hududida bo‘lish to‘g‘risidagi qonunning (Aufenthaltsgesetz) 66-68 moddalari asosida ta’limni moliyalashtirish uchun berilgan, kafil shaxsning moliyaviy xolati yetarli deb ko’rsatilgan hamda berilgan sanasi olti oydan oshmagan kafolat xati (Verpflichtungserklärung)
yoki
- oyiga faqat yetmagan miqdordagi mablag’ni olish mumkin bo’lgan, Germaniya banklaridan birida ochilgan bloklangan xisob raqamida farq qiluvchi mablag' mavjudligi haqida tasdiqnoma
yoki
- kasbiy ta´lim shartnomasiga bog’liq bo’lmagan, haftasiga 10 soatgacha ishlash huquqini beruvchi mehnat shartnomasi
Ba'zi holatlarda qo´shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Arizangiz bo'yicha ijobiy qaror qabul qilinganda viza berilishidan oldin tibbiy sug’urta taqdim qilishingiz lozim.
Hujjatlar to`liq taqdim qilinishiga e´tibor bering. To’liq bo’lmagan hujjatlar viza arizasini ko´rib chiqish jarayonini sekinlashtiradi va rad javobiga olib kelishi mumkin.