Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Tadqiqotchi/olimlarga ilmiy tadqigotlar olib borish uchun viza

09.01.2023 - Maqola

Agar ilmiy-tadqiqot faoliyati kunduzgi taʼlim shaklida aspiranturada oʻqishning bir qismi boʻlsa, Germaniyada o'qish vizasini olish uchun ariza topshirishingiz lozim. Ilmiy-tadqiqot muassasasi/oliy ta’lim muassasasi va doktorant/aspirant o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilgan hollardagina tadqiqotchi/ilmiy xodim uchun muayyan viza berilishi mumkin. 

Turmush oʻrtog'ingiz va/yoki voyaga yetmagan farzandlaringiz bilan birlashish, odatda, Germaniyada yashash muddati bir yildan ortiq boʻlgan holatlardagina mumkin. Buning uchun sizda yetarli turar joy va oilangizni boqish uchun qoʻshimcha moliyaviy mablag' mavjud boʻlishi lozim. Oilani birlashtirish haqidagi eslatmani inobatga olishingizni soʻraymiz.

Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi

  • Tadqiqotchi sifatida ishga qabul qilish shartnomasi tadqiqotchilar uchun yoki
  • ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma yoki ilmiy muassasa yoki Germaniya oliy ta’lim muassasasida kafolatlangan ish taklifi, unda:
    • Ilmiy-tadqiqot muassasasi (ish joyining nomi va aniq manzili koʻrsatiladi),
    • ilmiy faoliyat turi,
    • bandlik turi: to'liq yoki qisman bandlik,
    • yalpi ish haqi (soliqlar toʻlanmasdan avval) yoki stipendiya miqdori (stipendiya qaysi manbaalardan taqdim etilgani haqida ma'lumot qayd etilgan holda YEVRO/oyiga);
    • bandlik muddati (….gacha chegaralangan / chergaralnmagan).
  • ishga qabul qilish haqida kelishuvi boʻlmagan doimiy ishlaydigan olimlar/ilmiy hodimlar ham „Mehnat munosabatlari toʻg'risidagi ma'lumotnoma“ („Erklärung zum Beschäftigungsverhältnis“) shaklini taqdim etishlari kerak. Ushbu shakl ish beruvchi tomonidan toʻldirilishi lozim.
  • zarur hollarda ilmiy-tadqiqot muassasasining xarajatlarni qoplash toʻg'risidagi arizasi: odatda ilmiy-tadqiqot muassasasi ishga qabul qilish haqida kelishuv (Aufnahmevereinbarung) yoki shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan soʻng davlat tashkilotlarida olti oygacha muddatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xarajatlarni qoplash toʻg'risida yozma ariza berishi kerak. Agar ilmiy-tadqiqot muassasasi asosan davlat mablag'lari hisobidan moliyalashtirilsa yoki Migratsiya va qochqinlar boʻyicha federal idoraga tan olish jarayoni doirasida umumiy xarajatlarni qoplash toʻg'risidagi arizani topshirgan boʻlsa, xarajatlarni qoplash toʻg'risidagi ariza talab qilinmaydi.
  • yashash uchun mablag' mavjudligiini tasdiqlovchi hujjat
  • oylik maoshingiz kamida 2.080 yevro (40 soatlik ish haftasi uchun eng kam ish haqi) tashkil etsa, yashash uchun mablag'ingiz kafolatlangan deb hisoblash mumkin. Bunday holda qoʻshimcha tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmaydi. Agar ish haqingiz yuqoridagidan kam boʻlsa, yashash uchun mablag' mavjudligiini tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, stipendiya yoki Germaniya bankida ochilgan bir oyda 1.027 yevro miqdorda pul yechish imkonini beradigan bloklangan hisob raqami) taqdim etilishi kerak.
  • manzillaringiz va bog'lanish uchun kerakli ma'lumotlar keltirilgan jadval koʻrinishidagi toʻliq (yillar ketma-ketligi saqlangan holatda) tarjimai hol. Agar u nemis tilida boʻlmasa, nemis tiliga tarjimasi ilova qilinishi kerak.
  • oliy ma'lumotga ega ekanligingizni tasdiqlovchi hujjat
  • zarur hollarda chet tillarini bilishingizni tasdiqlovchi hujjat.

Tibbiy sug'urta polisi 

Agar qaror ijobiy boʻlsa, viza berilishidan avval mavjud tibbiy sug'urta polisini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz kerak. Tibbiy sug'urta esa viza berilayotganda taqdim etilishi mumkin. Davlat tibbiy sug'urtasi Germaniyada yashash joyida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng va mehnat shartnomasiga muvofiq ish boshlanganidan keyin kuchga kiradi. Agar siz mamlakatga avvalroq kirsangiz, mehnat munosabatlari boshlanguniga qadar va davlat tibbiy sug'urtasini tuzish imkoniyati paydo bo‘lgunicha xususiy tibbiy sug'urta shartnomasini tuzishingiz lozim.   

Davlat tibbiy sug'urta shartnomasini tuzish imkoni boʻlmasa, umumiy yashash muddatiga tuzilgan xususiy tibbiy sug'urtani tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi lozim. Bunday hollarda "Incoming-Versicherung“ deb nomlangan sug'urtani rasmiylashtirish afzalroqdir. Sayohat tibbiy sug'urta polislari mamlakatda rejalashtirilgan uzoq muddatga qolish holatlarida sug'urta qoplamasini istisno qilishi mumkin. 

Alohida hollarda viza arizasini topshirish yoki viza olish jarayonida bu yerda koʻrsatilmagan qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Barcha hujjatlar toʻliq topshirilishi kerakligini inobatga olishingizni soʻraymiz. Hujjatlarning toʻliq topshirilmasligi arizani koʻrib chiqish jarayonini kechiktiradi va arizaning rad etilishiga olib kelishi mumkin. 

Germaniyada bloklangan hisob raqamini ochish

 

Sahifa boshiga qaytish