Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Shengen vizasi (ko'pi bilan 90 kungacha)

Maqola
Shengen vizasi bosilgan pasport
Shengen vizasi© colourbox.com

Asosiysi

Agar Siz yarim yil mobaynida 90 kungacha muddatga Shengen shartnomasiga a’zo davlatlar hududida bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Shengen vizasi uchun ariza topshirishingiz kerak. Belgiya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Finlandiya, Fransiya, Chexiya, Shveysariya, Shvetsiya vа Estoniya Shengen shartnomasiga a’zo davlatlar sanaladi.

 Qonunga muvofiq yashash joyingiz O´zbekistonda bo‘lsa fuqaroligingizdan qattiy nazar Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Sizning viza so‘rovnomangiz uchun mas´ul hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasangiz viza arizangizga amaldagi O‘zbekistonda yashash uchun ruxsatnomangiz nusxasini ilova qilishingizni so‘raymiz.

Shengen vizasiga ariza rejalashtirilgan sayohat boshlanishidan 6 oy oldin topshirilishi lozim.

Diqqat!

Shvetsiyaga vizalar berish 2022 yil 21-mart sanasidan tiklandi. 

Shengen vizasini olish uchun ariza rejalashtirilgan safar kunidan ko´pi bilan 6 oy avval topshirilishi mumkin.


Shengen vizasi uchun koʻnsullik badali

Shengen vizasi uchun koʻnsullik badali miqdorini moslashtirish

2024-yil 11- iyundan boshlab Shengen vizasi uchun konsullik badali 90 yevroni tashkil etadi; 6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun - 45 yevro (Viza kodeksining 16-moddasi, 1 va 2-bandlariga muvofiq).

Moslashtirishning sababi - Viza kodeksining 16-moddasi, 9-bandiga muvofiq koʻnsullik badallari Yevropa komissiyasi tomonidan har uch yilda bir marta qayta koʻrib chiqilishidir.

Visametric - bizning rasmiy hamkorimiz

Viza masalarida elchixona faqat Visametric xizmat ko'rsatuvchisi bilan hamkorlik qiladi. Shu sababdan boshqa xizmat ko'rsatuvchilarning xizmatidan foydalanmaslikni qattiy tavsiya qilamiz. Xususan, ushbu tashqi xizmat ko‘rsatuvchilar elchixonaning qabulga yozilish tizimiga maxsus kirish huquqiga ega emas va tekshirish jarayoniga hech qanday ta'sir ko'rsata olmaydi. Visametric qabuliga yozilish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Visametric ham shubhali agentliklar bilan ishlamaydi.

Arizangizni Visametricning Toshkentdagi viza qabul qilish markaziga topshirishingiz lozim. Buning uchun Visametric veb-saytida qabulga oldindan yozilish kerak bo'ladi.

Ariza shakli va arizani tasqilovchi hujjatlar

Arizangizni rejalashtirilgan sayohat boshlanishidan 6 oy oldin yuborishingiz mumkin. Sayohat rejalari aniq bo'lishi bilanoq siz tayyorgarlikni boshlashingiz kerak. Ariza blankini  mana bu yerda topishingiz mumkin.



Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni to'plang. Hujjatlarning to'liqligiga e'tibor bering. To'liq bo'lmagan hujjatlar Sizning arizangizni rad etilishiga olib kelishi mumkin. Faqat kerakli hujjatlarni arizangiz bilan birga topshiring. Arizani topshirishdan oldin elchixonaga biron bir hujjat yubormang.

Quyida viza turlariga oid batafsil ma'lumotni olasiz:

Mehmonga borish uchun viza

Biznes viza

Ko'rgazmada ishtirok etish uchun viza

Tibbiy viza

Sayyohlik vizasi

Yuk tashuvchi mashina haydovchilari uchun viza

Talabalar uchun ta'til vaqtida ishlash uchun viza

Til o'rganish kurslari uchun viza (ko'pi bilan 90 kungacha)






Hujjatlarni ko'rib chiqish jarayoni

Agar viza olish uchun qonuniy talablar bajarilsa, viza beriladi. Alohida hollarda, ko'rib chiqish muddati uzaytirilishi mumkin, ayniqsa ariza hujjatlari to'liq taqdim etilmagan yoki elchixona tomonidan savollar tug’ilgan hollarda, hamda arizachi bilan shaxsan uchrashish zaruriyati bo’lgan hollatlarda. 

Agarda Sizdan qo'shimcha hujjatlar talab qilinsa, Visametric Sizga xabar beradi.

Arizangiz holatini istalgan vaqtda quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin.

Bundan tashqari, elchixona belgilangan hujjatlarni tekshirish muddati davomida ko’rib chiqish jarayoni holati haqida hech qanday ma'lumot bermaydi.

E’tibor bering: Faqat arizachining o'zi, uning qonuniy vakili yoki yozma ravishda vakolat berilgan shaxsning so'rovlariga javob beriladi.

Muhim eslatma: Sotib olingan aviachipta Sizning arizangizni imtiyozli ravishda ko'rib chiqilishi uchun sabab bo’lmaydi. Shu sababli, elchixona viza yorlig’i qo’yilgan pasportingizni olmaguncha aviachiptalarni sotib olishni qat'iyan tavsiya qilmyadi.

Pasportni qaytarib olish

Sizning arizangiz to’liq ko'rib chiqilishi bilanoq, elchixona pasportingizni Visametricga topshiradi. Shundan so'ng Visametric Sizga pasportingiz tayyorligi haqida xabar beradi.

Pasportingizga qo'yilgan vizani olganingizdan so'ng, viza yorlig'idagi ma'lumotlarni tekshiring. Xususan, fotosuratingiz, ismingizning imlosi, vizaning amal qilish muddatining boshlanishi va tugashi, ruxsat etilgan kirishlar soni va viza amal qiladigan kunlar sonini tekshiring.

E'tibor bering, Viza kodeksiga ko'ra, Shengen vizalari odatda 15 kunlik qo'shimcha vaqt oralig'i bilan beriladi. Ushbu qo’shimcha vaqt oralig’i vizaning amal qilish muddatiga ta'sir qiladi, lekin Shengen hududida qolishingizga ruxsat berilgan kunlar soniga ta'sir qilmaydi.

Batafsil ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin:

Agar Siz viza yorlig'ida xatolikni aniqlasangiz, darhol pasportingizni olgan viza markaziga xabar bering.

Agar viza berilgandan keyin safaringiz muddati o‘zgaradigan bo‘lsa, ushbu holatda viza yorlig‘ini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bunday holda, Siz yangi safar muddati uchun yangi ariza topshirishingiz kerak bo'ladi.

Shengen hududiga kirish

Berilgan Shengen vizasi Sizga barcha Shengen mamlakatlariga kirish huquqini beradi, ammo u kirish uchun da’voga asos bo’lmaydi. Yakuniy qaror Shengen hududiga kirishda chegara politsiyasi tomonidan qabul qilinadi. Kirish paytida chegara politsiyasi Sizdan amal qiladigan viza va pasportingizdan tashqari, moliyaviy imkoniyatlaringiz, yashash muddati va maqsadi, tibbiy sug'urta polisi haqida ma'lumot beruvchi hujjatlarni ham taqdim etishingizni so'rashi mumkin. Chegarani kesib o'tishda tegishli hujjatlar (masalan, Germaniyadan taklifnoma, mehmonxonani bron qilinganligi haqida hujjat, sayohat tibbiy sug'urtasi) albatta o’zingiz bilan bo'lishi kerak.

Agar Sizda Germaniya Shengen vizasi bo'lsa va Germaniya safaringizizning asosiy manzili bo'lsa, Shengen hududiga boshqa Shengen davlati orqali hech qanday muammosiz kirishingiz mumkin. E’tibor bering, bunday holatda Siz Germaniyaga sayohatingizni davom ettirish niyatida ekanligingizni isbotlovchi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak bo'ladi.

Muhim eslatma: Shengen vizasi Shengen hududida 180 kun ichida ko’pi bilan 90 kun qolish imkonini beradi. Agar Siz ushbu muddat oshib ketmaganiga ishonchingiz komil bo'lmasa yoki mamlakatga qachon qayta kirishingiz mumkinligini onlayn kalkulyator orqali tekshirishingiz mumkin.

Viza arizangizning rad etilishi - apellyatsiya

Viza arizasiga rad javobi berilganda arizachiga uning sabablari ma`lum qilinadi. Viza bo’limining rad javobi haqidagi qarorda uning har bir sababiga izoh beriladi. Rad javobining o'zbek tiliga norasmiy tarjimasini shu yerdan topishingiz mumkin. 

Apellyatsiya jarayoni uchun sayyohlik byurosi yoki boshqa tijoriy xizmat ko’rsatuvchilarning maslahati talab etilmaydi!

Agar rad javobi sabablarini qo’shimcha hujjatlar taqdim etish va yozma bayonotlar bilan bartaraf etmoqchi bo’lsangiz, rad javobiga qarshi apellyatsiya jarayonini yo’lga qo’yishingiz va arizangizni qayta tekshirishni so’rashingiz mumkin.

E`tibor bering,  apellyatsiya jarayoni 3 oygacha, ba`zi xollarda undan ham uzoqroq davom etishi mumkin. Shuning uchun apellyatsiya o’rniga yangi ariza berish maqsadga muvofiq.

Apellyatsiya berish muddati rad javobi olingan kundan boshlab 1 oyni tashkil etadi. Apellyatsiya va apellyatsiya doirasida talab etilgan hujjatlar nemis tilida pochta orqali yuborilishi yoki elchixonaga shaxsan taqdim etilishi mumkin. Arizachi tomonidan imzolanmagan yoki arizachining ishonchnomasisiz kelib tushgan apellyatsiya xatlari ko’rib chiqilmaydi. Quyidagi talablardan kelib chiqib, apellyatsiya xatining skan kopiyasi bilan elektron pochta orqali ham apellyatsiyaga berish mumkin.

Apellyatsiya xatining mazmuni quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:

  • Arizachiling shaxsiy ma`lumotlari: familiya, ism, tug’ilgan sana, pasport raqami, to’liq pochta manzili
  • Rad javobi berilgan sana va elchixonaning ish raqami
  • Rad javobi nima uchun o’rinsiz ekanini asoslash, shuningdek Germaniyaga safar qay maqsadda amalga oshirilishi lozimligi hamda Germaniyada bo’lish arizachi uchun nima sababdan muhimligini izohlash
  • Mavjud bo’lsa, asosli hamda ariza topshirishda taqdim etilmagan qo’shimcha hujjatlar
  • Shaxsiy imzo
  • Agar apellyatsiya ishonchnoma asosida bo’lsa: vakil shaxsga ishonchnoma

Apellyatsiya xati talab etilgan muddat va shaklda elchixonaga yetib kelishi bilan viza arizasi yana keng qamrovda ko’rib chiqiladi. Bunda apellyatsiya jarayoni doirasida talab etilgan qo’shimcha hujjatlar va keltirilgan izohlar inobatga olinadi. So'ralgan vizani berish imkoniyati bo’lsa, arizachi elchixonaga taklif etiladi. Aks xolda arizachi rad javobi sabablari kengroq izohlangan yozma javobni oladi.

Shikoyat qilish imkoniyatlari

Shengen vizasi arizachilari konsullik bo`limi yoki Visametric xizmat ko'rsatuvchi tashkilot xodimlarining munosabati yoki vizaga hujjat topshirish jarayoni ustidan shikoyat qilish uchun elchixona web sahifasidagi muloqot uchun formulyardanfoydalanishlari mumkin. Buning uchun “Shengen viza jarayoni ustidan shikoyat“ ni tanlang. E`tibor bering, shikoyatlar faqat nemis va ingliz tillarida berilishi mumkin. Bundan boshqa tillarda qilingan shikoyatlar ko`rib chiqilmaydi. Formulyarda mavzu uchun quyidagi uchta variantning birini tanlang:

  1. Konsullik bo`limi xodimlarining munosabati ustidan shikoyat
  2.  Visametric  tashqi xizmat ko'rsatuvchi tashkilot ustidan shikoyat.
  3. Vizaga hujjat topshirish jarayoni ustidan shikoyat

Shikoyat elchixonaga kelib tushganidan so`ng ko`rib chiqiladi.

Sahifa boshiga qaytish