Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Shengen vizasi

14.03.2019 - Artikel
Shengen vizasi bosilgan pasport
Shengen vizasi© colourbox.com

Agar Siz yarim yil mobaynida 90 kungacha muddatga Shengen shartnomasiga a’zo davlatlar hududida bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Shengen vizasi uchun ariza topshirishingiz kerak. Belgiya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Finlandiya, Fransiya, Chexiya, Shveysariya, Shvetsiya vа Estoniya Shengen shartnomasiga a’zo davlatlar sanaladi.

 Qonunga muvofiq yashash joyingiz O´zbekistonda bo‘lsa (Fuqaroligingizning ahamiyati yo‘q) Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Sizning viza so‘rovnomangiz uchun mas´ul hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasangiz viza arizangizga amaldagi O‘zbekistonda yashash uchun ruxsatnomangiz nusxasini ilova qilishingizni so‘raymiz.

Germaniya elchixonasi Shengen shartnomasiga a’zo davlatlar bilan hamkorlik doirasida  Finlandiya, Shvetsiya  davlatlariga vakillik qiladi. (Elchixona tomonidan ushbu mamlakatlar uchun milliy viza berilmaydi!). Agar asosiy safar maqasadingiz Germaniya, Finlyandiya yoki Shvetsiyada bo’lsa, Shengen vizasini Germaniya elchixonasi beradi.

Shengen vizasini olish uchun arizangizni firmasining 3 ta viza markazlaridan biriga yoki Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasiga topshirishingiz mumkin. E'tibor bering, buning uchun Siz Visametric  vebsayti  yoki elchixonaning qabulga avvaldan yozilish tizimi orqali ro'yhatdan o'tishingiz kerak bo'ladi.

Shu o'rinda elchixonaning Shengen arizalarini ko´rib chiqish imkoniyati cheklanganligini inobatga olishingizni so´raymiz.

E‘tibor bering: Shengen vizasi uchun arizani rejalashtirilgan safar kunidan ko‘pi bilan 3 oy avval topshirish mumkin.

Shengen vizasi uchun so‘rovnomalarni ko‘rib chiqish muddati  10 ish kunini tashkil etadi. Andijon va Buxoro viza markazlarida esa bu jarayon 15 ish kunidan iborat.

Agar arizada to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma´lumotlar sababli, safarga chiqish muddati cho‘zilsa, buning uchun elchixona javobgar bo‘lmaydi. Shuning uchun barcha arizachilar viza qo‘yilgan pasportni qo‘llariga olganlarida vizadagi ma´lumotlarni tekshirishlari lozim.

Shengen davlarlari chegara idoralari amal qilish muddatiga ega viza bo‘lsa ham, chet el fuqarosini davlat hududiga kiritmasliklari mumkin. Shuning uchun Siz chegara tekshiruvi vaqtida safardan maqsad va safar harajatlarini moliyalash manbalarini tasdiqlay olishingiz kerak (masalan taklifnomani taqdim etish orqali).

Shengen vizasi arizachilari konsullik bo`limi yoki  Visametric tashqi xizmat ko'rsatuvchi tashkilot xodimlarining munosabati yoki vizaga hujjat topshirish jarayoni ustidan shikoyat qilish uchun elchixona web sahifasidagi muloqot uchun formulyardanfoydalanishlari mumkin. Buning uchun qabul qiluvchi sifatida “Shengen viza jarayoni ustidan shikoyat“ ni tanlang. E`tibor bering, shikoyatlar faqat nemis va ingliz tillarida berilishi mumkin. Bundan boshqa tillarda qilingan shikoyatlar ko`rib chiqilmaydi. Formulyarda mavzu uchun quyidagi uchta variantning birini tanlang:

  1. Konsullik bo`limi xodimlarining munosabati ustidan shikoyat
  2.  Visametric  tashqi xizmat ko'rsatuvchi tashkilot ustidan shikoyat.
  3. Vizaga hujjat topshirish jarayoni ustidan shikoyat

Shikoyatingizni kelib tushganidan so`ng ko`rib chiqamiz.

Muhim eslatma: shikoyat formulyari orqali rad javobi, berilgan vizani bekor qilish yoki qaytarib olish haqidagi qarorlarga qarshi shikoyat, ya`ni apellyatsiya berish mumkin emas.





Bu yerda Siz Shengen vizasining barcha turlariga tegishli eslatmalarimizni hamda viza so´rovnomasini yuklab olishingiz mumkin

nach oben