Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Mustaqil ishlash uchun viza
Kelajakda yashash joyingizdagi horijiy fuqarolar ishlari bo’yicha mas`ul idora viza berilishi uchun majburiy ravishda o´zining roziligini berishi lozimligi sababli viza arizasi topsirilishidan oldin ushbu idora bilan bog’lanib, kerakli hujjatlar ro´yhatini so´rashingiz lozim bo'ladi. Talablar idoraga qarab bir birinikidan farq qilishi mumkin.
Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar
- savdo reestridan yangi ko'chirma va notariusda tasdiqlangan ta'sis hujjati yoki
- notariusda tasdiqlangan ta'sis shartnomasi, ta`sischilar ro'yxati, tijorat direktori bilan tuziladigan mehnat shartnomasi
- biznes g'oya tavsifi: kompaniya profili, biznes reja, biznes dastur, kapital ehtiyojlari rejasi, marketing strategiyasi, moliyaviy ko'rsatkichlar prognozi, foyda va zararni hisobga olish, likvidlikni oldindan ko'rish kabilardan tashkil topgan bo´lishi lozim
- Taxminiy tashkil qilinishi mumkin bo´lgan ish va kasbiy ta´lim o´rinlari soni haqida ma'lumot
- Tegishli bo'lsa: mo´ljallangan faoliyat innovatsiya va tadqiqotlar uchun qay darajada ijobiy ta`sir qilishiga izoh
- Moliyalashtirish rejasi, xususiy kapital mablag‘lari yoki kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi haqida tasdiqnoma
- Akademik ta´lim va ish faoliyatingizni aks ettiruvchi jadval ko´rinishda tuzilgan tarjimai xol va uning nemis tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi
- Arizachi tomonidan mustaqil yozilgan va shaxsan imzolangan motivatsiya xati va uning nemis tiliga tasdiqlangan tarjimasi
- Tegishli bo´lsa: Nemis tili yoki boshqa chet tili bilimlarini tasdiqloivchi hujjat
Oliy ma’lumot haqida Germaniya oliy o‘quv yurti diplomi yoki Germaniyada tan olingan xorijiy diplom ilovasi bilan yoki
-
Germaniya yoki Germaniyada tan olingan xorijiy bilim yurtining kamida ikki yillik kasbiy ta'lim haqidagi diplomi ilovasi bilan
Yoshi 45 dan yuqori bo`lgan arizachilar uchun qarilikda yetarlicha ta'minlanganlik haqida tasdiqnoma:
- Har qanday ko’rinishdagi arizachining shaxsiy mulki
- Chet el va/yoki o'zining yurtida pensiya olish huquqi mavjudligi
- Korxonaning mulki/investitsiyalar miqdori
Hujjatlar bilan birga tibbiy sug'urta rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz lozim.
Ba’zi holatlarda qo´shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin
Hujjatlar to`liq taqdim qilinishiga e´tibor bering. Hujjatlarning to’liq bo’lmasligi viza arizasini ko´rib chiqish jarayonining cho´zilishiga va rad javobiga sabab bo´lishi mumkin.