Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Viza va konsullik bo'limining ish vaqtlari, aloqa ma'lumotlari va qabulga yozilish haqida

Artikel

Bu yerda elchixonaning ish vaqtlari va manzili keltirilgan.

Elchixonaning viza va konsullik bo'limi dushanbadan payshanbagacha soat 08:00 -11:00/ 13:00 -16:00 da, hamda juma kuni soat 08:00 - 11:00 da ishlaydi.

Qabulga yozilish uchun xizmat ko'rsatuvchilardan foydalanmaslikni qattiy tavsiya qilamiz! Xususan, bu tashqi xizmat ko'rsatuvchilar elchixonaning oldindan yozilish tizimiga alohida kirish huquqiga ega emas va hujjatlarni tekshirish jarayoniga hech qanday ta'sir o'tkaza olmaydi. Tashrif davomida faqat elchixona yoki Visametric tomonidan talab qilinadigan viza to'lovi to'lanadi. Ariza blanklarini berish va qabulga yozilish bepul.

Elchixona Shengen vizalari va Germaniyada o'qish, o'qishga tayyorgarlik ko'rish, o'qishga ariza topshirish va Au-Pair bo'lish uchun milliy vizaga arizalarni Visametric orqali qabul qiladi.
Milliy vizaga ariza topshirish elchixonaning oldindan qabulga yozilish tizimi orqali amalga oshiriladi.
Savollaringiz bo'lsa, elchixonaning konsullik bo'limiga murojaat qilish uchun aloqa shaklidan foydalaning.

Elchixona faqat Visametric bilan ishlaydi. Boshqa xizmat ko'rsatuvchi firma va tashkilotlar xizmatidan foydalanmaslikni qattiy tavsiya qilamiz. Xususan, ushbu tashqi xizmat ko'rsatuvchilar elchixonaning qabulga yozilish tizimiga alohida kirish huquqiga ega emas va hujjat va arizalarni tekshirish jarayoniga hech qanday ta'sir ko'rsata olmaydi. Qabulga yozilish bepul.


Germaniya elchixonasi faqatgina Visametric xizmat ko'rsatuvchisi bilan hamkorlik qiladi.  Elchixona boshqa xizmat ko'rsatuvchi firmalarga murojaat qilmaslikni qattiy tavsiya etadi.  

Xususan, bu tashqi xizmat ko'rsatuvchilar elchixonaning oldindan yozilish tizimiga alohida kirish huquqiga ega emas va ariza va hujjatlarni tekshirish jarayoniga hech qanday ta'sir o'tkaza olmaydi. 

Ariza blanklarini berish va qabulga yozilish bepul.

Shengen vizasiga ariza topshirish uchun to'g'ridan-to'g'ri VISAMETRIC ga murojaat qilishingizni so'raymiz.


Quyidagi bayram kunlarida elchixona ishlamaydi.

Milliy viza uchun ariza topshirish avvaldan qabulga yozilish tizimi orqali qabul vaqti tasdiqlangandan so'nggina amalga oshiriladi.

O'qish, o'qishga tayyorgarlik ko'rish, o'qishga ariza topshirish, Au-Pair bo'lish, xorijda egallangan kasbiy malakani tan olinishi tadbirlari hamda kasbiy ta'lim olish uchun milliy vizalarga arizalarni elchixona Visametric xizmat ko'rsatuvchisi orqali qabul qiladi. Qabulga yozilish uchun Visametric bilan bog'lanishingizni so'raymiz.

Elchixonaning avvaldan qabulga yozilish tizimi orqali o'zingiz mustaqil ravishda va bepul qabulga yozilishingiz mumkin. Qabulga avvaldan yozilish tizimidan foydalanish haqidagi ma'lumotlarga e'tibor bering va ma'lumotlaringizni to'g'ri kiriting, aks holda qabul vaqtida muammolar kelib chiqishi mumkin.

Qabulga yozilish uchun xizmat ko'rsatuvchilar xizmatidan foydalanmasligingizni qattiy tavsiya qilamiz.

Milliy viza masalalarida elchixona yuqorida ko'rsatilgan viza turlaridan tashqari boshqa so'rovnomalarini ko'rib chiqishda xizmat ko'rsatuvchi, vositachi yoki boshqa agentliklar bilan hamkorlik qilmaydi. Xususan, tashqi xizmat ko'rsatuvchilar elchixonaning qabulga avvaldan yozilish tizimimiga maxsus kirish huquqiga ega emaslar va arizani ko'rib chiqish jarayoniga hech qanday ta'sir ko'rsata olmaydilar.

Milliy viza uchun ariza topshirishga avvaldan qabulga yoziling.

Arizangizni ko'rib chiqish uchun Sizning elchixonaga hujjat topshirish maqsadida kelib amalga oshirgan konsullik to'lovigizning o'zi yetarlidir. Ariza blanklarini berish va qabulga yozilish bepul.

Qo'shimcha (yetishmayotgan) hujjatlarni qabul qilish (qabulga yozilmasdan): dushanbadan – payshanbagacha soat 10:00 da. 

Pasportlarni berish (qabulga yozilmasdan): dushanbadan – payshanbagacha soat 15:00 da.


Quyidagi bayram kunlarida elchixona ishlamaydi.

Agar Sizda biron bir savol bo'lsa, aloqa shakli orqali elchixonaga murojaat qilishingizni so'raymiz.

Birlamchi arizani topshirish maqsadida qabulga yozilish uchun elchixona bilan aloqa shakli orqali bog'laning.

Qo'shimcha (yetishmayotgan) hujjatlarni qabul qilish (qabulga yozilmasdan): dushanbadan – payshanbagacha soat 10:00 da.

Pasportlarni berish (qabulga yozilmasdan): dushanbadan – payshanbagacha soat 15:00 da.


Quyidagi bayram kunlarida elchixona ishlamaydi.

Agar sizda biron bir savol bo'lsa, aloqa shakli orqali elchixonaga murojaat qilishingizni so'raymiz.


Qabulga yozilish yoki nemis pasportini olish uchun ariza topshirish yoki umumiy konsullik-huquqiy masalalari bo'yicha aloqa shakli orqali elchixonaga murojaat qilishingizni so'raymiz.


Quyidagi bayram kunlarida elchixona ishlamaydi.

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi navbatchilik xizmati og'ir ahvolda qolgan Germaniya fuqarolarining murojaatlari uchun mo'ljallangan. Ish vaqti:  ish kunlari ish vaqti tugaganidan yarim tungacha va dam olish kunlari soat 8:00 dan 24:00 gacha.

Nemis tilida murojaat uchun: +998-93-1815406

O'zbek va rus tillaridagi murojaatlar uchun: +998-93-1815407

Ish vaqtida qilingan qo'ng'iroqlarga navbatchilik xizmati javob bermaydi. Shoshilinch bo'lmagan umumiy konsullik-huquqiy masalalari, shuningdek viza masalalari bo'yicha ko'rsatilgan raqamlar orqali ma'lumot berilmaydi.


Verwandte Inhalte

nach oben