Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts
Federal kansler Sholsning O'zbekistonga tashrifi
Federal kansler Olaf Shols va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, © Federal hukumati / Marvin Ibo Gyungyor
Federal kansler Olaf Shols 15-16 sentabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu uning hukumat rahbari sifatida mintaqaga uyushtirgan ilk safari edi.
“O‘zbekiston biz uchun katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan juda muhim hamkordir, – dedi Federal kansler Samarqanda o‘zining Markaziy Osiyodagi uch kunlik safari avvalida. Tashrif davomida ko‘plab shartnomalar, xususan, migratsiya sohasidagi Bitim imzolandi.
Federal kansler Shols tashrifi davomida shunday dedi: “Ushbu shartnoma Federal hukumatning boshqa davlatlar bilan tuzadigan shartnomalari namunasida yaratilgan”.
Imzolashdan avval janob Shols Samarqanddagi mashhur Registon maydoniga tashrif buyurdi va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Kanslerning so‘zlariga ko‘ra suhbat mavzulari orasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bilan birga Afg‘oniston masalasi va Ukrainaga qarshi hujumkor urush ham bor. Dushanba kuni Federal kansler Shols Germaniyaning yirik iqtisodiy delegatsiyasi bilan birgalikda Germaniya-O‘zbekiston iqtisodiy forumida ishtirok etdi va bu Germaniya-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorligini davom ettirish uchun muhim signal bo‘ldi.
Federal kansler Olaf Sholsning O‘zbekistonga tashrifi haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.