Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Jinsiy shilqimlikni oldini olish va unga qarshi kurash
Federal Tashqi ishlar vazirligi oʻzining xorijdagi 150 dan ortiq mamlakatlarda joylashgan 220 dan ortiq vakolatxonalari va xodimlari bilan oʻrnatilgan xilma-xillik tarafdoridir. Biz xodimlarimizning xilma-xilligini qadrlaymiz va ragʻbatlantiramiz. Xodimlarimizga nisbatan va ular orasida hurmatsizlik, kamsitish va jinsiy shilqimlikka qarshi kurashish yoʻlida barcha qonuniy imkoniyatlardan foydalanamiz.
Bu esa, Federal Tashqi ishlar vazirligi xodimlari yoki loyihalariga nisbatan jinsiy expluatatsiya, jinsiy zoʻravonlik va jinsiy shilqimlikni oldini olish va bu boradagi xabarlarga darhol munosabat bildirishni oʻz ichiga oladi.
Federal Tashqi ishlar vazirligi xodimlariga yoki dasturlariga nisbatan jinsiy ekspluatatsiya, jinsiy zoʻravonlik yoki jinsiy shilqimlik holatlaridan xabardor boʻlsangiz yoki qurboni boʻlgan boʻlsangiz, istiqomat qilayotgan hududingizga mas´ul boʻlgan diplomatik vakolatxonadagi Shikoyatlar xizmatiga murojaat qilish uchun quyidagi aloqa shaklidan foydalaning.
Shikoyatlar xizmati har bir shikoyatni tekshirishi va tegishli shaxsni tergov natijalari haqida xabardor qilishi shart.
Elchixonaning jinsiy shilqimlik boʻyicha shikoyatlar xizmati