Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Mutaxassislar uchun ish izlashga viza

Maqola

Muhim ma’lumot

COVID-19ning keng tarqalishining oldini olish maqsadida 18.03.2020dan amaldagi kirish chekloviga muvofiq, ish qidirish maqsadida viza arizalari hali qabul qilinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.

Ushbu viza Germaniya oliy o’quv yurtini tamomlagan yoki shunga mos oliy ma`lumot yoki tan olingan kasbiy ta`limga ega xorijiy mutaxassislarga ko´pi bilan 6 oy davomida o‘z mutaxassisligi bo’yicha ish qidirish maqsadida Germaniyaga safar qilish imkoniyatini beradi.

Arizani asoslovchi hujjatlar

Oliy ta`limga ega mutaxassislar:

  • Germaniya oliy o’quv yurti yoki tan olingan xorijiy oliy o’quv yurtini tamomlaganlik haqida tasdiqnoma va uning baholar ilovasi
  • Nemis/zarur bo’lsa ingliz tili bo’yicha bilim darajasini tasdiqlovchi hujjat
  • Agar faoliyat (masalan shifokor, dorixonachi, o’qituvchi kabi) tartibga solingan kasbda olib borilishi lozim bo’lsa: kasbiy faoliyat uchun ruxsatnoma yoki kasbiy faoliyatga ruxsatnoma berilishi haqida kafolat

Kasbiy ta`limga ega mutaxassislar:

  • Nemis tilini B1 darajasida bilish haqida tasdiqnoma
  • Germaniya malakali kasbiy ta`lim yoki kamida ikki yillik ta`lim muddatini o’z ichiga olgan xorijiy kasbiy ta`lim haqida tasdiqnoma: diplom va baholar ilovasi bilan
  • Xorijiy kasbiy ta`limni tan olish haqida qaror (Gleichwertigkeitsbescheid)
  • Agar faoliyat (masalan shifokor, dorixonachi, o’qituvchi kabi) tartibga solingan kasbda olib borilishi lozim bo’lsa: kasbiy faoliyat uchun ruxsatnoma yoki kasbiy faoliyatga ruxsatnoma berilishi haqida kafolat

  • Akademik va kasbiy faoliyat sanab o’tilgan, jadval shaklidagi tarjimai xol va uning nemis tiliga tarjimasi
  • Rejalashtirilgan ish qidirish (soha, hudud, rejalashtirilgan turar joy/boshpana) haqidagi ma`lumotlarni o’z ichiga olgan, arizachining o’zi tomonidan yozilgan va imzolangan motivatsiya xati va uning nemis tiliga tarjimasi
  • Ish qidirshga tayyorgarligingiz haqida tasdiqnomalar, masalan ish beruvchi bilan muloqotlar (elektron pochta orqali yozishmalar nashri, shaxsiy tanishuvga taklif)
  • Butun safar davomi uchun turar joy mavjudligini tasdiqlovchi hujjat: imzolangan ijara shartnomasi/mehmonxona broni/nemis tilida yozilgan, taklif qiluvchi va taklif qilinuvchining ismi sharifi, tug’ilgan sanasi, taklif qiluvchining manzili, safar muddati ko’rsatilgan, taklif qiluvchi tomonidan aniq sana bilan imzolangan, erkin shaklda yozilgan taklifnoma, unga ilova shaklida taklif qiluvchining pasport nusxasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi, agar taklif qiluvchi Germaniya fuqarosi bo’lmasa: Germaniyada vaqtincha yashash uchun berilgan ruxsatnomadan nusxa

Butun safar muddati uchun yetarli, oyiga 947 yevrodan to’g’ri keladigan mablag’ga ega ekanlik haqida hujjat. Ariza topshirishda kamida 5.682 yevro va Germaniyadan ehtimoliy qaytib chiqish uchun qo’shimcha 500 yevro miqdorida mablag‘ mavjudligi haqida tasdiqnoma

Moliyaviy jihatdan ta`minlanganlik quyidagicha tasdiqlanishi mumkin:

  • Germaniya hududida bo‘lish to‘g‘risidagi qonun (Aufenthaltsgesetz)ning  66-68 moddalari asosida berilgan, safar maqsadiga mos,  kafilning moliyaviy xolati yetarli deb ko’rsatilgan hamda berilgan sanasi olti oydan oshmagan kafolat xati (Verpflichtungserklärung)
  • Safar davomida oyiga 947 yevro miqdordagi  mablag’ni olish mumkin bo’lgan, Germaniya banklaridan birida ochilgan bloklangan xisob raqami haqida tasdiqnoma. Bu haqda bloklangan xisob raqami haqidagi eslatmaga qarang.

Ba`zi xollarda qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Ijobiy qaror qabul qilinsa, viza berilishidan avval tibbiy sug’urta haqidagi tasdiqnomani taqdim etishingiz lozim.

Hujjatlar to’liqliligiga e`tibor bering. To’liq bo’lmagan arizalar jarayonni sekinlashtiradi va rad javobiga olib kelishi mumkin.

Xorijiy oliy ta`limni tan olish

Oliy ma`lumotingizni tan olish yoki uning ekvivalentligi haqida ma`lumotlarni bu yerdan topishingiz mumkin.

Xorijiy ta`lim tizimi bo’yicha markaziy idora orqali diplomingizni baholashni yo’lga qo’yishingiz lozim, agar:

  • Mutaxassisligingiz ma`lumotlar bazasida “shartli taqqoslanadigan” deb yuritilsa.
  • Sizning oliygohingiz ma`lumotlar bazasida “H-” deb yuritilsa.
  • Sizning mutaxassisligingiz va /yoki oliygohingiz ma`lumotlar bazasiga kiritilmagan bo’lsa.

Kasbiy ta`limingizni tan olish haqidagi ma`lumotni bu yerdan topishingiz mumkin

Mutaxassislar migratsiyasi haqidagi umumiy ma`lumotlarni mutaxassislar portalida yoki bu yerdan topishingiz mumkin.

Nemis tili bo'yicha bilim darajasini tasdiqlash

Germaniyaga kirishdan avval talabalar uchun bloklangan hisob raqamini ochish





Sahifa boshiga qaytish