Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Malakali mutaxassislar migratsiyasi to‘g‘risidagi Nemis-O‘zbek Bitimi kuchga kirdi

Federal ichki ishlar vaziri Nensi Fezer va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov

Federal ichki ishlar vaziri Nensi Fezer va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, © Federal hukumat / Marvin Ibo Güngör

11.03.2025 - Maqola

2025-yil 5-martda Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida migratsiya va mobillik sohasida sheriklik to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Bitim muntazam mehnat migratsiyasini kuchaytirish borasida uzoq muddatli va ishonchli hamkorlik qilish imkonini yaratadi.

Germaniyada ko‘plab sohalarda ishchi va malakali mutaxassislarga ehtiyoj bor bo‘lgan bir vaqtda, ko‘plab o‘zbekistonlik yoshlar Germaniyada yaxshi va malakali ta‘lim hamda ish o‘rinlariga qiziqish bildirmoqda. "O‘zbekiston biz uchun Markaziy Osiyodagi muhim hamkor. Bu yerda yaxshi ta‘lim olgan, tirishqoq mehnat resurslari salohiyati katta", deydi Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Manfred Huterer.

Ushbu Bitim 2024-yil 15-sentabr kuni Federal kansler Olaf Shols va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Federal ichki ishlar vaziri Nensi Fezer hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov tomonidan imzolangan. O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishi bilan endilikda ikki davlat tomonidan kelishuv kuchga kirishi uchun ichki talablar bajarildi.

Ishchilar va malakali mutaxassislar migratsiyasi bo‘yicha kelishuvlar mohiyatan Germaniya malakali mutaxassislar immigratsiyasi to‘g’risidagi yangi qonunining talablarini aks ettiradi. Shu bilan birga Germaniyada kasbiy ta‘lim hamda talaba va o‘quvchilar uchun mobillikni rag‘batlantirish bo‘yicha hamkorlik rejalashtirilgan.

Sahifa boshiga qaytish