Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Elchi Manfred Hutererning Qoraqalpog'istonga tashrifi

Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif

Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif, © Germaniya elchixonasi

23.10.2024 - Maqola

Elchi Manfred Huterer 16-17 oktyabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Nukusda elchi Respublika Vazirlar Kengashi raisi Ermanov, Jo'qorg'i Kengesi raisi O‘rinbayev va O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi direktori Habibullayev bilan muzokaralar o'tkazdi. Elchi Huterer Orol dengizi muzeyi, Mo‘ynoqdagi kemalar qabristoni va Savitskiy muzeyiga ham tashrif buyurdi.

Qoraqalpog'iston vakillari bilan muzokaralar chog'ida, xususan, Qoraqalpog'iston va Germaniya o'rtasida biznes, atrof-muhitni muhofaza qilish va madaniyat sohasida almashinuvni kengaytirish salohiyati muhokama qilindi.

Sahifa boshiga qaytish