Germaniya Federativ Respublikasining elchixonasiToshkent
Nimani izlayapsiz?
Izlash natijalarining soni:Izlash hech qanday natija bermadi
Navigatsiya
Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi
Amaldagi Germaniya vizasiga ega boʻlgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari Germaniya hududiga kirishlari hali ham mumkin. Viza berish uchun amaldagi talablar haqidagi maʼlumotni bu yerdan topishingiz mumkin.
Qoidaga muvofiq Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ushbu elchixona maʼmuriy hududida doimiy yashash joyi yoki qonuniy yashash joyiga ega boʻlgan shaxslarning viza arizalarini koʻrib chiqishga masʼul ekanini inobatga olishingizni soʻraymiz.
Shu sababli Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi boshqa shaxslarning viza arizalarini koʻrib chiqa olmaydi. Bu, qoida tariqasida, Belarus, Rossiya yoki Ukrainada doimiy yashash joyi yoki qonuniy yashash joyiga ega boʻlgan yoki urush boshlanishi arafasida qayd etilgan davlatlarda doimiy yashash joyi yoki qonuniy yashash joyiga ega boʻlgan shaxslarga ham tegishli.
Istisnolar faqat quyidagi Rossiya fuqarolariga nisbatan qoʻllaniladi: uzoq muddat Germaniyada boʻlish uchun viza arizasini topshirgan, masalan, mehnat faoliyatini olib borish yoki oliy oʻquv yurtlarida tahsil olish uchun, va Rossiyadagi mutasaddi diplomatik vakolatxonaga viza olish maqsadida qaytib borganlarida ehtimoliy xavf tug´ilishi mumkin boʻlgan shaxslar. Bu, xususan, huquq himoyachilari, jurnalistlar, dissidentlar va harbiy xizmatdan bosh tortganlarga tegishli boʻlishi mumkin.
Maʼmuriy hudud tamoyiliga asoslanib, siyosiy boshpana olish uchun arizani xorijda boʻla turib topshirish mumkin emas, balki Germaniya hududida toshirish lozim. Boshpana olishga ariza topshirish uchun kirish vizalari elchixona tomonidan berilmaydi.
Milliy vizalar haqida maʼlumotni bizning veb-sahifamizdan topishingiz mumkin (HAVOLA). Viza berish uchun har qanday holatda amaldagi xorijga chiqish biometrik pasporti talab qilinadi.
Manfred Xuterer
Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning yuragi kabi Germaniya bilan asrlar davomida samarali madaniy va iqtisodiy almashinuvlar olib bormoqda. Biz Yevroosiyo qit'asida va butun dunyoda tinchlik va xavfsizlik uchun birgalikda kelajakni qurishni xohlaymiz.
Manfred Xuterer
Manzil va ish vaqtlari
Tasnif
Germaniya Federativ Respublikasining elchixonasi
Rahbariyat
Manfred Haynrih Xuterer, Favqulodda va Muxtor Elchisi
Sharof Rashidov ko‘chasi, 15. 100017 Toshkent / O‘zbekiston; Tel: (+998)-78-120-8440; Faks: +998-78-120-6693, +998-78-1208485, +998-78-1208450. Mo‘ljal: Jasorat monumenti, Ц-5.
Ma’muriy hudud / Konsullik hududi
Bo‘limlar
Konsullik va huquqiy boʻlim hamda viza boʻlimi dushanbadan payshanbagacha soat 8:00 dan 11:00 gacha, 13:00 dan 16:00 gacha va juma kuni soat 8:00 dan 11:00 gacha ishlaydi.
Savollaringiz bo‘lsa, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi konsullik va huquqiy boʻlimiga aloqa blanki orqali murojaat qiling.
Ish vaqtlari
Elchixonaning ish vaqtlari Dushanbadan payshanbagacha: soat 08.00 dan 12.30 gacha va 13.00 dan 17.15 gacha. Juma kunlari: soat 08.00 dan 14.00 gacha
Ish vaqtidan tashqarida vujudga kelgan favqulotda holatlarda Germaniyafuqarolariuchun navbatchilik tashkil etilgan: +998-93-1815407. Diqqat, bu raqam orqali joriy jarayonlar (vizalar, pasport va h.) bo’yicha ma’lumot berilmaydi. Telefon navbatchiligi O’zbekiston hududida qiyin ahvolga tushib qolgan Germaniya fuqarolari uchun mo‘ljallangan.
E'tibor bering, navbatchilik, ish kunlarida dushanbadan-payshanbagacha, hizmat vaqti tugashi bilan soat 17:15 dan tungi 24:00 gacha, juma kuni esa soat 14:00 dan 24:00 gacha davom etadi. Dam olish kunlarida soat 08:00 da boshlanib 24:00 da tugaydi.