Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Germaniya yengil atletika uyushmasining Mayns shaxrida bo´lib o´tadigan xalqaro murabbiylar 43-chi kursiga tanlov

Deutscher Leichtathletikverband

Deutscher Leichtathletikverband, © Deutscher Leichtathletikverband

17.10.2019 - Maqola

Tashqi madaniy va ma'rifiy siyosat doirasida Federal Tashqi ishlar vazirligi  shu jumladan murabbiylar uchun ingliz tilidagi kurslarni qo'llab-quvvatlaydi.

Tashqi madaniy va ma'rifiy siyosat doirasida Federal Tashqi ishlar vazirligi  shu jumladan murabbiylar uchun ingliz tilidagi kurslarni qo'llab-quvvatlaydi. Ushbu Germaniya yengil atletika uyushmasining xalqaro murabbiylar kursiga tanlovi yengil atletika sohasidagi murabbiy va sport o´qituvchilariga mo´ljallangan va Maynz shaxridagi murabbiylar xalqaro maktabida 2020 yil 01 iyunidan 2021 yil 31 yuliga qadar tashkillashtiriladi. Murabbiylik kasbini egallashni ko´zlagan sobiq yengil atletika professional sportchilari ham o´z ariza hujjatlarini topshirishlari mumkin. Yosh boýicha cheklov  - 40 yoshgacha.

Germaniya tomoni quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

• Til va mutaxassisligiga oyid tayyorlov

• Oylik stipendiya

• Ijaraga xarajatlari Maynsdagi xalqaro murabbiylar maktabida bir kishilik alohida xona

• tibbiy sug'urta (oldingi kasalliklar uchun va tish protezlari qoplanmaydi)

• O'quv materiallari

• Bepul viza

Safar xarajatlari qatnashuvchining o´zi yoki qatnashuvchining  davlati sheriklik hissasi sifatida qoplanishi kerak. Tanlovda qatnashish uchun kerakli hujjatlar ilovadagi fayllarda keltirilgan

Arizalar 2019 yil 6 dekabrga qadar Germaniya elchixonasi tomonidan qabul qilinadi.

Ariza topshirish uchun hujjatlar

Sahifa boshiga qaytish