Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

“Munosabat bildirishgina emas, balki qat'iy harakat qilish” – 2022 Germaniyaning “Katta yettilikda”gi raislik shiori

Maqola

01.01.2022 dan Germaniya G7 ga rais. TIV vaziri Berbok G7 ning tashqi ishlar vazirlari faoliyatidagi urg'u preventiv va transformatsiya masalalariga berilishini aytdi. Asosiy mavzular: iqlim inqirozi, pandemiya va demokratiyalarning qarshilik ko'rsatish salohiyatini oshirish.

O'zaro kelishuv asosida tashqi va xavfsizlik siyosati masalalarida ish olib borish

Tashqi va xavfsizlik siyosati chaqiruvlari va inqirozlariga nisbatdan batafsil, ishonchli va norasmiy kelishuv “Katta yettilik” tashqi ishlar vazirlari kun tartibining markaziy masalasi hisoblanadi. “Katta yettilik” umumiy qadriyatlarimizga tayangan holda nizolar va strategik chaqiruvlarni hal etishga muhim turtki berish uchun betakror zamin yaratib beradi. Ushbu yondashuvni biz Germaniya raislik chog´ida ham davom ettirmoqchimiz. Sababi favqulodda hal etilishi kerak bo'lgan dolzarb mavzular afsuski 2022 yilda ham kamaymaydi.

Qadriyatlar asosida qurilgan kuchli poydevorga ega samarali liberal demokratiyalar

Global chaqiruvlarni biz faqat birgalikda yengib o'tishimiz mumkin. “Katta yettilik” uchun bu quyidagilarni anglatadi: multilateralizm majburiyatlarini zimmasiga olgan liberal demokratiyalar sifatida biz doimo nimalarga qarshi ekanligimizga e´tiborni qaratish o'rniga, nima uchun kurashayotganimizni aytishimiz lozim.

-Annalena Berbok Tashqi ishlar vaziri     

 Ammo gap bundan ham ko'prog´i haqida ketmoqda: Germaniya „Katta yettilik“qadriyatlari poydevorini yanada kuchaytirishni o'ziga maqsad qildi. Ushbu jarayonda biz muhim bo'lgan inson huquqlari mavzularini yanada kengroq yoritmoqchimiz, misol uchun sun´iy intellekt, gender tengligi sohasida va hisobot berish majburiyatini inobatga olib inson huquqlarining buzilishi borasida. Shu bilan birga biz liberal demokratiyalar salohiyatini saqlab qolishi va insonlarga haqiqatdan ham ko'proq erkinlik, havfsizlik va davomli  farovonlikni ta´minlash ustida ishlamoqchimiz.    

Preventiv va transformatsiya masalalaridan iborat kun tartibi asosiy g´oya sifatida: iqlim inqirozi uchta asosiy mavzulardan biri sifatida           

Nafaqat iqlim inqirozi uzoqni ko'zlaydigan, erta va birgalikda harakat qilish muhimligini  ko'rsatib bermoqda. Biz “Katta yettilik”ni bunyodkorlik kuchini preventiv va transformatsiya masalalaridan iborat qat´iy kun tartibi doirasida ishga solmoqchimiz:

Kech bo'lmasidan harakat qilib qolish: bu asosiy murojaat bo'lib, uni biz tashqi ishlar vazirlari bilan iqlim inqirozini, albatta pandemiyaga qarshi kurashni va demokratiyalarning qarshilik ko'rsatish kuchini inobatga olib muhokama qilmoqchimiz

Annalena Berbok Tashqi ishlar vaziri  

1. Iqlim inqirozi yanada kuchayishi nafaqat ayrim insonlarga yomon azob bermoqda, balki u dunyoning turli mintaqalarida mojarolarni ham kuchaytirmoqda. Iqlim siyosati bu preventiv havfsizlik siyosatidir va shundan kelib chiqib tashqi siyosatimizning va “Katta yettilik”dagi raisligimizning markaziy tarkibiy qismidir. Biz “Katta yettilik”ning iqlim masalalaridagi  majburiyatini tubdan kengaytirmoqchimiz. Energetika va iqlim masalalaridagi  sherikchilik barqaror farovonlik uchun haqiqiy imkoniyatdir, ayniqsa yuqori emissiyali  va qazib olinadigan yoqilg'iga bog'liq davlatlarda. “Katta yettilik” doirasidagi  muhokamalarda uzoqni ko'zlab amalga oshiriladigan gumanitar yordamdan shu jumladan iqlim inqirozining oqibatlarini yumshatish instrumenti sifatida foydalanishga va iqlim bilan havfsizlik o'zaro bog´liqligining umumiy to'liqroq tushunchasini ishlab chiqishga ham urg´u beriladi.

2. Biz ”Katta yettilik”ka raislik muddatida multilateralizmni kuchaytirmoqchimiz. Koronavirus pandemiyasi kabi inqirozlarga biz faqat birgalikda qarshi chiqishimiz mumkin va kelgusi inqirozlarga barvaqt, birgalashib fan va ekspertlar kengashiga tayanib harakat qilishimiz zarur. Bunga BMT qulay zamin yaratib bermoqda. Shuning uchun “Katta yettilik” tashqi ishlar vazirlarining kun tartibiga halqaro sog´liqni saqlash tizimining kuchaytirilishi va vaktsinalarni barqaror global adolatli taqsimlanishi kiritilgan.

3. “Katta yettilik” qadriyatlariga amal qiluvchi sherik sifatida biz demokratiyalarimizning qarshilik ko'rsatish salohiyatini oshirishga qaratilgan intilishlarga qo'shilamiz. Misol uchun dezinformatsiya tarqatishga qaratilgan kampaniyalar bizning ochiq jamiyatlarimiz uchun haqiqiy havf tug´diradi. Biz shunga mos ravishda “Katta yettilik” doirasidan tashqarida tanlangan sherik davlatlar foydasiga mukammalroq kiberhavfsizlikka qaratilgan loyihalarni va butun dunyo bo'ylab umumiy infratuzilma uchun kelajak investitsiyalarini kun tartibiga kiritmoqchimiz.

2022 yildagi raislikning muhim bosqichlari

“Katta yettilik” tashqi ishlar vazirlari uchun 2022 yil ish jarayonida taqvimda “an'anaviy”  muhim bosqichlar bu vazirlar darajasidagi ikki uchrashuvdir. Birinchisi 2022 yilning may oyi oxiriga va ikkinchisi 2022 yilning kuziga belgilab qo'yilgan. Bundan tashqari har yilgidek BMTning sentyabr oyida bo'lib o'tadigan bosh assambleyasi doirasida “Katta yettilik” tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi ko'zda tutilgan. Bu uchrashuv davomida odatda ko'p tomonlama hamkorlikka oid dolzarb mavzular muhokama qilinadi.

“Katta yettilik” doirasidan tashqaridagi umumiy qadriyatlar bo'yicha sheriklar bilan aloqalarni chuqurlashtirish

“Katta yettilik” davlatlari o'zaro aloqalar bilangina cheklanib qolmaydi: Germaniya ham mehmon sifatida erkinlik va qonun ustuvorligi kabi umumiy qadriyatlarga tayanuvchi boshqa davlatlarni taklif etmoqchi. Tashqi ishlar vazirlarining rejalashtirilgan uchrashuvlari davomida biz e´tiborimizni avval Afrika va undan keyin Tinch okeani hududida joylashgan mamlakatlarga qaratamiz.


Sahifa boshiga qaytish