Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Elchi Manfred Xuterer Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev bilan uchrashuvi

Elchi Manfred Xuterer Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev bilan uchrashuvi

Elchi Manfred Xuterer Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev bilan uchrashuvi, © Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi

18.02.2025 - Maqola

2025-yilning 14-fevral kuni Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Manfred Xuterer Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev bilan uchrashdi. Federal kansler Olaf Sholsning 2024-yil 15-16-sentabr kunlari Samarqandga tashrifi chog‘ida imzolangan ikki davlat o‘rtasida migratsiya va mobillik sohasidagi keng qamrovli hamkorlik to‘g‘risidagi bitim mazkur uchrashuvning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Bitimning kuchga kirishi bilan qonuniy mehnat migratsiyasini mustahkamlash uchun uzoq muddatli va ishonchli hamkorlikni amalga oshirish imkoni yaratiladi. Germaniya ko‘plab sohalarda, masalan, sog‘liqni saqlash va bemorlarni parvarishlashda ishchi kuchi va malakali mutaxassislarga muhtoj. Shu bilan birga, ko‘plab o‘zbekistonlik yoshlar Germaniyada yaxshi va malakali o‘qish va ishga joylashishga qiziqish bildirmoqda. Bu yerda yaxshi tayyorlangan, tirishqoq ishchilar uchun katta imkoniyatlar mavjud. Bitim tuzish orqali Germaniya aynan ularga murojaat qilmoqda

Sahifa boshiga qaytish