Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Milliy viza (90 kundan ko'p)

Artikel

Wichtiger Hinweis

Diqqat: shubhali viza agentliklari!
Elchixona Visametric dan tashqari xizmat ko'rsatuvchi, vositachi yoki boshqa agentliklar bilan ishlamaydi. Xususan, ushbu tashqi xizmat ko'rsatuvchilar elchixonaning qabulga yozilish tizimiga maxsus kirish huquqiga ega emas va hech qanday tarzda hujjat va arizalarni tekshirish tartibiga ta'sir qila olmaydi. Sizning arizangizni ko'rib chiqish uchun faqat elchixona tomonidan olinadigan viza to'lovi to'lanadi. Agar ariza Visametric orqali topshirilsa, xizmat to'lovi qo'shiladi.


Milliy viza aniq maqsad bilan Germaniyada uzoq muddatga qolish uchun kirish vizasidir. U odatda 90 kunga, ba'zi hollarda bir yil muddatgacha beriladi. Germaniya hududiga kirilgandan so’ng qoidaga muvofiq u yerda yashah uchun mahalliy ruxsatnomaga ariza beriladi.

Germaniyada yashovchi, qo’shimcha himoya huquqiga ega shaxslar oila a'zolari uchun eslatma.

Qabulga yozilish

Iltimos, arizangizni topshirish uchun oldindan qabulga yoziling.

Germaniyada o'qish, o'qishga tayyorgarlik ko'rish, o'qishga ariza topshirish, Au-Pair bo'lish, xorijda egallangan kasbiy malakani tan olinishi tadbirlari hamda kasbiy ta'lim olish uchun milliy vizaga arizalarni elchixona Visametric xizmat ko'rsatuvchisi orqali qabul qiladi.

Qabulga yozilish uchun Visametric bilan bog'lanishingizni so'raymiz.

Visametric Sizga arizangizni topshirishda yordam beradi va hujjatlarni elchixonaga yuboradi. Elchixonada Sizning arizangiz tekshiriladi va qaror qabul qilinadi. Visametric tekshirish jarayoni natijasiga ta'sir qilmaydi va Sizning arizangiz bo'yicha qaror qabul qilmaydi.

Visametric odatda hujjatlarni tezroq topshirishga yordam beradi hamda kutish vaqtini qisqartiradi. 

Visametric qabuliga yozilish bepul. Qabulga yozilish tizimi barcha mijozlar uchun ochiqdir. Xususan, sayyohlik agentliklari va boshqa vositachilar tizimga alohida kirish imkoniga ega emaslar. Elchixona Visametric dan boshqa xizmat ko'rsatuvchilar bilan ishlamaydi.

Qalgan barcha toifalar bo'yicha milliy vizaga ariza berish uchun elchixonaning oldindan qabulga yozilish tizimi dan foydalanishingizni so'raymiz.


Ariza blankini to'ldirish

Viza olish uchun ariza blankini to’ldiring, bitta nusxada nashrdan chiqaring va ariza hamda ilovaning tegishli joylariga imzo qo’ying. Ariza blankini bu yerda elektron tarzda nemis va ingliz tillarida to’ldirishingiz mumkin. Bu yerda Videx ariza blanki to’ldirilishining rus tilidagi yo’riqnomasini topishingiz mumkin. Bu yerda yana PDF formatda (to‘siqlarsiz)

Arizani asoslovchi hujjatlar

Arizaga ilova qilinuvchi hujjatlarni to’plang. Ularning to’liqligiga e'tibor bering. To’liq bo’lmagan hujjatlar arizangizga rad javobi berilishiga olib kelishi mumkin. Iltimos, kerakli hujjatlarni arizangiz bilan birga taqdim eting. Ariza berishdan avval hujjatlarni elchixonaga yubormang.

Elchixona o'zida qo’shimcha hujjatlar talab qilish huquqini saqlab qoladi. Agar hujjatlar to’liq bo’lmasa arizangiz ko’rib chiqilmasligiga e`tibor bering.

Vizaga ariza berish uchun aviachiptaga buyurtma shart emas, shuning uchun faqat viza olgandan keyin aviachiptaga buyurtma bering.

Ariza berish uchun Sizga quyidagi hujjatlar zarur:

Eslatma: arizaga taaluqli barcha hujjatlarni DIN A4 hajmda koʻrsatilgan ketma-ketlikda, sahifalarini stepler bilan birlashtirmasdan saralashingizni soʻraymiz. Arizaga asl hujjatlarning nusxasi koʻrsatilgan ketma-ketlikda ilova qilingan boʻlishi lozim. Hujjatlarning asli viza boʻlimi tomonidan tekshirilgandan soʻng Sizga qaytarib beriladi.

Xorijiy tildagi hujjatlar nemis tiliga tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi lozim. Sertifikat va diplomlarning asli talab etiladi.

  • 1 nusxada, nemis tilida toʻliq toʻldirilgan va imzolangan milliy viza uchun ariza blanki.
  • Germaniya Federativ Respublikasi hududida istiqomat qilish shartlari haqidagi qonunning §54, 2-soʻz boshi, 8-punkti hamda §53 ga muvofiq arizachi tomonidan 1 nusxada imzolangan ogohlantiruvchi ma´lumot.
  • 2 dona yangi (olinganiga 6 oydan oshmagan) biometrik fotosurat (3,5x4,5sm). 1ta suratni ariza blankining tegishli joyiga yelimlang va ikkinchisini qoʻshimcha tarzda oʻzingiz bilan olib keling.
  • Kamida yana bir yil amal qilish muddatiga ega xorijga chiqish pasportingiz va uning shaxsiy ma`lumotlar sahifasidan 1ta nusxa.
  • Oʻzbekiston fuqaroligiga ega boʻlmagan, lekin O‘zbekistonda doimiy yashovchi shaxslar Oʻzbekistonda yashash uchun ruxsatnoma/roʻyxatga olinganlik haqidagi hujjatning asli + 1 nusxasi, hamda pasportning Oʻzbekistonga kirib kelganlik haqidagi belgi qoʻyilgan sahifasidan nusxani taqdim etadilar.

Voyaga yetmagan arizachilar

Voyaga yetmagan arizachilar quyidagi hujjatlarni (hujjat asli hamda ikki nusxasi) notarius tomonidan tasdiqlangan nemis tiliga tarjimasi bilan taqdim etishlari kerak:

  • Germaniyada bo'lish to'g'risidagi qonunning (AufenthG) 54-moddasiga muvofiq ariza shakli va ko'rsatmalar barcha vasiylar tomonidan imzolanishi kerak.
  • TEGISHLI maqsad bilan Germaniyaga uzoq muddatga ko'chib borish va yashash uchun barcha vasiylarning roziligi to'g'risidagi notarial ariza (murojaat paytida muddati 3 oydan oshmagan bo'lishi kerak)
  • Tug'ilganlik haqida guvohnoma
  • Agar arizachining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasiga ota haqidagi ma‘lumotlar onaning og'zaki guvohligiga asoslanib kiritilgan bo'lsa, FHDYOning tegishli ma‘lumotnomasi
  • Agar ota-onadan biri vafot etgan bo'lsa yoki vasiylik huquqiga ega bo'lmasa: ota-onalardan birining o'limi to'g'risidagi guvohnoma yoki vasiylik to'g'risidagi sud qarori
  • barcha vasiylarning pasportlari yoki shaxsiy guvohnomalari
  • Germaniyaga ota-onalarisiz kirayotgan voyaga yetmagan arizachilardan, Germaniya Federativ Respublikasi hududida bo'lish to'g'risidagi qonunning §80, 4-bandiga muvofiq Germaniyada doimiy yashash huquqiga ega bo'lgan va vasiylik qila olishi mumkin bo'lgan shaxsni qo'shimcha ravishda ko'rsatish talab qilinadi. Bu, masalan, vaqtincha yashash uchun ruxsat olishni rasmiylashtirish, ijara shartnomasini imzolash, bank hisobini ochish va h.k. uchun zarur. Chet el fuqarosining Germaniyadagi qonuniy vakili notarial tasdiqlangan rozilikda ko'rsatilishi mumkin.

  • O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lmagan, lekin O‘zbekistonda doimiy yashovchilar qo'shimcha tarzda: O'zbekistonda yashash uchun ruxsatnoma/propiska (hujjat asli hamda ikki nusxasi) va hamda pasportning O'zbekistonga kirib kelganlik haqidagi belgi qo'yilgan sahifasidan nusxani  taqdim etishlari kerak.

Safar maqsadlari

Bu yerda safar maqsadingizga muvofiq qo’shimcha talab etiladigan hujjatlar haqida ma`lumotga ega bo‘lasiz:

Ta'lim

O'qish 

Til o'rganish kursi

Ishlash

Kasbiy ta`lim va malaka oshirish

Amaliyot

Ish joyini qidirish

Mustaqil ishlash

Xorijda egallangan kasbiy malakani tan olinishi

Mutaxassis sifatida (Yevropa Ittifoqining Moviy kartasi ham) ishlash

Yuk tashuvchi transport va avtobusda professional haydovchilarga ishga jaylashish uchun viza 

Au-Pair

Ko’ngillilar dasturida ishtirok etish (FSJ, BFD, FÖJ)

Oilani birlashtirish

Turmush o’rtog’i bilan oilani birlashtirish

Nikoh tuzish

Bola(lar) bilan oilani birlashtirish

Mushkul vaziyat

Boshqa maqsadlar

Ilmiy tadqiqot faoliyati

Qayta kirish

​​​​​​​Mutaxassislar arizasini tezlashtirilgan shaklda ko'rib chiqish haqida ma'lumot

Agar Siz allaqachon ish beruvchini topgan bo'lsangiz, ushbu ish beruvchiga  Germaniyada kelajakdagi yashash joyingiz uchun mas'ul bo'lgan chet elliklar idorasiga malakali mutaxassislar uchun arizani tezlashtirilgan tartibda ko'rib chiqish jarayonini  boshlashga vakolat berishingiz mumkin. Bu jarayon uchun 411 yevro miqdorida badal to'lanishi kerak. Bundan tashqari viza arizasini ko'rib chiqish, zarur bo'lsa Sizning xorijiy mutaxassisligingiz bo'yicha kasb-hunar ta'limingiz haqidagi hujjatni tan olinishi uchun qo'shimcha xarajatlar bor.

Chet elliklar ishlari bo’yicha idora va Federal mehnat agentligi tomonidan ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan barcha talablar bajarilsa, chet elliklar ishlari bo’yicha idora oldindan o’z ruxsatnomasini beradi. Uni olishingiz bilan vizaga ariza berish uchun qabul vaqtini belgilashingiz mumkin.

Buning uchun "Malakali ishchi sifatida ishga joylashish” toifasida elchixonaga kirish uchun qabul vaqti va sanasini tanlang (bu yerda) va bu haqda elektron pochta orqali elchixonaga xabar bering. Shundan so’ng elchixona Sizga juda qisqa vaqt ichida qabul vaqtini ajratadi.

Arizani ko'rib chiqish davomiyligi

Elchixona arizangizni ko’rib chiqadi va u bo’yicha qaror qabul qiladi. Bunda arizangiz huquqiy talablarga javob berishi tekshiriladi. Shuningdek, elchixona zarur hollarda Germaniya ichki idoralarning ushbu jarayondagi ishtirokini ta'minlaydi. Arizani ko‘rib chiqish muddati safaringiz maqsadiga bog'liq. O‘qish yoki ishga joylashish maqsadida beriladigan milliy viza arizalarini ko‘rib chiqish odatda 4-6 hafta, oilani birlashtirish va til kurslari uchun milliy viza arizalarini ko‘rib chiqish hujjatlar to‘liq tarkibda topshirilgan sanadan boshlab 3-6 oy davom etadi. Ayrim hollarda, ko‘rib chiqish muddati qisqaroq yoki ko‘proq vaqt talab etishi mumkin.

Arizangiz bo’yicha qaror qabul qilinishi bilan elchixona Siz bilan aloqaga chiqadi. Qo’shimcha hujjatlar talab qilinganda yoki  arizangiz bo’yicha savollar tug’ilsa ham elchixona Siz bilan bog’lanadi. Ba'zi hollarda elchixonaga shaxsan takroriy kelish zarurati ham bo’lishi mumkin.

Ariza ko‘rib chiqilishi davrida uning xolati haqida ma´lumot olish uchun so‘rovlar yubormasligingizni so‘raymiz. Ariza holati haqida so‘rovlaringiz viza berish jarayonini tezlashtirmaydi. Arizani ko‘rib chiqish jarayonida biron bir savol yuzaga kelsa yoki qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishingiz kerak bo‘lsa, elchixonaning viza bo‘limi albatta Siz bilan to‘g'ridan-to‘g'ri bog'lanadi.

To‘lovlar

Milliy viza uchun to’lovlar miqdori quyidagicha:

Voyaga yetgan arizachilar uchun: 75 €

Voyaga yetmagan arizachilar uchun: 37,50 €

Barcha to’lovlar arizachining shaxsiy ishtirokida o’zbek milliy valyutasi so’mda amaldagi ayrboshlash kursi bo’yicha amalga oshiriladi. Kupyuralar 2001 yildan keyin chiqarilgan hamda yaxshi holatda bo’lishi lozim.

Viza badali rad javobi berilgan hollarda qaytarilmaydi.

Germaniya fuqarosi bo’lgan turmush o’rtog’i yoki voyaga yetmagan farzandi bilan, shuningdek  voyaga yetmagan bolaning Germaniya fuqarosi bo’lgan otasi yoki onasi bilan oilani birlashtirish maqsadidagi arizani qabul qilishda viza badali olinmaydi. Bunday hollarda qarindoshlik rishtalari va fuqarolik dalillar bilan isbotlanishi lozim.

Viza va pasport berilishi

Hujjatlar bilan birga Germaniyaga kirgan vaqtingizdan boshlab amal qiladigan tibbiy sug'urta qoplamasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz kerak. Sug'urta qoplamasining amal qilish muddati odatda vizaning butun amal qilish muddatini qamrab olishi kerak. Agar Siz Germaniyada qonuniy tibbiy sug'urtaga ega bo'lsangiz, masalan mehnat shartnomasi asosida ish boshlayotgan bo'lsangiz yoki oilangiz bilan birlashsangiz va Germaniyada oilaviy sug'urtaga kiritilgan bo'lsangiz, buni tasdiqlovchi hujjat taqdim etishingiz kerak. Agar qonuniy tibbiy sug'urta qilishingiz shart bo'lsa, bu faqat Germaniyada yashashingiz uchun amal qiladi. Toki qonuniy tibbiy sug'urta tizimiga qabul qilinguningizga qadar shaxsiy sayohat tibbiy sug'urta polisi (butun Shengen hududida va Germaniyada dastlabki 90 kun uchun amal qilishi hamda minimal sug'urta qoplama miqdori 30.000 yevroni tashkil qilishi, shu jumladan COVID-19 kasalligi uchun sug'urtani o'z ichiga olgan bo'lishi kerak) Germaniyaga kirish uchun zarur. Germaniyada qonuniy tibbiy sug'urta kuchga kirishi bilan, sayohat tibbiy sug'urtasini bekor qilishingiz mumkin. Shuning uchun, sayohat tibbiy sug'urtasini olayotganda bekor qilish imkoniyati muddatlariga e'tibor bering. Qonuniy tibbiy sug'urtaga kiritilishni isbotlash imkoniyati bo‘lmagan barcha holatlarda, kirish vizasining amal qilish muddatini to'liq qoplagan shaxsiy tibbiy sug'urta taqdim etilishi kerak. Bu holatda, sayohat tibbiy sug'urtasi yetarli EMAS. Faqat Evropa Ittifoqi hududida rasmiylashtirilgan tibbiy sug'urta polisi inobatga olinadi. 

Sizga elchixona tomonidan xabar berilgandan so'ng pasportingizni uch oydan ko’proq vaqt o’tib taqdim etsangiz, qoidaga muvofiq ariza qayta tekshiruvdan o’tadi. Bunday xollarda viza berilishi kechikishi mumkin.

Odatda pasportingizni ariza topshirganingizda Sizga berilgan kvitantsiyani ko’rsatgan xolda shaxsan olib ketasiz. Agar buning iloji bo’lmasa, biror bir shaxsga pasportingizni olib ketishga ishonch bildirishingiz mumkin. Buning uchun ishonch bildirilgan shaxs kvitantsiya va Siz tomondan imzolangan ishonchnoma bilan kelishi lozim. Ishonchnoma notarius tomonidan tasdiqlangan bo’lishi shart emas. Ishonchnoma namunasini bu yerdan topishingiz mumkin.

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi Sizga maroqli safar tilaydi.

Viza arizangizning rad etilishi - apellyatsiya

Viza arizasiga rad javobi berilganda arizachiga uning sabablari ma`lum qilinadi. Viza bo’limining rad javobi haqidagi qarorda uning har bir sababiga izoh beriladi.

Apellyatsiya jarayoni uchun sayyohlik byurosi yoki boshqa tijoriy xizmat ko’rsatuvchilarning maslahati talab etilmaydi!

Agar rad javobi sabablarini qo’shimcha hujjatlar taqdim etish va yozma bayonotlar bilan bartaraf etmoqchi bo’lsangiz, rad javobiga qarshi apellyatsiya jarayonini yo’lga qo’yishingiz va arizangizni qayta tekshirishni so’rashingiz mumkin.

E`tibor bering, apellyatsiya jarayoni 3 oygacha, ba`zi hollarda undan ham uzoqroq davom etishi mumkin. Shuning uchun apellyatsiya o’rniga yangi ariza berish maqsadga muvofiqdir.

Apellyatsiya berish muddati rad javobi olingan kundan  boshlab 1 oyni tashkil etadi. Apellyatsiya va apellyatsiya doirasida talab etilgan hujjatlar nemis tilida pochta orqali yuborilishi yoki elchixonaga shaxsan taqdim etilishi mumkin. Arizachi tomonidan imzolanmagan yoki arizachining ishonchnomasisiz kelib tushgan apellyatsiya xatlari ko’rib chiqilmaydi. Quyidagi talablardan kelib chiqib, apellyatsiya xatining skanerdan chiqarilgan nusxasi bilan elektron pochta orqali ham apellyatsiyaga berish mumkin.

Apellyatsiya xatining mazmuni quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:

  • Arizachiling shaxsiy ma`lumotlari: familiya, ism, tug’ilgan sana, pasport raqami, to’liq pochta manzili
  • Rad javobi berilgan sana va elchixonaning ish raqami
  • Rad javobi nima uchun o’rinsiz ekanini asoslash, shuningdek Germaniyaga safar qay maqsadda amalga oshirilishi lozimligi hamda Germaniyada bo’lish arizachi uchun nima sababdan muhimligini izohlash
  • Mavjud bo’lsa, asosli hamda ariza topshirishda taqdim etilmagan qo’shimcha hujjatlar
  • Shaxsiy imzo
  • Agar apellyatsiya ishonchnoma asosida bo’lsa: vakil shaxsga ishonchnoma

Apellyatsiya xati talab etilgan muddat va shaklda elchixonaga yetib kelishi bilan viza arizasi yana keng qamrovda ko’rib chiqiladi. Bunda apellyatsiya jarayoni doirasida talab etilgan qo’shimcha hujjatlar va keltirilgan izohlar inobatga olinadi. Istalgan vizani berish imkoniyati bo’lsa, arizachi elchixonaga taklif etiladi. Aks xolda arizachi rad javobi sabablari kengroq izohlangan yozma javobni oladi.

nach oben