Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Naqd pul mablag’larini deklaratsiya qilish majburiyati

Maqola

Germaniyaga kirish va Germaniyadan chiqishda 10 000 evro va undan ortiq bo’lgan pul mablag’lari bojxona deklaratsiyasida ko’rsatilishi talab etiladi. Bu qoida naqd pul bilan birga unga tenglashtirilgan to’lov vositalariga ham tegishlidir.

Evropa Ittifoqiga kirish va Evropa Ittifoqidan chiqishda naqd pul va unga tenglashtirilgan to’lov vositalarini deklaratsiya qilish majburiyati

                                                                                

Bosh bojxona departamenti logotipi
Bosh bojxona departamenti logotipi© Generalzolldirektion

Germaniyaga Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatdan kirib kelayotgan yoki shunday davlatga Germaniyadan chiqib ketayotgan har bir shaxs yonida 10 000 Evro va undan ortiq naqd pul mablag’larini yozma ravishda bojxona dekloratsiyasini to’ldirishi majburiydir. Mamlakatga kirish va undan chiqishda bojxona nazorat punktlari bu qoidaga rioya etilishini nazorat qiladilar. Belgilangan naqd pul mablag’lari deklaratsiyda ko’rsatilmasa yoki noto’g’ri ma’lumot berilsa, shaxs katta jarimaga tortilishi mumkin.


Evropa Ittifoqining ichida harakatlanganda naqd pul va unga tenglashtirilgan to’lov vositalarini deklaratsiya qilish majburiyati

Germaniyaga Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatdan kirib kelayotgan yoki shunday davlatga Germaniyadan chiqib ketayotgan har bir shaxs yonida 10 000 Evro va undan ortiq naqd pul mablag’lari bo’yicha bojxona hodimiga og‘zaki ravishda ma’lumot berishi kerak. Naqd pul mablag’lari ko’rsatilmasa yoki noto’g’ri ma’lumot berilgan taqdirda, shaxs katta jarimaga tortilishi mumkin.

Naqd pul bo'yicha deklaratsiyalarni to'ldirishga oid eslatmalar (nemis va ingliz tillarida):

Sahifa boshiga qaytish