Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Germaniya elchixonasining yangi xizmat ko‘rsatuvchi hamkori TLS/ qabulga yozilish uchun bo‘sh sanalar mavjudligi
2025-yil 01-iyuldan boshlab Germaniya elchixonasi faqat yingi xizmat koʻrsatuvchi TLS bilan hamkorlik qiladi.
2025-yil 01-iyul sanasigacha esa viza rasmiylashtirish doimgidek faqat xizmat koʻrsatuvchi hamkor Visametric orqali amalga oshiriladi.
Yangi xizmat ko‘rsatuvchi hamkor TLS orqali 2025-yil 01-iyuldan boshlanadigan sanalarga hozirning o‘zida qabulga yozilish mumkin.
TLS orqali hujjatlarni topshirish uchun qabulga yozilish faqat onlayn amalga oshiriladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi hamkor arizalarni koʻrib chiqish, qaror qabul qilish va viza etiketkalarini chop etish jarayoniga jalb etilmaydi va VIS viza axborot tizimiga kirish huquqiga ega emas.
Uchinchi xizmat koʻrsatuvchilarning xizmatlaridan foydalanmaslikni qat'iy tavsiya qilamiz. Xususan, uchinchi xizmat koʻrsatuvchilar qabulga yozilish tizimiga kirish uchun maxsus ruxsatga ega emaslar va arizalarni koʻrib chiqish jarayoniga hech qanday ta'sir koʻrsata olmaydilar. TLS ning o‘zi ham jiddiy boʻlmagan agentliklar bilan hamkorlik qilmaydi.
TLS qabulga yozilish vaqtlarini muntazam ravishda e'lon qilib boradi. Hujjatlarni topshirish uchun qabul vaqtlari har doim elchixonaning TLSga nisbatan qat'iy talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu qabul vaqtlari hozirda sayyohlik agentliklari tomonidan juda tez band qilinayotganidan elchixona xabardor.
Uchinchi xizmat koʻrsatuvchilar, masalan, sayyohlik agentliklarining viza arizalarini topshirish bilan bog‘liq takliflari xizmat koʻrsatuvchi hamkor TLS taklifi bilan o‘zaro bog‘liq emasligiga elchixona e'tiboringizni alohida qaratadi.
Bundan tashqari xizmat koʻrsatuvchi hamkorning qabulga yozilish tizimidan uchinchi tomonlar foydalanganida suistemollikka yoʻl qoʻyilishini va qabul vaqtlari tanqisligini sun’iy ravishda yuzaga keltirishni oldini olish maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Viza arizaning holatiga oid so‘rovlarga resurslar yetishmasligi sababli javob berilmaydi. Sizning arizangiz boʻyicha qaror qabul qilinishi bilan yoki sizdan qoʻshimcha hujjatlar yoki ma`lumotlar talab etilsa visa boʻlimi yoki xizmat ko‘rsatuvchi hamkorimiz siz bilan bogʻlanadi.