Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish haqida bayonot

Artikel

Ma’lumotlar himoyasiga doir Umumiy reglamentning 13-moddasiga binoan shaxsiy ma’lumotlarni himoyasi haqida ma’lumot

2019 yil 16 dekabr holatiga ko´ra – maqola

Qachon va qanday ma´lumotlar bizning saytimizda to´planishi va qay tarzda ulardan foyldalanilishi haqida ma´lumot quyida keltirilgan.

Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning chet ellardagi vakolatxonalari shaxsiy ma’lumotlarni Yevropa Ittifoqining ma´lumotlarni muhofazasiga doir Umumiy reglamenti, ma´lumotlarni muhofazasiga doir Federal qonunga hamda zarur hollarda maxsus qonunchilik normalariga binoan ko´rib chiqadi. Biz tomondan amalga oshirilayotgan ma´lumotlarni ko´rib chiqish va Sizning huquqlaringizni tushuntirish maqsadida hamda ma´lumot taqdim etish borasidagi majburiyatlarni bajarish uchun (ma’lumotlar muhofazasiga doir Umumiy reglamentning 13- va 14-moddalari) biz Sizga saytimizdan foydalanilganda, biror so‘rov berilganda (elektron pochta, telefon yoki pochta orqali so‘rovni yuborish uchun ishlatiladigan blank) hamda yangiliklar sahifamizga yozilganda shaxsiy ma´lumotlardan foydalanish haqida quyidagilarni ma´lum qilamiz:

1. Umumiy xolatlar

1.1 Ma´sul shaxs va ma´lumotlar muhofazasi bo´yicha vakil

Diplomatik xizmat haqidagi qonunning 2-moddasiga muvofiq Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning chet ellardagi vakolatxonalari birgalikda yagona federal idorani tashkil qiladilar.

Umumiy reglamentning 4-moddasi 7-punktiga binoan shaxsiy ma´lumotlar ko´rib chiqish uchun Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi masuldir:

Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Verdersher Markt Ko´chasi, 1

10117 Berlin

Telefon: +49 (0)30 18 17-0

Axoliga xizmat ko´rsatish markazi: +40 (0)30 18 17-2000

Faks: +49 (0)30 18 17-3402

Axoliga xizmat ko´rsatish markaziga so‘rovnoma yuborish uchun ishlatiladigan blank

Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma´lumotlarini muhofazasi bo´yicha mas´ul shaxsga quyidagi manzil orqali murojat qilishingiz mumkin:

Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma´lumotlarini muhofazasi bo´yicha mas´ul shaxs

Verdersher Markt Ko´chasi, 1

10117 Berlin

Telefon: +49 (0)30 18 17-7099

Faks: +49 (0)30 18 17-5 7099

Ma´lumotlar muhofazasi bo´yicha mas´ul shaxsga so‘rovnoma yuborish uchun ishlatiladigan blank

Shaxsiy ma´lumotlar muhofazasi haqida savollar bilan vazirlikning chet ellardagi vakolatxonalari xodimlariga murojat qilishingiz mumkin. Vakolatxonalardagi shaxsiy ma´lumotlar muhofazasi bo´yicha mas´ul shaxslarga tegishli ma´lumotlar sahifa yakunida keltirilgan (8-punkt Vakolatxonalardagi shaxsiy ma´lumotlar muhofazasi bo´yicha mas´ul shaxslar).

1.2. Shaxsiy ma´lumotlar

Shaxsiy ma´lumotlar bu aniq yoki aniqlasa bo´ladigan shaxsga tegishli barcha ma´lumotlardir. Aniqlasa bo´ladigan shaxs bu bevosita yoki bilvosita, xususan ismi, identifikatsiya raqami, joylashgan yeri, onlayn identifikatori (Umumiy reglamentning 4-moddasi 1-xatboshi) orqali aniqlasa bo´ladigan shaxs.

1.3. Ma´lumotlardan foydalanish uchun huquqiy asoslar

Sizning shaxsiy ma´lumotlaringizdan biz quyidagilarga asoslanib foydalanamiz:

Umumiy reglamentning 6-moddasi, 1-qismi a)-xatboshi – agar siz shaxsiy ma´lumotlaringizdan foydalanish uchun rozilik bergan bo´lsangiz (masalan, yangiliklar ulashish) ,

Umumiy reglamentning 6-moddasi, 1-qismi b)-xatboshi – agar shartnoma bajarish yoki shartnoma tuzishdan oldin ko´riladigan choralarni amalga oshirish uchun ma´lumotlardan foydalanilsa,

Umumiy reglamentning 6-moddasi, 1-qismi v)-xatboshi – agar bizga yuklangan yuridik majburiyatlarni bajarish uchun ma´lumotlardan foydalanish lozim bo´lsa,

Umumiy reglamentning 6-moddasi, 1-qismi g)-xatboshi – agar mazkur shaxs yoki boshqa jismoniy shaxsning hayotiy muhim manfaatlari shaxsiy ma´lumotlardan foydalanish zarurligiga asos bo´la olsa,

Umumiy reglamentning 6-moddasi, 1-qismi d)-xatboshisi ma´lumotlarni muhofaza qilish haqidagi federal qonunning 3-paragrafi bilan hamjihatlikda – agar jamiyat manfaatlariga mos keladigan yoki davlat hokimiyatini ijrosi doirasida (masalan, so´rovlarga javoblar) bizga yuklangan topshiriqni bajarish uchun ma´lumotlardan foydalanish lozim bo´lsa. Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning chet ellardagi vakolatxonalariga yuklatilgan jamiyat topshiriqlariga sarasiga shu jumladan jamoat bilan ishlash va chet elda Germaniya Federativ Respublikasi haqida ma´lumot berish kiradi (Diplomatik xizmat haqida qonunning 1-paragrafi).

2. Ushbu sahifa foydalanuvchilari ma’lumotlaridan foydalanish

2.1. Ma´lumotlar toʻplash

Foydalanuvchi bizning internet-resurslarimizga har safar kirganida va fayllarni har safar yuklab olganida bu jarayon haqidagi ma´lumot qayd etish faylida vaqtinchalik saqlab qoʻyiladi va koʻrib chiqiladi.

Foydalanuvchilar faolligini taxlil qilishda ishlatiladigan kuzatuv vositasi - matomo - shu tarzda sozlanganki, u foydalanuvchilarning shaxsiy ma´lumotlarini toʻplamaydi.

Bundan tashqari, sizning IP-manzilingiz anonimlashtirilganligi sababli foydalanuvchini kuzatish imkoniyati mavjud emas.

Kuzatuv vositasi Ma´lumot havfsizligi federal idorasi tomonidan sertifikatlangan xafvsiz tarmoq hududidagi oʻz serverlarimizda ishlaydi, shu sababli kuzatuv ma'lumotlari tashqariga chiqmaydi.

Bundan tashqari brauzeringizni Siz foydalangan saytlarni umuman roʻyxatga olmaydigan va tahlil qilmaydigan tarzda („Do-Not-Track“ orqali) sozlashingiz mumkin. Brauzerning parametrlarini yuborish orqali kuzatuv vositasi foydalanuvchilar kuzatilishini istashi yoki istamasligi haqida signal oladi.

Brauzeringizning tegishli dasturini qanday oʻzgartirishni bilish uchun siz qidiruv tizimiga quyidagi savolni berishingiz mumkin masalan, „(brauzeringiz nomi) „kuzatilmasin“ funktsiyasini yoqish“.

JavaScript orqali kuzatilganda quyidagi ma´lumotlar roʻyxatga olinadi:

·         soʻrov (soʻralgan fayl nomi), sana va vaqt

·         brauzer turi/versiyasi (masalan, Firefox 115.0)

·         brauzer tili (masalan, nemis tilida)

·         foydalanilayotgan operatsion tizim (masalan, Windows 11)

·         qurilma turi, modeli, markasi

·         ekran oʻlchamlari

·         qoʻllanilayotgan plaginlar (masalan, Flash, Java)

·         yoʻnaltiruvchi URL (foydalanuvchi bundan avval kirgan sayt)

·         anonimlashtirilgan IP-manzil

·         soʻrov yuborilgan davlat va mintaqa

·         yuklab olishlar

·         sichqoncha orqali bosishlar (klicks) soni

·         yuborilgan blanklar soni (maqsadlar belgilanishdan kelib chiqib)

2.2. Seans kuki-fayllar (Cookies)

Ayrim sahifalar yuklanganda navigatsiyani yengillashtirish uchun vaqtinchalik kuki-fayllardan foydalaniladi. Ushbu „seans kukilari“da hech qanday shaxsiy ma’lumotlar saqlanmaydi va seans tugaganidan keyin o‘chiriladi. Kuki-fayllar xarid savatchasidan foydalanilganda ham ishlatiladi. Ular ham seans tugaganidan keyin o‘chiriladi.


2.3. Ijtimoiy tarmaqlar plaginlaridan foydalanish

Hozirda biz quyidagi ijtimoiy tarmoqlar plaginlaridan foydalanamiz: Facebook, Twitter, Instagram va Youtube (Google). Buning uchun biz ikki-klik dan foydalanamiz. Bu esa siz saytimizga kirganingizda sizning shaxsiy ma´lumotlaringiz plagin provayderiga yuborilmaydi degani. Ijtimoiy tarmoqlar tugmasini bosganingizdagina sizning shaxsiy ma´lumotlaringiz tegishli plaginning provayderiga yuboriladi va u yerda saqlab qo´yiladi (Amerika Qo´shma Shtatlaridagi amerika provayderlari bo´lsa). Biz ijtimoiy tarmoqlar plaginlaridan siz va boshqa foydalanuvchilar bilan hamkorlik orqali taklif qilayotgan ma´lumotlarimiz yanada qiziqroq bo´lishi uchun foydalanamiz.

Ijtimoiy taqmoqlar o´z saytlari foydalanuvchilarining ma´lumotlarini (masalan, shaxsiy ma´lumotlar, IP-manzill va hokazo) ularning foydalanish qoidalariga muvofiq saqlab qo´yishlari va ulardan xoʻjalik maqsadlarida foydalanishlariga e´tiboringizni qaratamiz. Ijtimoiy taqmoqlarda ma´lumotlardan foydalanish haqidagi ma´lumotni quyidagi havolalar orqali olishingiz mumkin:

Facebook, Twitter, Instagram, Youtube (Google)

Ijtimoiy tarmoqlar ma´lumotlarni yig´ishi va ulardan foydalanishiga ta´sir ko´rsata olmaymiz. Biz ma´lumotlar qanday miqdorda, qayerda va qancha muddatga saqlanishi, ijtimoiy tarmoqlar ma´lumotlarni o‘chirish borasidagi majburiyatlarini qay tarzda bajarayotganlari, ma´lumotlar qanday taxlil qilinishi va qay usulda to´planishi va kimga taqdim etilishi haqida ma´lumotga ega emasmiz.

Shu sababli biz sizdan saytimizdan foydalanayotganingizda ijtimoiy tarmoqlarga qanday shaxsiy ma´lumotlar taqdim etayotganingizni sinchiklab tekshirishingizni so´raymiz. Siz bizning saytda qoldirgan shaxsiy ma´lumotlaringiz ijtimoiy tarmoqlar orqali olishini xoxlamasangiz biz bilan boshqa yo´l orqali aloqa o´rnating, masalan, bizning saytdagi so´rovnoma yuborish uchun ishlatiladigan blank orqali.

 

3. Murojaatlar doirasida shaxsiy ma´lumotlardan foydalanish

Bizga murojaat qilganingizda siz bergan ma´lumotlar (ism-sharif, elektron pochta manzili, hamda qayd etgan bo´lsangiz manzil, telefon va faks raqami) va taqdim etilgan ma´lumotlar (qayd etgan bo´lsangiz shaxsiy ma´lumotlar) siz bilan bog´lanish va sizning so´rovingizni ko´rib chiqish uchun saqlab qo´yiladi. Saqlab qo´yish yozma hujjatlarni saqlash borasidagi amaldagi muddatlarga muvofiq federal vazirliklar faoliyati bo´yicha umumiy reglamentni to´ldiruvchi ro´yxatga olish bo´limlarining ishni tashkillashtirish tartibiga asosan amalga oshiriladi.

Sizning murojaatingizdagi savol bizning vakolatimiz doirasiga kirmasa, ma´lumotlar viloyat va federal darajasidagi boshqa idoralarga ma´lumotlarni muhofazasi borasidagi talablarni bajargan holda sizning roziligingizsiz yuboriladi, agar savolga javob olish maqsadida ma´lumotlar taqdim etish sizning manfaatlaringizga mos kelishidan kelib chiqilishi bunga asos bo´lsa va bu orqali maxfiy shaxsiy ma´lumotlar tarqatilmasa (Umumiy reglamentning 6-moddasi, 1-qismi d)-xatboshisi ma´lumotlarni muhofaza qilish haqidagi federal qonunning 3-paragrafi bilan hamjihatlikda; 25-paragraf 1-xatboshisi ma´lumotlarni muhofaza qilish haqidagi federal qonunning 23-paragrafi 1-qismi 1-xatboshisi bilan hamjihatlikda).

 4. Elektron xabarlar

Siz bizning elektron xabarlarimizga obuna bo'lishingiz mumkin. Bu xabarlarda biz Germaniya Tashqi ishlar vazirligining yangiliklari va matbuot-bayonotlarini yoki sayyohlar uchun chet el safarlariga oid ma'lumotlar va xavfsizlik choralari bo'yicha tavsiyalar haqida axborot beramiz.

Elektron xabarlarga obuna bo'lish uchun biz double opt-in deb ataladigan usuldan foydalanamiz. Shu tarzda elektron xabarlar obunasiga ro'yxatdan o'tgandan so'ng, siz ko'rsatgan elektron manzilingizga elektron xat yuboramiz, sizdan obuna bo'lganingizni tasdiqlashingizni so'raymiz. Elektron xatda ko'rsatilgan havola orqali obunangizni tasdiqlaganingizdan keyingina elektron manzilingiz bizning elektron xabarlarimizdan foydalanish muddati davomida ma'lumotlar bazasida saqlanadi. Ma'lumotlar bazasiga kiritish sizning roziligingiz asosida va ma'lumotlarni himoya qilish umumiy reglamentining 6-moddasining a) bandi, birinchi xatboshiga muvofiq amalga oshiriladi. Agar siz 24 soat ichida obunangizni tasdiqlamasangiz, ma'lumotlar avtomatik tarzda (ravishda) o'chiriladi.

Siz istalgan vaqtda elektron xabarlar olishga roziligingizni qaytarib olishingiz va obunani bekor qilishingiz mumkin. Obunani bekor qilish uchun siz har bir elektron xabarda ko'rsatilgan havoladan o'tib obunani bekor qilishingiz mumkin.


5. Bosma mahsulotlarga buyurtma berish

Bizning veb-saytimiz orqali broshyuralar, bukletlar va boshqa bosma materiallarga buyurtma berganingizda, bizga quyidagi shaxsiy ma'lumotlaringiz kerak bo'ladi:

    Ism va sharifingiz

    ko'cha va uy raqami

    pochta indeksi, aholi punkti,

    elektron pochta manzili

Agar sizning buyurtmangizni to'liq bajara olmasak, siz taqdim etgan ma'lumotlar uchinchi shaxsga yuboriladi (jo'natuvchi kompaniya, kerak bo’lsa boshqa buyurtmani jo’natuvchi muassasa va tashkilotlarga). Ma'lumotlaringizni qayta ishlashning qonuniy asosi Umumiy qoidalarning 6-moddasi, 1-bandi, 1-xatboshiga asosan sizning roziligingizdir. Yuqoridagi ma'lumotlar bo'lmasa, buyurtmalarni qayta ishlash mumkin emas.

Siz taqdim etgan ma'lumotlar buyurtma tugaganidan keyin 90 kundan keyin yo'q qilinadi.


6. Tadbirlar, matbuot va jamoatchilik bilan ishlash

O'z vazifalarining bir qismi sifatida Germaniya federal tashqi ishlar vazirligi va chet el vakolatxonalari turli tadbirlarning tashkilotchisi va hammuallifi sifatida ishtirok etadilar.

Agar biron bir tadbirga taklif qilinadigan yoki unda ishtirok etadigan bo'lsangiz, biz shaxsiy ma'lumotlarni (ism, manzil, va hokazo) qayta ishlaymiz. Buni turli yo'llar bilan amalga oshirish mumkin: masalan, anketani to'ldirish, onlayn anketa, elektron pochta orqali, telefon orqali yoki tashrif qog'ozini berish orqali.

Taqdim etilgan shaxsiy ma'lumotlar tegishli so'rovnomaga, ma'lumotlarni kiritish shabloniga yoki og'zaki aloqa paytida sizdan qanday ma'lumotlarni taqdim etishingizga bog'liq.

6.1. Hamroh bo'lgan shaxslarning ma'lumotlarini yig'ish

Tadbirlarni to'g'ri o'tkazish uchun, shuningdek, taklif qilingan ishtirokchilarga hamroh bo'lgan shaxslarning ma'lumotlarini yig'ish va qayta ishlash amalga oshiriladi.7-bandda ko'rsatilgan xaq-huquqlar ushbu shaxslarga nisbatan ham qo'llaniladi va ushbu shaxslar ham ma’lumoti yig’ilgan barcha shaxslar singari  huquqlardan to’laqonli foydalanishga haqli.

6.2. Umumiy manbalardan ma'lumot yig'ish

Bunga qo'shimcha ravishda, federal tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlarni taqdim etadigan manbalardan_ya‘ni tegishli shaxslarning veb-saytidan yoki mavjud bo'lgan ma'lumotlar ro'yxatidan ma'lumotlarni to'playdi va qayta ishlaydi.

6.3. To'plangan ma'lumotlarni qayta ishlash

Shaxsiy ma'lumotlar uchinchi shaxslarga roziligisiz berilmaydi; ular ichki foydalanish uchun va tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazish uchun (masalan, mehmonlar ro'yxatini tuzish, kirish joyida nazoratni amalga oshirish va hokazo) saqlanadi va qayta ishlanadi. Ma'lumotlar bitta yoki bir nechta ma'lumotlar operatorlariga uzatilishi mumkin, ular bizning nomimizdan shaxsiy ma'lumotlardan faqat bizning ichki maqsadlarimiz uchun foydalanadilar.

Tadbir turiga qarab, biz boshqa sheriklar bilan birgalikda tashkilotchi sifatida ishlaymiz. Bunday hollarda, tadbirni o'tkazish uchun to'plangan ma'lumotlar ushbu ma'lumotlardan faqat tadbirni o'tkazish uchun foydalanish huquqiga ega bo'lgan sheriklarimizga beriladi. Ishtirok etgan aniq sheriklar to'g'risidagi ma'lumotlar tadbirni tashkil qilishning bir qismi sifatida alohida taqdim etiladi.

Ma'lumotlar faqat tadbirni tashkil qilish va o'tkazish yoki jamoat bilan ishlash doirasida vazifalarni bajarish uchun zarur bo'lgan vaqt uchun saqlanadi.

Taklifnomalarni qabul qiluvchi sifatida istalgan vaqtda Sizga qo'shimcha xat/taklifnoma yuborishdan obunani bekor qilishingiz mumkin.

6.4. Fotosurat materiallari

Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vazirligi va xorijiy vakolatxonalari matbuot va jamoatchilik bilan ishlash uchun tadbirlar va uchrashuvlar davomida fotosuratlar tayyorlaydilar, ularning materiallari e'lon qilinadi. Suratga olayotganda Siz ham rasmlarda tushib qolishingiz mumkin. Siz suratga olish va/yoki fotosuratlarni nashr etish bilan rozi bo'lmasligingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun, iltimos, fotosuratchi bilan bog'laning yoki yuqoridagi aloqa ma'lumotlarini ishlatib, o’z noroziligingizni bildiring.

E'tibor bering, biz matbuot va ommaviy axborot vositalarining suratga olishiga ta'sir qila olmaymiz. Ular Umumiy qoidalarga muvofiq mustaqil javobgar bo'ladilar.

7. Sizning huquqlaringiz

7.1. Bizga nisbatan sizning shaxsiy ma'lumotlaringizga tegishli quyidagi huquqlarga egasiz:

• Ma'lumot olish huquqi, ma'lumotni himoya qilishning umumiy reglamenti 15 moddasiga asosan

• Tuzatishlar huquqi, ma'lumotni himoya qilishning umumiy reglamenti 16 moddasiga asosan

• ("o'chirib tashlash huquqi", ma'lumotni himoya qilishning umumiy reglamenti 17 moddasiga asosan

• ma'lumotdan foydalanishni cheklash huquqi,  ma'lumotni himoya qilishning umumiy reglamenti 18 moddasiga asosan

• e'tiroz bildirish huquqi, ma'lumotni himoya qilishning umumiy reglamenti 21-moddasi

• ma'lumotlarni boshqalarga havola etish huquqi, ma'lumotni himoya qilishning umumiy reglamenti 20 moddasiga asosan

7.2. Agar sizning shaxsiy ma'lumotlaringizdan foydalanish sizning roziligingiz asosida amalga oshirilsa, siz istalgan vaqtda ushbu rozilikni bekor qilish huquqiga egasiz. Rozilikni bekor qilish, rozilik bekor qilingunicha ma'lumotlardan qonuniy foydalanishiga taalluqli emas (ma'lumotni himoya qilishning umumiy reglamenti 7-moddasi 3 bandi).

7.3. Bundan tashqari, sizning shaxsiy ma'lumotlaringizdan foydalanganligimiz uchun ma'lumotlarni himoya qilish nazorat organiga shikoyat qilish huquqiga egasiz (ma'lumotni himoya qilishning umumiy reglamenti 77-moddasi).


Der Bundesbeauftragte für den Datenschutz und die Informationsfreiheit

Graurheindorfer Straße 153

D-53117 Bonn


Verwandte Inhalte

nach oben