Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts
Mutaxassis sifatida ishlash uchun viza
E`tibor bering, mehnat vizasini berish faqat mutaxassisligingiz bo’yicha malakali mehnat faoliyatiga intilgan xolatlardagina beriladi. Siz mutaxassisligingizdan kelib chiqib, aniq ish yurita olish xolatida bo’lishingiz lozim. Yordamchi yoki maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydigan, ish jarayonida o’rganiladigan kasblar bunday mutaxassislik sirasiga kirmaydi. Mutaxassisligingiz Siz istayotgan faoliyatni yuritishga mos keladimi yoki yo’qmi, buni Federal mehnat agentligi tekshiradi.
Yevropa Ittifoqining "Moviy karta"si bilan oliy ma`lumotli xorijiy fuqarolar Germaniyada mutaxassisligiga mos keluvchi faoliyatni olib borishlari mumkin. Yevropa Ittifoqining "Moviy kartasi" faoliyat davomiyligi kamida bir yilni tashkil etgan xollardagina berilishi mumkin. Yillik brutto-daromadingiz 58.400 yevroni tashkil etsa, Yevropa Ittifoqining "Moviy karta"siga loyiq deb topilasiz. Ba'zi kasblar (shifokor, muhandis, tabiiy fanlar, matematika, shuningdek IT-sohasi mutaxassislari kabi) kasblar uchun 45.552 yevro miqdoridagi yillik brutto-daromad yetarli. Oylik miqdori yetarli bo’lganda viza jarayonida Germaniya Federal mehnat agentligining ishtiroki ko’zda tutilmagan. Yevropa Ittifoqining "Moviy kartasi" Germaniyada faqat xorijiy fuqarolar ishlari bo’yicha mas`ul idora tomonidan beriladi. Buning uchun elchixonada Germaniyaga kirish uchun milliy vizasini rasmiylashtirishga ariza topshiriladi.
Agar axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yorqin va kasbga taaluqli yuqori malakaga ega bo’lsangiz, mutaxassislik bo’yicha mahalliy yoki xorijiy kasbiy yoki oliy ta`lim haqidagi hujjatsiz ushbu sohada ishlashga viza so’rash mumkin.
Kasbdan qat`iy nazar mutaxassis sifatida ishlash to’g’risidagi qonun bilan belgilangan faoliyatlar uchun ruxsat beriladi. Bunda korxonalarning boshqaruvchi mutaxassislari, xizmat safariga yuborilgan ma`lum mutaxassislar, professional haydovchilar, oshpazlar, san`atkorlar, sportchilar, ayrim amaliyot turlari, shartnoma asosida ishlovchilar shular sirasiga kiradi. Agar tartibga solingan kasbda ishlamoqchi bo’lsangiz kasbiy faoliyatni olib borishga ruxsatnoma yoki shu ruxsatnoma berilishi kafolatlangan bo’lishi lozim. Ko’pgina xollarda Federal mehnat agentligi ruxsat berishi lozim.
Arizani asoslovchi hujjatlar
- Imzolangan mehnat shartnomasi yoki lavozim, oylik maosh, ish vaqti va muddati ko`rsatilgan aniq ish joyi bo'yicha taklif
- To`ldirilgan mehnat munosabatlari haqida bayonnoma (Erklärung zum Beschäftigungsverhältnis) ASL NUSXADA
-
Ish beruvchining o‘zgarishi va mehnat munosabatlaridagi o‘zgarishlar haqida xabar berish majburiyati
- Akademik va kasbiy faoliyat sanab o’tilgan, jadval shaklidagi tarjimai xol va uning nemis tiliga tarjimasi
- arizachining o’zi tomonidan mustaqil yozilgan va imzolangan motivatsiya xati va uning nemis tiliga tarjimasi
- Ariza topshirish paytida 45 yoshdan oshgan bo’lsangiz va Sizning yillik brutto-daromadingiz 48.180 yevrodan kam bo’lsa, qarilikda moliyaviy jihatdan ta`minlanganlikning isboti sifatida avval mehnat qilgan davlatingizdan qonuniy pensiya sug’urtasi, xususiy pensiya yoki hayot sug’urtasi, ko’chmas mulk yoki boshqa mulk hujjatlari
Oliy ma´lumotli mutaxassislar:
- Germaniya oliy o’quv yurti yoki tan olingan xorijiy oliy o’quv yurtini tamomlaganlik haqida tasdiqnoma va uning baholar ilovasi. Barcha xorijiy tillarda berilgan hujjatlar (ingliz tilida ham) nemis tiliga tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Xorijda berilgan diplomingiz hamda ANABIN ma'lumotlar bazasida diplomni baholash natijasi va universitetingiz maqomini tasdiqlovchi hujjat qolgan hujjatlar bilan birga ariza topshirish paytida 2 nusxada taqdim etilishi kerak!
- Agar faoliyat tartibga solingan kasbda (masalan shifokor, dorixonachi, o’qituvchi kabi)olib borilishi lozim bo’lsa: kasbiy faoliyat uchun ruxsatnoma yoki kasbiy faoliyatga ruxsatnoma berilishi haqida kafolat. Bir qator kasblar uchun nemis tilini kamida B2 darajada bilish haqida hujjat taqdim etilishi lozim (Sog’liqni saqlash sohasidagi kasblar)
Kasbiy ta`limga ega mutaxassislar:
- Germaniya malakali kasbiy ta`lim yoki kamida ikki yillik ta`lim muddatini o’z ichiga olgan xorijiy kasbiy ta`lim haqida tasdiqnoma: diplom va baholar ilovasi bilan
- Xorijiy kasbiy ta`limning ekvivalentligi haqida qaror (Gleichwertigkeitsbescheid)
- Aniq ish taklifiga qo'shimcha ravishda, hamshiralar §2PflBG ga muvofiq kasbiy unvondan foydalanishga ruxsatnoma va B2 darajasidagi til ko'nikmalari haqida hujjatni ham taqdim etishlari kerak
- Agar faoliyat (masalan shifokor, dorixonachi, o’qituvchi kabi) tartibga solingan kasbda olib borilishi lozim bo’lsa: kasbiy faoliyat uchun ruxsatnoma yoki kasbiy faoliyatga ruxsatnoma berilishi haqida kafolat. Bir qator kasblar uchun nemis tilini kamida B2 darajada bilish haqida hujjat taqdim etilishi lozim (Sog’liqni saqlash sohasidagi kasblar)
Kasbiy malakalarning mutanosibligini baholash va kasbiy unvondan foydalanishga ruxsatnoma viza arizasi topshirilganda mavjud bo'lishi kerak va Germaniyaning Toshkentdagi elchixona zimmasidagi vazifalariga kirmaydi.
Mahalliy yoki xorijiy kasbiy yoki oliy ta`lim haqidagi hujjatiga ega bo’lmagan IT sohasi mutaxassislari:
- Oxirgi yetti yilda oliy ta`lim yoki axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi malakali kasbiy ta`lim bilan qiyoslanuvchi, kamida uch yillik kasbiy malaka va ko’nikmaga ega bo’lganingiz haqida hujjat
- Yillik brutto-daromad kamida 52.560 yevroni tashkil etuvchi, aniq ish joyi taklifi
- Nemis tilini B1 darajasida bilish haqida tasdiqnoma. Nemis tilini bilish haqida tasdiqnoma ba`zi xollarda talab etilmaydi, masalan ma`lum faoliyat turini yuritish uchun ingliz tili talab etilsa va Siz uni bilsangiz
Ba`zi xollarda qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.
Hujjatlar bilan birga tibbiy sug’urta haqidagi tasdiqnomani taqdim etishingiz lozim.
Hujjatlar to’liqliligiga e`tibor bering. To’liq bo’lmagan arizalar tekshiruv jarayonini sekinlashtiradi va rad javobiga olib kelishi mumkin.
Mutaxassislar arizasini tezlashtirilgan shaklda ko’rib chiqish haqida ma`lumot
Agar Siz ish beruvchini topgan bo’lsangiz, Siz unga Germaniyadagi bo’lajak turar joyingizga mas`ul bo’lgan xorijiy fuqarolar ishlari bo’yicha idoraga Siz uchun mutaxassislar arizasini tezlashtirilgan shaklda ko’rib chiqish jarayonini yo’lga qo’yishga vakolat berishingiz mumkin. Bu jarayon uchun to’lanadigan badal miqdori 411 yevroni tashkil etadi. Bundan tashqari viza jarayoni hamda, zarur bo’lsa, xorijdagi malakaviy kasbiy ta`lim haqidagi hujjatni tan olish uchun qo’shimcha xarajatlar bor.
Xorijiy fuqarolar ishlari bo’yicha idora va Federal mehnat agentligi tomonidan ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan barcha talablar bajarilsa, xorijiy fuqarolar ishlari bo’yicha idora oldindan o’z ruxsatnomasini beradi. Ushbu ruxsatnomaning aslini ish beruvchingiz Sizga yurobishi lozim. Uni olishingiz bilan vizaga ariza berish uchun qabul vaqtini belgilashingiz mumkin.
Buning uchun "Oila birlashuvi, nikoh, o‘qish, til kurslari, malakali ishchi sifatida ishga joylashish, o‘qish” toifasida elchixonaga kirish uchun qabul vaqti va sanasini tanlang (bu yerda) va bu haqda elektron pochta (elchixona bilan bog'lanish) orqali elchixonaga xabar bering. Shundan so’ng elchixona Sizga juda qisqa vaqt ichida qabul vaqti ajratadi.
Xorijiy mutaxassisliklarni tan olish
Sizning oliy ta`lim mutaxassisligingizni tan olish yoki uning ekvivalentligi haqida ma`lumotni bu yerdan topishingiz mumkin.
Xorijiy ta`lim tizimi bo’yicha markaziy idora orqali diplomingizni baholashni yo’lga qo’yishingiz lozim, agar:
- Mutaxassisligingiz ma`lumotlar bazasida “shartli taqqoslanadigan” deb yuritilsa
- Sizning oliygohingiz ma`lumotlar bazasida “H-” deb yuritilsa
- Sizning mutaxassisligingiz va /yoki oliygohingiz ma`lumotlar bazasiga kiritilmagan bo’lsa
Kasbiy ta`limingizni tan olish haqidagi ma`lumotni bu yerdan topishingiz mumkin
Mutaxassislar migratsiyasi haqidagi umumiy ma`lumotlarni mutaxassislar portalida yoki bu yerdan topishingiz mumkin.