Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Bloklangan hisob raqamini ochish va yopish

Bankkonto

Bankkonto, © colourbox

21.11.2024 - Maqola

Viza jarayoni doirasida siz Germaniyada bo‘lishingizni moliyalashtirish imkoniyati mavjidligini tasdiqlashingiz lozim. Bunday imkoniyatlardan biri - ma'lum viza toifalari uchun bloklangan hisob raqamidir.

Bloklangan hisob raqamini ochishda nimalarni inobatga olishim kerak?

  • Bloklangan hisob raqami bank yoki shunga o‘xshash xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotda ochilishi mumkin. Siz xohlagan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni tanlashingiz mumkin. Odatda, bloklangan hisob raqamini onlayn ochish mumkin. Germaniya va boshqa ko‘plab mamlakatlarda bloklangan hisob raqamlari turli talablar bilan taklif etiladi. Shuning uchun, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotni masalani diqqat bilan o‘rganib chiqqandan so‘ngina tanlashni tavsiya qilamiz. Bloklangan pul miqdoriga qo‘shimcha ravishda siz bloklangan hisob raqamini ochish va yuritish uchun to‘lovlarni ham amalga oshirishingiz kerak.
  • Bloklangan hisob raqamiga Germaniyadagi kundalik hayotda yuzaga keladigan xarajatlarni qoplash uchun yetarli miqdorda pul mablag‘i to’lanishi kerak (boshqa moliyalashtirish manbalarining tasdiq´i qo‘shimcha tarzda taqdim etilmagan bo‘lsa). Bloklanishi lozim bo‘lgan mablag‘ Germaniyada bo‘lish maqsadidan kelib chiqib o‘zgaradi. Uni hisoblashda davlat tomonidan beriladigan oliy ta´lim uchun kreditning maksimal stavkasi asos qilib olingan. Germaniyada bo‘lish maqsadingizdan kelib chiqib bloklangan hisob raqamiga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar haqidagi ma'lumotlar vakolatli  diplomatik vakolatxona veb-sahifasida yoki ”Auslandsportal” platformasida joylashtirilgan. Bloklangan hisob raqami odatda bir yil muddatga ochiladi, Germaniyada qisqa muddatli bo‘lish hollari bundan mustasno.
  • Har oy bloklangan hisob raqamidan faqat ma'lum bir miqdorda pul yechib olish mumkin. Bu esa har oyda zarur bo‘lgan minimal miqdorda pul berilishini ta'minlaydi va, masalan, bir yil uchun mo‘ljallangan pulni Germaniyada bo‘lish muddati boshida hisob raqamidan yechib olish imkonini bermaydi.
  • Bloklangan hisob raqamini ochayotganda “bloklangan hisob raqamini qabul qiluvchi” ni ko‘rsatishingiz kerak. Bu esa viza arizangizni topshirgan diplomatik vakolatxona (vizani taqdim etish yoki undan foydalanishdan avval) yoki Chet elliklar ishlari bo‘yicha idoradir (Germaniya hududiga kirgandan so‘ng). Biroq,  bloklangan hisob raqamini qabul qiluvchi" bloklangan hisobdagi mablag‘ingizdan foydalana olmaydi.

Bloklangan hisob raqamni qanday yopishim mumkin?

Hisob raqamini yopish uchun uni bloklangani to‘g‘risidagi belgini oldirib tashlashingiz zarur. Bu ish "bloklangan hisob raqamini qabul qiluvchi" (diplomatik vakolatxona yoki vakolatli chet elliklar ishlari bo‘yicha idora) roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin.

Milliy viza uchun arizangiz rad etilsa, blokirovka belgisini oldirib tashlash uchun viza arizasi rad etilganligi to‘g‘risidagi qaror kifoya qiladi.

Boshqa holatlarda, diplomatik vakolatxona siz tanlagan Germaniya bankidagi bloklangan belgisini oldirib tashlash uchun konsullik qaydnomasini berishi mumkin, agar siz

  1.     kirish vizasini olish uchun ariza topshirmagan va shu sababli Germaniya hududiga kirmagan bo‘lsangiz yoki
  2.     viza arizasini topshirgan, ammo uni qaytarib olgan bo‘lsangiz yoki
  3.     viza arizasini topshirgan va viza olgan bo‘lsangizda, undan foydalanmagan bo‘lsangiz yoki
  4.     viza arizasini topshirgan va kirish vizasini olgan, ammo chet elliklar ishlari bo‘yicha idora tomonidan berilgan yashash uchun ruxsatnomani olmasdan turib yana Shengen hududini tark etgan bo‘ldangiz.

Yashash joyingiz uchun vakolatli diplomatik vakolatxonaga (1-band) yoki viza arizasini topshirgan  diplomatik vakolatxonaga (2-4-bandlar) murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Siz allaqachon Germaniyada bo‘lsangiz, bloklangan belgisini oldirib tashlash uchun yashash joyingizdagi chet elliklar ishlari bo‘yicha idoraga murojaat qiling.

Sahifa boshiga qaytish