Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Ariza topshirish uchun qabulga yozilish
TLScontact (TLS) da ariza topshirish uchun qabulga yozilish
TLS da qabulga yozilish bepul. Barcha arizachilar qabulga yozilish tizimiga bepul kira oladilar. Xususan, sayyohlik agentliklari va boshqa vositachi agentliklar qabul yozilish tizimidan foydalanish uchun maxsus ruxsatga ega emaslar.
TLScontact quyidagi viza toifalari uchun viza arizalarini qabul qiladi:
- Shengen vizalari (90 kungacha boʻlish)
- OTM da oʻqish va oliy ta’limga tayyorgarlik tadbirlarida ishtirok
- Au pair sifatida ishlash uchun milliy vizalar
- Kasb-hunar ta´limi uchun milliy vizalar
Arizalarni topshirish uchun qabulga toʻgʻridan-toʻgʻri TLS havola orqali yozilish mumkin.
Qabulga oʻz vaqtida yozilish lozimligini yodda tutishingizni soʻraymiz, ayniqsa eng yuqori mavsumda va bayramlar arafasida. Arizani rejalashtirilgan safar kunidan 6 oy avval topshirish mumkin.
Germaniya elchixonasining viza boʻlimida hujjat topshirish uchun qabulga yozilish
Ma'lum bir sanada hujjat topshirish uchun elchixona tizimida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yxatdan o‘tishning endilikda iloji yoq. Qayd etilgan toifalardan birida kutish ro‘yxatiga ma'lumotlaringizni kiritishingizni so‘raymiz. So‘ngra elchixona qabul vaqtini individual tarzda belgilaydi hamda arizachiga elektron pochta orqali qabul vaytini ma´lum qiladi.
Quyidagi viza toifalari bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri elchixonaning qabulga yozilish tizimidan ro‘yxatdan o‘tish mumkin:
- Yevropa Ittifoqining moviy kartasi
- qisqa muddatli kvota asosida yollanib ishlash uchun milliy vizalar (Bandlik to‘g‘risidagi qonunning 15d-bandi)
- Imkoniyatlar kartasi
Savollaringiz bo'lsa, elchixonaning konsullik bo'limiga murojaat qilish uchun aloqa blankidan foydalaning.
Elchixona faqat TLS bilan ishlaydi. Boshqa xizmat ko'rsatuvchi firma va tashkilotlar xizmatidan foydalanmaslikni qattiy tavsiya qilamiz. Xususan, ushbu tashqi xizmat ko'rsatuvchilar elchixonaning qabulga yozilish tizimiga alohida kirish huquqiga ega emas va hujjat va arizalarni tekshirish jarayoniga hech qanday ta'sir ko'rsata olmaydi.
Germaniya elchixonasi faqatgina TLS xizmat ko'rsatuvchisi bilan hamkorlik qiladi. Elchixona boshqa xizmat ko'rsatuvchi firmalarga murojaat qilmaslikni qat'iy tavsiya etadi.
Xususan, bu tashqi xizmat ko'rsatuvchilar elchixonaning oldindan yozilish tizimiga alohida kirish huquqiga ega emas va ariza va hujjatlarni tekshirish jarayoniga hech qanday ta'sir o'tkaza olmaydi.
Shengen vizasiga ariza topshirish uchun to'g'ridan-to'g'ri TLS ga murojaat qilishingizni so'raymiz.
Quyidagi bayram kunlarida elchixona ishlamaydi.
Milliy viza uchun ariza topshirish avvaldan qabulga yozilish tizimi orqali qabul vaqti tasdiqlangandan so'nggina amalga oshiriladi.
O'qish, o'qishga tayyorgarlik ko'rish, o'qishga ariza topshirish, Au-Pair bo'lish, xorijda egallangan kasbiy malakani tan olinishi tadbirlari hamda kasbiy ta'lim olish uchun milliy vizalarga arizalarni elchixona TLS xizmat ko'rsatuvchisi orqali qabul qiladi. Qabulga yozilish uchun TLS bilan bog'lanishingizni so'raymiz.
Elchixonaning avvaldan qabulga yozilish tizimi orqali o'zingiz mustaqil ravishda qabulga yozilishingiz mumkin. Qabulga avvaldan yozilish tizimidan foydalanish haqidagi ma'lumotlarga e'tibor bering va ma'lumotlaringizni to'g'ri kiriting, aks holda qabul vaqtida muammolar kelib chiqishi mumkin.
Qabulga yozilish uchun xizmat ko'rsatuvchilar xizmatidan foydalanmasligingizni qat'iy tavsiya qilamiz.
Milliy viza masalalarida elchixona yuqorida ko'rsatilgan viza turlaridan tashqari boshqa so'rovnomalarini ko'rib chiqishda xizmat ko'rsatuvchi, vositachi yoki boshqa agentliklar bilan hamkorlik qilmaydi. Xususan, tashqi xizmat ko'rsatuvchilar elchixonaning qabulga avvaldan yozilish tizimimiga maxsus kirish huquqiga ega emaslar va arizani ko'rib chiqish jarayoniga hech qanday ta'sir ko'rsata olmaydilar.
Milliy viza uchun ariza topshirishga avvaldan qabulga yoziling.
Arizangizni ko'rib chiqish uchun Sizning elchixonaga hujjat topshirish maqsadida kelib amalga oshirgan konsullik to'lovingizning o'zi yetarlidir.
Qo'shimcha (yetishmayotgan) hujjatlarni qabul qilish (qabulga yozilmasdan): dushanbadan – payshanbagacha soat 10:00 da.
Pasportlarni berish (qabulga yozilmasdan): dushanbadan – payshanbagacha soat 15:00 da.
Quyidagi bayram kunlarida elchixona ishlamaydi.
Agar Sizda biron bir savol bo'lsa, aloqa shakli orqali elchixonaga murojaat qilishingizni so'raymiz.
Birlamchi arizani topshirish maqsadida qabulga yozilish uchun elchixona bilan aloqa shakli orqali bog'laning.
Qo'shimcha (yetishmayotgan) hujjatlarni qabul qilish (qabulga yozilmasdan): dushanbadan – payshanbagacha soat 10:00 da.
Pasportlarni berish (qabulga yozilmasdan): dushanbadan – payshanbagacha soat 15:00 da.
Quyidagi bayram kunlarida elchixona ishlamaydi.
Agar sizda biron bir savol bo'lsa, aloqa shakli orqali elchixonaga murojaat qilishingizni so'raymiz.
Qabulga yozilish yoki nemis pasportini olish uchun ariza topshirish yoki umumiy konsullik-huquqiy masalalari bo'yicha aloqa shakli orqali elchixonaga murojaat qilishingizni so'raymiz.
Quyidagi bayram kunlarida elchixona ishlamaydi.
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi navbatchilik xizmati og'ir ahvolda qolgan Germaniya fuqarolarining murojaatlari uchun mo'ljallangan. Ish vaqti: ish kunlari ish vaqti tugaganidan yarim tungacha va dam olish kunlari soat 8:00 dan 24:00 gacha.
Nemis tilida murojaat uchun: +998-93-1815406
O'zbek va rus tillaridagi murojaatlar uchun: +998-93-1815407
Ish vaqtida qilingan qo'ng'iroqlarga navbatchilik xizmati javob bermaydi. Shoshilinch bo'lmagan umumiy konsullik-huquqiy masalalari, shuningdek viza masalalari bo'yicha ko'rsatilgan raqamlar orqali ma'lumot berilmaydi.