Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Germaniya birligi kuni munosabati bilan 2025-yil 29-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan bayram tadbiri

Elchi Manfred Xuterer va Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodʻjayev © Germaniya elchixonasi
Germaniya birligi kuni munosabati bilan bu yilgi bayram tadbiri 29-sentabr kuni Federal adliya va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish vazirligining parlament statssekretari Anette Kramme xonim ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Bayramda Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodʻjayev aziz mehmonimiz boʻldi. Elchi Manfred Xuterer mehmonlarni quyidagi nutq bilan qutladi:
Assalomu alaykum, hayrli oqshom,
Hurmatli Bosh vazir muovini Jamshid Khodjaev, hurmatli Parlament statssekretari Kramme xonim, xonimlar va janoblar, hurmatli mehmonlar!
Bugun oqshom sizni Germaniya birligi kuni munosabati bilan qutlash imkoniyatidan mamnunman.
Germaniya birligi kuni biz nemislar uchun alohida bir kun. 1990-yil
3-oktabr kuni bir necha o‘nyilliklar davomida ikkiga bo‘lingan Germaniya tinch yo‘l bilan, qo‘shni va sheriklarimiz roziligida birlashdi.
Bu quvonch kuni: bizning sharqiy Germaniyadagi vatandoshlarimiz jasorati tom ma'noda devorlarni qulatdi. Bu cheksiz ishonch davri edi. Ba'zan bugungi kunda ham biz bu ishonchni qumsaymiz.
Yevropa qit'asi va butun dunyoda ishonchsizlik hukm surmoqda. Germaniya va Yevropaga Sharqdan jiddiy xavf tahdid solmoqda: cheksiz azob-uqubatlarni olib kelishda davom etayotgan Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushi uch yarim yildan beri davom etib kelmoqda.
Yaqin Sharqda urush, nafrat va zo‘ravonlik janubdagi qo‘shnilarimiz barqarorligiga tahdid solmoqda.
Dunyo qayta shakllanmoqda. Shuningdek, biz eng muhim ittifoqchimiz bo‘lmish Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan ham munosabatlarimizda yangi yo‘llarni belgilab olishimiz kerak. Yevropa Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri eng katta sinovga duch kelmoqda.
Bunday vaziyatda hamjihatlik bilan bir qatorda davlat va diploma-tiyaning qat’iy, mas’uliyatli va dono harakatlari har qachongidan ham zarur.
Xalqaro huquqda e’tirof etilgan normalar va manfaatlarning adolatli muvozanatiga asoslangan ko‘p tomonlama hamkorlik qilish istagi muhim ahamiyatga ega.
Ushbu kunlarda o‘zining 80 yilligini nishonlayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘plab chaqiruvlarga qaramay, buning uchun eng qulay maydon bo‘lib qolmoqda. Shu sababdan Germaniya bu masala-da mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor.
Biz 2027–2028-yillarda Xavfsizlik Kengashida qaytadan o‘rin egallash-ga intilmoqdamiz va bu yo‘lda ham-korlarimiz bizni qoʻllab-quvvatlashiga umid qilamiz.
Hurmatli mehmonlar,
bir necha oydan beri Germaniyada yangi federal hukumat faoliyat yuritmoqda. Hukumat xavfsizlik, tinchlik, erkinlik va farovonlik yo‘lida barcha sohalardagi xalqaro ham-korlikni mustahkamlashni istaydi.
Kansler Merz tarixan Yevropa integratsiyasining markazida turgan Fransiya bilan, shuningdek, Polsha va Buyuk Britaniya bilan do’stligimizni qayta jonlantirish uchun yangi sa’y-harakatlarni amalga oshirdi.
Germaniya yangi va rivojlanayotgan hamkorlar bilan ham barqaror munosabatlarni o‘rnatishni istaydi.
Ishonchim komilki, O'zbekiston ushbu mezonlarga to'liq javob beradi, bu bizni va Yevropa ittifoqini ideal sheriklarga aylantiradi. O'zbekiston va Germaniya xalqaro munosabatlarini diversifikatsiya qilishga intilmoqda. Biz dunyoni buyuk kuchlarning ta'sir doiralariga bo’linishidan manfaatdor emasmiz.
Kansler Merz Germaniya elchilari oldidagi so'nggi nutqida Markaziy Osiyo davlatlarining ahamiyatini aniq tan oldi.
Biz mintaqaviy strategik hamkor-ligimizni 5 plyus 1 formatida mustahkamlashga qaror qildik.
Xonimlar va janoblar,
O‘zbekistondagi faoliyatim davomida insonlarning mehribonligi bilan bir qatorda, islohot va moder-nizatsiyaga bo‘lgan qat’iy iroda, yangilikka intilishga tayyorlik va jasorat meni hayratlantirdi.
Shuning uchun biz Federal hukumat sifatida ushbu islohotlar kursini siyosiy tomondan hamda GIZ va KfW kabi rivojlanishga qaratilgan hamkorlik tashkilotlarimiz faoliyati orqali qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.
Xonimlar va janoblar,
Germaniyaning O‘zbekiston bilan aloqalari so‘ngi yillarda barcha sohalarda kengaydi va faollashdi. Munosabatlarimiz hech qachon bugungidek yaxshi bo‘lmagan.
Prezident Mirziyoyevning 2023-yilda Germaniyaga va bir yil avval Kansler Sholsning O‘zbekistonga tashriflari munosabatlarimizni chuqurlashishi-ga turtki berdi. Shu yilning iyun oyida Bosh vazir Aripov Germaniyaga galdagi tashrifini amalga oshirdi.
Bir necha kun avval bo‘lib o‘tgan suhbatimizda janob Aripov O‘zbekiston rahbariyati Germaniya bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish istagida ekanini alohida ta’kidladi va muhim xorij safari sababli, bugun oqshom Germaniya birligi kunini avvalgidek biz bilan nishonlay olmasligini aytdi.
Bugungi hamkorligimiz yo‘nalishlari salmoqli, biroq hamkorligimizning kelgusi salohiyati bundan-da ulkandir. Birgalikda biz yanada katta yutuqlarga erisha olamiz.
Biz koʻplab sohalarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni xohlay-miz.
Ular qatoriga barqaror iqtisodiy rivojlanish, kasbiy va oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik, shuningdek, xomashyo sohasidagi hamkorlik, transport koridorlarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash kiradi.
Xususan, joriy yilda kuchga kirgan Germaniya-O‘zbekiston migratsiya sohasidagi bitim ikki davlat uchun ham manfaatli hisoblanadi.
Hamkorligimizning yana bir muhim qismini huquq sohasi tashkil etadi. Shu bois bugun oqshom Federal adliya vazirligining parlament statssekretari Anette Kramme xonimni qutlashdan juda mamnunman.
Xonimlar va janoblar,
o‘z fidoyiligi va sa‘y-harakatlari bilan ushbu hamkorlikni qo‘llab-quvvatlayotgan insonlarsiz O‘zbekiston-Germaniya munosa-batlari qanday bo‘lar edi? Shu bois bugun Germaniyaning Gyote instituti, Germaniya akademik almashinuvlar xizmati, GIZ, KfW, AHK kabi kompaniya va institutlari, siyosiy jamg‘armalari vakillarini, shuningdek, ularning o‘zbekistonlik hamkor tashkilotlarini qutlash imkoniyatidan juda mamnunman.
Shu fursatdan foydalanib, bugungi qabulimiz homiylari: Knauf, BMW Premium Avto, Qibray va Steinert Industries kompaniyalariga ko‘mak uchun samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Endi esa so‘zni statssekretar xonimga bermoqchiman. Sizning O‘zbekistonga tashrifingiz biz Germaniya-O‘zbekiston munosabat-lari asoslarini yanada mustah-kamlash tarafdori ekanligimizdan darak beradi.
Hurmatli statssekretar xonim, so‘z sizga.
Katta rahmat!