Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

COVID-19: Yevropa Ittifoqiga zarur bo'lmagan sayohatlar uchun vaqtincha cheklovni qisman yengillashtirish

Qo'lda bir martalik qo'lqop bilan koronavirus yozuvi ushlanib turibdi

Covid-19 / Koronavirus, © Colourbox

06.07.2020 - Maqola

Germaniya 2-iyul kuni Yevropa Ittifoqining EI ga zarur bo'lmagan sayohatlarga kirish cheklovlarini yengillashtirish bo'yicha tavsiyasini amalga oshirdi.

Uchinchi davlatlardan kirish

2020-yil 17-martdan boshlab Yevropa Ittifoqining yagona kirish cheklovlari uchinchi mamlakatlardan zarur bo'lmagan sayohatlar uchun qo'llaniladi. Ushbu cheklovlar, xususan, Germaniyaga kirishga nisbatan ham qo'llaniladi. Tafsilotlarni Federal Ichki ishlar vazirligining veb-sahifasidan topishingiz mumkin.

Global epidemiologik vaziyatning qisman yaxshilanganligini hisobga olgan holda, Yevropa Ittifoqi Kengashi 2020 yil 30-iyunda Kengash taqdim etgan loyiha asosida kirish cheklovlarini yengillashtirishni tavsiya qildi. Germaniya ushbu tavsiyani 2020-yil 2-iyuldan boshlab quyidagicha amalga oshiradi:

Kirish cheklovisiz uchinchi davlatlar

Ushbu infeksiyalanish darajasi past bo'lgan uchinchi mamlakatlardan kirish, 2020-yil 2-iyuldan boshlab cheklovlarsiz amalga oshishi mumkin:

  •         Avstraliya
  •         Gruziya
  •         Kanada
  •         Chernogoriya
  •         Yangi Zelandiya
  •         Tailand
  •         Tunis
  •         Urugvay

Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyaga kirish uchun cheklovlar, agar tegishli kirish imkoniyatlari bo'lsa, olib tashlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu davlatlar ro'yxati muntazam ravishda yangilab turilishi kerak. Kirishga ruxsat berilganmi, degan savolga, sayohatchilarning fuqaroligi emas, balki shu paytgacha qaysi davlatda bo'lib kelganligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Barcha uchinchi davlatlardan kirib keluvchilar uchun kirish imkoniyatlari.

Yuqoridagi ro'yxatda bo'lmagan uchinchi davlatlardan ham Germaniyaga kirish imkoniyati mavjud, agarda buning uchun jiddiy sabab ko'rsatilsa. Shu munosabat bilan, Germaniyaga kirish quyidagi odamlar guruhlari yoki sayohat maqsadida ruxsat etiladi:

  • Germaniya fuqarolari, shuningdek boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlari, Shengen bilan bog'liq davlatlar (Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shveytsariya) yoki Buyuk Britaniya fuqarolari;
  • Germaniyada yashash huquqiga ega bo'lgan uchinchi davlat fuqarolari;
  •  oilani birlashtirish yoki favqulodda oilaviy sabablarga ko'ra tashrif buyurish uchun kelgan uchinchi mamlakat oila a'zolari;
  •  tibbiyot xodimlari, tibbiyot tadqiqotchilari va keksalarga qarash uchun xodimlar;
  •   ish bilan ta'minlash iqtisodiy nuqtai nazardan zarur bo'lgan va chet elda qoldirilishi yoki faoliyatini chet davlatda amalga oshirib bo'lmaydigan chet ellik mutaxassislar va yuqori malakali ishchilar;
  •   yuk transporti xodimlari va boshqa transport xodimlari;
  •   qishloq xo'jaligidagi mavsumiy ishchilar;
  •   dengizchilar;
  •   o'qishni butunlay chet eldan o'tkazib bo'lmaydigan chet ellik talabalar;
  •   Boshqa gumanitar sabablarga ko'ra xalqaro himoyaga muhtoj shaxslar;
  •   diplomatlar, xalqaro tashkilotlar, harbiy xizmatchilar va gumanitar xodimlar o'z vazifalarini bajarish davrida;
  •   ko'chib ketuvchi nemislar;
  •   tranzit yo'lovchilar.

Yevropa Ittifoqi yoki Shengen hududi bo'ylab sayohat qilish

2020-yil 21-iyundan boshlab Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari, Shengen bilan bog'liq davlatlar (Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shveytsariya) yoki Buyuk Britaniyadan vaqtincha kirish cheklovlari butunlay bekor qilindi. Ushbu vaqtdan boshlab, Germaniyaga Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlaridan, Shengen hududidan yoki Buyuk Britaniyadan kirish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.


Kirib keluvchilar va qaytuvchilar uchun karantin qoidalari:

 Germaniya Hukumati va federal yerlari davlat hududiga kirayotganlar va qaytayotganlar uchun umumiy karantin qoidalari asoslari haqida kelishib olishdi. Qo'shimcha ma'lumotlar (shu jumladan ingliz tilida), namunaviy matn va qo'shimcha havolalar Federal Tashqi ishlar vazirligi va Federal Ichki ishlar vazirligi veb-saytlarida mavjud; Ayrim federal yerlar hududida tadbiq etilayotgan aniq chora-tadbirlar to'g'risidagi ma'lumotni tegishli federal yerlarning sog'liqni saqlash vazirliklari veb-saytlaridan topish mumkin.

                                                                                     

 

Sahifa boshiga qaytish