Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Germaniya yengil atletika uyushmasining Mayns shaxrida bo´lib o´tadigan xalqaro murabbiylar 43-chi kursiga tanlov

Deutscher Leichtathletikverband, © Deutscher Leichtathletikverband
Tashqi madaniy va ma'rifiy siyosat doirasida Federal Tashqi ishlar vazirligi shu jumladan murabbiylar uchun ingliz tilidagi kurslarni qo'llab-quvvatlaydi.
Tashqi madaniy va ma'rifiy siyosat doirasida Federal Tashqi ishlar vazirligi shu jumladan murabbiylar uchun ingliz tilidagi kurslarni qo'llab-quvvatlaydi. Ushbu Germaniya yengil atletika uyushmasining xalqaro murabbiylar kursiga tanlovi yengil atletika sohasidagi murabbiy va sport o´qituvchilariga mo´ljallangan va Maynz shaxridagi murabbiylar xalqaro maktabida 2020 yil 01 iyunidan 2021 yil 31 yuliga qadar tashkillashtiriladi. Murabbiylik kasbini egallashni ko´zlagan sobiq yengil atletika professional sportchilari ham o´z ariza hujjatlarini topshirishlari mumkin. Yosh boýicha cheklov - 40 yoshgacha.
Germaniya tomoni quyidagi xarajatlarni qoplaydi:
• Til va mutaxassisligiga oyid tayyorlov
• Oylik stipendiya
• Ijaraga xarajatlari Maynsdagi xalqaro murabbiylar maktabida bir kishilik alohida xona
• tibbiy sug'urta (oldingi kasalliklar uchun va tish protezlari qoplanmaydi)
• O'quv materiallari
• Bepul viza
Safar xarajatlari qatnashuvchining o´zi yoki qatnashuvchining davlati sheriklik hissasi sifatida qoplanishi kerak. Tanlovda qatnashish uchun kerakli hujjatlar ilovadagi fayllarda keltirilgan
Arizalar 2019 yil 6 dekabrga qadar Germaniya elchixonasi tomonidan qabul qilinadi.