Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Ko'ngilli sifatida (FSJ, BFD, FÖJ) Germaniyada bo'lish uchun viza
Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar
- Ko’ngilli sifatida Germaniyada bo’lish haqida imzolangan shartnoma
- akademik ta´lim va ish faoliyatini aks ettiruvchi jadval ko´rinishda tuzilgan tarjimai xol, nemis tilidagi tasdiqlangan tarjimasi bilan
- Ko’ngillilar dasturidan keyingi kasbiy istiqbol haqidagi ma`lumotlarni o’z ichiga olgan, arizachining o’zi tomonidan yozilgan va imzolangan motivatsiya xati va uning nemis tiliga tarjimasi
- Xozirga qadar olingan akademik va maktab ta`limi haqida hujjat, diplom hamda uning baholar ilovasi
- Taaluqli bo’lsa: kasbiy malaka va qayta tayyorlov haqida tasdiqnoma, xozirgi ish beruvchining ma`lumotnomasi
- Agar tegishli bo´lsa: nemis tili bilimiga ega ekanligi haqida tasdiqnoma yoki avvaliga til bo’yicha bilimlar shart emasligi, uni Germaniyaga kelgandan so’ng til kurslarida ishtirok etish orqali o’rganish mumkinligi haqida ish joyining yozma tasdiqnomasi.
- Sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma.
Hujjatlar bilan birga tibbiy sug'urta rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz lozim.
Ba'zi holatlarda qo´shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Hujjatlar to’liq taqdim qilinishiga e´tibor bering. To’liq bo’lmagan hujjatlar viza arizasini ko’rib chiqish jarayonini sekinlashtiradi va rad javobiga olib kelishi mumkin.
Ma´lumot uchun
Federal ko’ngillilar dasturi (BFD), shu jumladan Weltwärts Süd-Nord komponent qismida ishitirok etish uchun: shartnoma Siz, Oila va ijtimoiy vazifalar bo’yicha Federal vazirlik (BAFzA), shuningdek ish joyi tomonidan imzolangan bo’lishi lozim. Federal ko’ngillilar dasturida ishtirok etish uchun yosh chegaralanmagan. „Weltwärts Süd-Nord“ dasturida ishtirok etish uchun yoshingiz 18 va 29 yosh oralig’ida bo´lishi lozim.
Ko’ngilli yoshlar dasturi (Freiwilliges Soziales Jahr (FSJ) yoki Freiwilliges Ökologisches Jahr (FÖJ)) da ishtirok etish uchun: shartnomangiz Siz, shuningdek ish joyi tomonidan imzolangan bo’lishi lozim. Ko’ngilli yoshlar dasturida ishtirok etish uchun yoshingiz 16 va 27 yosh oralig’ida bo´lishi lozim.
Yevropa ko’ngillilar dasturida (EFD) ishtirok etish uchun: shartnomangiz Erasmus +Yoshlar harakatda Milliy Agentligi va muvofiqlashtiruvchi tashkilot tomonidan imzolangan bo`lishi lozim. Rejalashtirilgan vazifalar va ta'lim natijalari tavsif qilingan ko’ngillilar shartnomasi muvofiqlashtiruvchi tashkilot va ko´ngilli (dastur ishtirokchisi) tomonidan imzolangan bo´lishi lozim. Qabul qiluvchi tashkilot ko`ngilli ishtirokchining turar joy va oziq-ovqat bilan bogliq harajatlarini o’z zimmasiga oladi. Bundan tashqari ko’ngilli ishtirokchi har oy 110 yevro miqdorida cho´ntak puli oladi. Yevropa ko’ngillilar dasturida ishtirok etish uchun qabul qilinayotganda til bilimi ahamiyatga ega emas. Qabul qiluvchi tashkilot ko´ngilli ishtirokchiga til bilimini egallashda Yevropa ittifoqi komissiyasi tomonidan taqdim qilingan onlayn til o´rganish dasturi (Online Linguistic Support) yoki alohida til kurslari orqali ko’maklashadi.
Yevropa ko’ngillilar dasturida 17 va 30 yosh oralig’ida ishtirok etish mumkin.