Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida nemis-o‘zbek fakultetining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida nemis-o‘zbek fakultetining ochilish marosimi bo'lib o'tdi 

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida nemis-o‘zbek fakultetining ochilish marosimi bo'lib o'tdi, © Toshkentdagi Germaniya elchixonasi

20.09.2024 - Maqola

18-sentabr kuni elchi Xuterer Toshkent davlat pedagogika universitetida nemis-o‘zbek fakultetining ochilish marosimida ishtirok etdi. Birinchi nemis-o‘zbek fakulteti 2024-yil 24-iyulda Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) hamda Merzeburg universiteti qoshidagi oliy o‘quv yurtlariga tayyorlovchi Halle shahridagi Halle-Merzeburg kolleji hamkorligida tashkil etilgan.

Toshkent shahridagi fakultet ochilishida fakultetning Merseburg universiteti, Osnabryuk universiteti va Media universiteti (Berlin/Frankfurt/Kyoln) bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida Ahdlashuv bayonoti imzolandi.

Fakultet, boshqa yo‘nalishlar qatorida, Berlin texnika universitetining nemis tili chet va mutaxassislik tili sifatida kafedrasining expertlari ko‘magida O‘zbekistonda chet va mutaxassislik tili sifatida nemis tilida birinchi bo‘lib bakalavr va magistratura dasturlarini (B.A./M.A.) taklif etadi. Oliy ta´lim bo‘yicha takliflar informatika/iqtisodiy informatika/OAV informatikasi (B.Sc./M.Sc.) yo‘nalishlariddagi diplomlarni ham qamrab oladi.

Sahifa boshiga qaytish