Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
CrossCulture stipendiya dasturi (CCP)
CrossCulture Programme, © ifa
CrossCulture stipendiya dasturi har yili 40 dan ortiq davlatlarda joylashgan tashkilotlar va ko'ngillilarni qo’llab-quvvatlaydi. Dastur ishtirokchilarga Germaniyadagi mezbon tashkilotda ikki-uch oy davomida faoliyat yuritish orqali o'zlarining kasbiy va madaniyatlararo kompetensiyalarini kengaytirishga imkon beradi. Dasturning maqsadi mahalliy fuqarolik jamiyati vakillarini qo'llab-quvvatlash va mamlakatlar o'rtasidagi aloqa tarmog'ini rivojlantirishdir.
2025-yilda gender, xilma-xillik va xotira madaniyati kabi qo'shimcha mavzular taqdim etildi.
Dasturga ariza berish (ingliz va nemis tillarida) faqat quyidagi saytda amalga oshiriladi.
Ariza topshirish muddati 2024-yil 5-dekabrda tugaydi.