Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts
Mutaxassislarning Germaniyaga kirishi
Bu yerda mutaxassislarning Germaniyaga migratsiyasi va ish faoliyatiga oid savollaringizga javob topasiz.
Ish faoliyatini boshlashdan avval sizga ish faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi yashash uchun ruxsatnoma kerak boʻladi*. Siz Germaniyaga kirishdan oldin yashayotgan hududingiz uchun ma´sul Germaniyaning xorijdagi vakolatxonasida (elchixonasi yoki konsullik boʻlimi) viza rasmiylashtirishingiz lozim**. Aksariyat hollarda Federal bandlik agentligining roziligi mavjud boʻlsagina viza beriladi. Mazkur rozilikni odatda xorijdagi vakolatxonaning oʻzi oladi. Barcha talablar bajarilgan holatda, sizga belgilangan amal qilish muddatiga ega milliy viza taqdim etiladi. Uchbu muddat ichida siz yangi yashash joyingizda chet elliklar ishlari boʻyicha idorada uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirishingiz kerak boʻladi.
* Yevropa qonunchiligi asosida erkin harakatlanish huquqiga ega boʻlsangiz ushbu qoida sizga nisbatan amal qilmaydi. Yevropa Ittifoqi fuqarolari va Norvegiya, Islandiya, Lixtenshteyn va Shveytsariya davlatlarining fuqarolari erkin harakatlanish huquqiga egadirlar; ular Germaniyaga vizasiz kirish huquqiga egalar va ish faoliyatini boshlash uchun ruxsatnoma olishlari talab etilmaydi. Ularga hamrohlik qilayotgan uchinchi davlat fuqaroligiga ega boʻlgan oila a´zolari odatda kirish uchun soddalashtirilgan tartibda viza rasmiylashtirishlari kerak va hududga kirgandan soʻng ular erkin harakatlanish huquqiga ega boʻlgan oila a´zolari kabi bir hil imtiyozlarga ega boʻladilar.
**Avstraliya, Buyuk Britaniya, Isroil, Yaponiya, Kanada, Koreya Respublikasi, Yangi Zelandiya va Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqaroligiga ega boʻlsangiz, sizdan kirish vizasi talab qilinmaydi. Yashash uchun mahalliy ruxsatnomangizni Germaniyadagi yangi yashash joyingizda joylashgan chet elliklar ishlari boʻyicha idorada rasmiylashtirasiz. Agarda siz davlat hududiga kirgandanoq yashash uchun mahalliy ruxsatnomangizni rasmiylashtirmasdan ish faoliyatini boshlamoqchi boʻlsangiz unda siz ish faoliyatini boshlash huquqini beruvchi viza rasmiylashtirishingiz lozim boʻladi.
Kasbiy ta´lim olgan va akademik ta´lim olgan mutaxassislar oʻrtasida farqlanadi. Chet elda olingan ta´lim Germaniyada tan olish jarayonidan oʻtishi kerak. Kasbiy ta´limga ega boʻlgan mutaxassislar malakali kasbiy ta´limni tugatgan boʻlishlari kerak, bu Germaniya qonunlari boʻyicha eng kamida ikki yillik mutaxassislik boʻyicha taxsil olishni nazarda tutadi.
Akademik ta´lim olgan mutaxassislar tan olingan yoki Germaniya oliy ta´limiga tenglashtirilgan oliy ma´lumotga egaliklari toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etishlari kerak. Mutaxassislar faqatgina bir malakali ishda ishlashlari mumkin.
Mutaxassis sifatida ishlashga ruxsatnoma olishingiz mumkin, qachonki
· sizning chet elda olgan malakangiz tan olingan boʻlsa*;
· siz aniq bir ish joyiga taklif olgan boʻlsangiz. Boʻlg´usi ish beruvchingizdan “Mehnat munosabatlari to´g´risidagi tushuntirish” shaklini toʻldirishni soʻrang**;
· egallagan kasbingiz boʻyicha ishlash uchun ruxsatnomaga ega boʻlsangiz (yoki ushbu ruxsatnoma sizga kafolatlangan boʻlsa), agar siz reglamentlangan kasblardan biri*** boʻyicha ishlashni hohlasangiz (misol uchun, sogʻliqni saqlash tizimida);
· chet elliklarga nisbatan qoʻllaniladigan umumiy talablarni bajargan boʻlsangiz, misol uchun, amaldagi pasport, kafolatlangan yashash uchun ta´minot vhz.
Barcha talablarni bajara olsangiz va hujjatlarni toʻliq taqdim etishga tayyor boʻlsangizgina viza arizangizni topshirganingiz maqsadga muvofiqdir. Agar sizning chet elda olgan malakangiz hali tan olinmagan boʻlsa, viza arizangiz koʻrib chiqilmaydi.
*Agarda siz kasbiy yoki oliy ta´limingizni Germaniyada olgan boʻlsangiz, unda tan olish jarayoni siz uchun kerak emas. Chet elda olingan malakalarni tan olish boʻyicha bir qancha idoralar ma´sul. Ular boʻyicha ma´lumotlar quyida keltirilgan:
- www.make-it-in-germany.com
- www.Anerkennung-in-Deutschland.de
- Ishonch telefon raqami „Arbeiten und Leben in Deutschland“ (Germaniyada ishlash va yashash): +49 30 1815 – 1111
- Chet eldagi maktablar markaziy boshqarmasi (Zentralstelle für ausländisches Bildungswesen)
Oliy ma´lumotga ega boʻlsangiz va reglamentlanmagan kasblardan biri boʻyicha ishlamoqchi boʻlsangiz, oliy ma´lumotingiz, agar u anabin ma´lumotlar bazasida koʻrsatilgan boʻlsa, yetarli boʻlishi mumkin. Qoʻchimcha ma´lumotlarni siz bu yerda topishingiz mumkin: https://anabin.kmk.org/anabin.html
**Shaklni siz bu yerda yuklab olishingiz mumkin:
Mehnat munosabatlari toʻgʻrisida tushuntirish
Shaklga qoʻshimcha A ilovasi „Mehnat munosabatlari toʻgʻrisidagi ma´lumotnoma” (faqat tan olish jarayonini amalga oshirish maqsadidagi viza uchun)
Shaklga qoʻshimcha B ilovasi “Mehnat munosabatlari toʻgʻrisidagi ma´lumotnoma” (faqat xizmat yuzasidan yuborilgan mutaxassislar, korxona miqiyosida boshqa ishga oʻtqazilgan mutaxassislar va xodimlar almashinuvi jarayonida kelayotgan mutaxassislar uchun)
Mutaxassislarning Germaniyadagi mehnat munosabatlari ijtimoiy sug´urtalangan boʻlishi lozim. Xizmat yuzasidan yuborilgan mutaxassislar uchun boshqa qoidalar qoʻllaniladi.
***Reglamentlangan kasblar boʻyicha ma´lumotlarni siz bu yerda www.anerkennung-in-deutschland.de va https://web.arbeitsagentur.de/berufenet/ergebnisseite/reglementierte-berufe?berufecluster=reglementiert olishingiz mumkin. Egallagan kasbingiz boʻyicha ishlash uchun ruxsatnoma beradigan idoralar ham malakangizni tan olish-olmaslikni hal etadilar.
Bu yerda sizga mos keladigan har xil viza turlariga oid ma´lumotlarni topishingiz mumkin: https://www.make-it-in-germany.com/de/visum-aufenthalt/arten/arbeiten-fachkraefte
Siz malakali mehnatni amalga oshirish maqsadida yashash uchun ruxsatnomani chet elda olgan kasbiy ta´limingiz mutanosibligi aniqlanganidan soʻng olishingiz mumkin. Bu esa boshqa kasb boʻyicha ham ishlashingiz mumkinligini anglatadi. Ammo Siz olgan malakangizdan kelib chiqib, muayyan kasbiy faoliyatni bajara olishga qodir boʻlishingiz kerak. Yordamchi kasb va ishlab chiqarish jarayonida egallangan kasblar bundan istesno. Har qanday holatda ham malakali bandlik haqida gap ketishi kerak. Malakali bandlik mavjudligi yoki emasligi Federal bandlik agentligi tomonidan tekshiriladi.
Ha. Buning uchun alohida talablar bajarilishi kerak. Agarda siz YI Moviy kartasi sohibi bʻola olmasangiz va sizning yalpi yillik ish haqqingiz belgilangan miqdordan kam boʻlsa (umumiy nafaqa sug´urtasi boʻyicha yillik badallar yuqori chegarasining 55% dan kam boʻlsa), siz qoʻshimcha tarzda etarli nafaqa ta´minoti mavjudligini koʻrsatishingiz kerak. Bunda siz tug´ilgan yurt yoki boshqa mamlakatlardagi qonuniy nafaqa sug´urtasi boʻyicha mavjud da´volar, shaxsiy nafaqa yoki oʻlim sug´urtasi, hatto koʻchmas mulk yoki boshqa aktivlar boʻyicha mavjud da´volar hisobga olinadi. Shunga oʻxshash tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish kerak yoki kerak emasligini siz Federal bandlik agentligida yoki sizning viza arizangizga ma´sul chet el vakolatxonasida aniq holat boʻyicha bilib olishingiz mumkin.
Siz tadqiqotchilarga beriladigan yashash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirishingiz mumkin, qachonki siz davlat yoki xususiy ilmiy-tadqiqot muassasasi bilan tadqiqot loyihasi uchun ishga qabul qilish haqida kelishuv ega boʻlsangiz. Sizning malakangizni tan olish uchun alohida jarayon shart emas. Lekin siz doktorantura dasturlariga yoʻl ochib beruvchi kamida bir oliy ma´lumotga ega boʻlishingiz kerak. Tadqiqotchilardan yashash uchun ruxsatnoma olish maqsadida oldindan mehnat shartnomasini majburiy ravishda taqdim etish talab etilmaydi. Misol uchun stipendiya yutib olgan tatqiqodchilar ham uni rasmiylashtirishi mumkin. YI Moviy kartasi talablariga mos kelsangiz, siz tadqiqotchilarga yashash uchun ruxsatnoma yoki Moviy kartani tanlash huquqiga ega boʻlasiz.
Qoʻshimcha ma´lumotlarni siz bu yerda topishingiz mumkin: https://www.make-it-in-germany.com/de/visum-aufenthalt/arten/weitere/forschen
IT va kommunikatsiya sohasiga oid ishlar uchun sizdan mutaxassis sifatida malaka tasdig´i talab etilmaydi. Qoʻshimcha ma´lumotlarni siz bu yerda topasiz: https://www.make-it-in-germany.com/de/visum-aufenthalt/arten/weitere/it-spezialisten
Mutaxassisning malakasi qanday boʻlishidan qat´iy nazar, yashash uchun ruxsatnoma bandlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan ishlarga berilishi mumkin. Ularga masalan quyidagilar kiradi: kompaniyalar rahbarlari, xizmat yuzasidan yuborilgan muayyan mutaxassislar, professional haydovchilar, maxsus taomlar boʻyicha oshpazlar, sanatkorlar, sportchilar, ayrim amaliyotlar boʻyicha stajirovkalar, mehnat shartnomasiga ega ishchilar ... (https://www.make-it-in-germany.com/de/visum-aufenthalt/arten/weitere)
Germaniyada rasman tan olinmagan xorijiy kasb-hunar ta´limi yoki universitet diplomiga ega boʻlgan tajribali mutaxassislar ham ishga joylashish uchun yashash ruxsatnomasini olishlari mumkin; https://www.make-it-in-germany.com/de/visum-halt/arten/visum-berufsertreibene
Bundan tashqari, ayrim mamlakatlar fuqarolari* har qanday ishga qabul qilinishlari mumkin. Reglamentlangan kasb boʻyicha ishlashni istasangiz, sizda har qanday holatda mutaxassislik boʻyicha ishlash uchun berilgan yoki kafolatlangan ruxsat boʻlishi kerak. Aksariyat hollarda Federal bandlik agentligi oʻz roziligini berishi lozim. Rahbarlar, mutaxassislar va ish oʻrganayotganlar xizmat safariga yuborilganida (korxona miqyosidagi oʻtkazmalarga) ularga ICT kartasi berilishi mumkin.
*Bunday davlarlar sarasiga quyidagilar kiradi:
Andorra, Avstraliya, Isroil, Yaponiya, Kanada, Koreya Respublikasi, Monako, Yangi Zelandiya, San-Marino, AQSH (Ish bilan ta´minlash toʻgʻrisidagi qonunning 26-moddasi 1-bandi), shuningdek Albaniya, Bosniya va Gertsogovina, Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya va Serbiya (Ish bilan ta´minlash toʻgʻrisidagi qonunning 26-moddasi 2-bandi).
Mutaxassisning turmush oʻrtogʻi, shuningdek uning voyaga yetmagan farzandlari (ya´ni oilaning asosiy aʻzolari) oilani birlashtirish maqsadida viza rasmiylashtirishlari mumkin. Mutaxassis oʻz viza arizasini topshirgan vaqtda uning oila a´zolari ham oʻz arizalarini topshirishlari mumkin.
Malakali ishchi sifatida, chet el malakangiz tan olingan etilgan boʻlsa*, malakangiz boʻyicha ishlash imkonini beradigan ishni qidirish uchun olti oygacha viza olish uchun murojaat qilishingiz mumkin. Modomiki siz reglamentlangan kasb (masalan, sogʻliqni saqlash sohasida) boʻyicha ishlamoqchi ekansiz, mutaxassislik boʻyicha ishlash uchun ruxsatnoma kafolatlanganligini yoki uning mavjudligini tasdiqlashingiz lozim. Kasbiy ta´limni olgan malakali ishchilar rejalashtirilgan faoliyatga mos keladigan nemis tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari lozim (odatda B1 darajasi)**.
Ushbu viza bilan siz haftasiga oʻn soatgacha tegishli mehnat faoliyati bilan sinov tariqasida mashgʻul boʻlishingiz mumkin.
Ushbu mehnat faoliyati doirasida oilani birlashtirish imkoniyati mavjud emas.
*Germaniyada kasbiy ta´lim olgan yoki universitetni tamomlagan boʻlsangiz, ushbu hujjatlar tan olinishi shart emas. Chet el malakalari tan olinishi borasida turli idoralar mas´uldir. Ma´lumotni quyidagi manzildan topishingiz mumkin:
- www.make-it-in-germany.com
- www.Anerkennung-in-Deutschland.de
- Ishonch telefon raqami „Arbeiten und Leben in Deutschland“ (Germaniyada ishlash va yashash): +49 30 1815 – 1111
- Chet eldagi maktablar markaziy boshqarmasi (Zentralstelle für ausländisches Bildungswesen)
Oliy ma´lumotga ega boʻlsangiz va reglamentlanmagan kasblardan biri boʻyicha ishlamoqchi boʻlsangiz, oliy ma´lumotingiz, agar u anabin ma´lumotlar bazasida koʻrsatilgan boʻlsa, yetarli boʻlishi mumkin. Qoʻchimcha ma´lumotni bu yerdan topishingiz mumkin: https://anabin.kmk.org/anabin.html
Chet elda olgan kasbiy ta´limingiz toʻliq tan olinmagan boʻlsa va mos keladigan Germaniyadagi ta´lim bilan solishtirganda kamchiliklar aniqlangan boʻlsa, siz Germaniyada malakani tasdiqlash tadbirlarini yakunlashingiz mumkin, bu esa sizning ta´limingiz toʻliq tan olinishi uchun imkoniyat yaratadi. Ushbu moslashuv tadbirlarida ishtirok etish uchun Germaniyada 24 oy davomida boʻlish, uni jami maksimal uch yilgacha uzaytirish mumkin. Asosiy shart bu odatda kamida A2 darajasida nemis tilini bilishdir. Mehnat faoliyatini moslashuv tadbirlariga parallel ravishda cheklovlar bilan amalga oshirish mumkin.
Tan olish boʻyicha hamkorlik deb nomlanuvchi hamkorlik doirasida, tan olish jarayonini Germaniya hududiga kirgandan keyin ham boshlasa boʻladi, ammo yashash muddatining boshidanoq ishga kirish mumkin. Asosiy shart avvalambor chet elda egallangan kasbiy malakaning u olingan mamlakatda davlat tomonidan tan olingan boʻlishidan iborat. Agar u xorijiy kasbiy ta´lim boʻlsa, u kamida ikki yillik ta´lim muddatidan iborat boʻlishi shart. Tan olish boʻyicha hamkorlikni boshlash orqali ishchi Germaniya hududiga kirganidan soʻng darhol tan olish jarayonini boshlashi va uning malakasi teng qiymatli ekanligini aniqlash maqsadida uni davom ettirish majburiyatini oladi. Bir vaqtning oʻzida ish beruvchi tan olish jarayonida aniqlangan ehtimoliy kamchiliklarni qoplash imkoniyatini yaratishga majburdir. Bundan tashqari ishchi kamida A2 darajasida nemis tilini bilishi shart. Tan olish boʻyicha hamkorlik doirasida Germaniyada uch yilgacha qolish mumkin.
Federal Bandlik Agentligi ma´lum bir kasb guruhlari borasida tanlangan davlatlarning bandlik xizmatlari bilan tuzadigan ishga joylashtirish boʻyicha kelishuvlar doirasida Germaniyada tan olish tartibini amalga oshirish va bir vaqtning oʻzida rejalashtirilgan ishda ishlash imkoniyati mavjud.
Ha, siz maktab ta´limini yoki ishlab chiqarishda kaysbiy ta´lim olish uchun Germaniyaga kelishingiz mumkin. Kasbiy ta´limga tayyorlov yoki kasbga oid til kurslarida ta´lim olish uchun ham kelsangiz boʻladi. Malakali kasbiy ta´lim boshlash uchun siz eng kamida B1 darajasidagi til bilimlarini tasdiqlashingiz kerak. Agar talab qilinadigan til bilimlari tayyorlov til kursi orqali olinishi kerak boʻlsa yoki ta´lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, bu talab qoʻllanilmaydi. Kasbiy ta´lim olish jarayonida haftasiga 20 soatgacha ishlashga ruxsat beriladi.
Yoshingiz 35 dan oshmagan boʻlsa, siz kasbiy ta´lim boʻyicha oʻqish oʻrnini izlash uchun Germaniyaga kelishingiz mumkin; buning uchun boshqa hujjatlar qatorida B1 darajasidagi nemis tili bilimlari yoki xorijdagi nemis maktabini bitirganlik toʻgrisidagi hujjat yoki OTMga kirishga ruxsat beruvchi shaxodatnoma kerak boʻladi. Ushbu jarayon doirasida Germaniyada 9 oygacha qolish mumkin.
Buning uchun talimni boshlash, shuningdek, til kursi kabi OTMga tayyorlovchi tadbirlarni yakunlash mumkin. Talim olishdan tashqari, yiliga 140 kungacha ishlashga ruxsat beriladi. Shuningdek, tayyorgarlik amaliyotini oʻtash uchun Germaniyaga kelishingiz mumkin. Shuningdek, oliy talim maskanidagi oʻqish oʻrinlarini izlash uchun toʻqqiz oygacha muddatga Germaniyaga kelishingiz mumkin. Ushbu maqsad bilan Germaniyada boʻlish davrida haftasiga 20 soatgacha ishlashga ruxsat beriladi.
Agar siz allaqachon ish beruvchi topgan boʻlsangiz, kelajakda ishlaydigan hududdagi Chet elliklar masalalari boʻyicha idoraga siz uchun malakali ishchilarni jalb qilishning tezlashtirilgan jarayonini* amalga oshirish maqsadida ariza topshirishga unga vakolat berishingiz mumkin. Chet elliklar masalalari boʻyicha idora ish beruvchingizga maslahat beradi va uni chet elda olgan malakangizni tan olish uchun ariza berishda qoʻllab-quvvatlaydi. Idora Federal bandlik agentligining roziligini oladi. Tan olish idoralari hamda Federal bandlik agentligi ma´lum muddat ichida qaror qabul qilishlari shart. Ushbu jarayon uchun toʻlov 411 yevroni tashkil qiladi. Malakani tan olish uchun ham toʻlovlar mavjud. Mamlakat ichida tekshirilishi mumkin boʻlgan barcha talablar bajarilgan boʻlsa, chet elliklar masalalari boʻyicha idora dastlabki rozilikni taqdim etadi va uni ish beruvchingiz sizga yuboradi. Dastlabki rozilikni olganingizdan soʻng, uch hafta ichida amalga oshirilishi kerak boʻlgan viza uchun ariza topshirish maqsadida elchixonaga qabulga yozilishingiz mumkin. Qabulga kelganingizda qoʻshimcha hujjatlar bilan birga dastlabki rozilikning asl nusxasini taqdim etishingiz lozim**. Elchixona odatda yana uch hafta mobaynida viza arizangiz borasida qaror qabul qiladi. Viza uchun toʻlov 75 yevroni tashkil etadi.
* Malakali ishchilarni jalb qilishning tezlashtirilgan jarayoni quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:
- kasbiy talim olgan mutaxassislar
- akademik talim olgan mutaxassislar
- yuqori malakali mutaxassislar
- tadqiqotchilar/olimlar
- rahbar shaxslar
- kasbiy talim uchun
- xorijiy kasbiy malakalarni tan olish tadbirlarida ishtirok uchun
- va ba´zi boshqa mehnat faoliyati uchun (https://www.make-it-in-germany.com/de/fachkraefteeinmigration-mit-dem-betreibten-fachkraefteverfahren-wie-funktioniert-es )
** Viza arizasini topshirayotganda taqdim etishingiz kerak boʻlgan hujjatlar roʻyxatini xorijdagi diplomatik vakolatxona veb-sahifasida topishingiz mumkin.
Malakali ishchilarni jalb qilishning tezlashtirilgan jarayon faqat malakali ishchilar va ayrim qiyoslana oladigan holatlarga taalluqli. Ish beruvchingiz ham Federal bandlik agentligiga dastlabki rozilik olish maqsadida murojaat qilishi mumkin. Biroq, Federal bandlik agentligi mehnat faoliyati bilan bog´liq talablarnigina koʻrib chiqadi, lekin viza berishga asos boʻladigan boshqa talablarni emas. Mutaxassis sifatida malakangizni tan olishda yordamga muhtoj boʻlsangiz ham, ushbu jarayon mos kelmaydi. Biroq, ushbu jarayondan quyidagicha foydalansa boʻladi, masalan xizmat safari doirasida Germaniyada vaqtincha ishlashni xohlasangiz.
Ma´lumot va maslahatlar, xususan quyida keltirilgan:
• Federal hukumatning chet ellik mutaxassislar uchun axborot portali orqali: Make it in Germany www.make-it-in-germany.com ,
• Federal hukumatning xorijda olingan kasbiy malakalarni tan olish jarayoni haqidagi axborot portali orqali: www.ancognition-in-deutschland.de
• Tan olish borasida maslahat uchun online yoki ishonch telefoni orqali „Arbeiten und Leben in Deutschland“ (Germaniyada ishlash va yashash): +49 30 1815 – 1111,
• Kasbiy malakalarni tan olish markaziy xizmat koʻrsatish idorasida (ZSBA) (2020-yil 1-martdan) va
• chet eldagi turli maslahat xizmatlari orqali (masalan, turli xorijiy savdo palatalarida Pro Recognition dasturi doirasida tan olish masalalari boʻyicha maslahatlar, umumiy ma´lumotni www.ancognition-in-deutschland.de sahifasidan topish mumkin).