Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Rossiya Federatsiyasi fuqarolari uchun muhim maʼlumot

24.10.2022 - Maqola

Muhim ma’lumot

Amaldagi Germaniya vizasiga ega boʻlgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari Germaniya hududiga kirishlari hali ham mumkin. Viza berish uchun amaldagi talablar haqidagi maʼlumotni bu yerdan topishingiz mumkin.

Qoidaga muvofiq Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ushbu elchixona maʼmuriy hududida doimiy yashash joyi yoki qonuniy yashash joyiga ega boʻlgan shaxslarning viza arizalarini koʻrib chiqishga masʼul ekanini inobatga olishingizni soʻraymiz.

Shu sababli Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi boshqa shaxslarning viza arizalarini koʻrib chiqa olmaydi. Bu, qoida tariqasida, Belarus, Rossiya yoki Ukrainada doimiy yashash joyi yoki qonuniy yashash joyiga ega boʻlgan yoki urush boshlanishi arafasida qayd etilgan davlatlarda doimiy yashash joyi yoki qonuniy yashash joyiga ega boʻlgan shaxslarga ham tegishli.

Istisnolar faqat quyidagi Rossiya fuqarolariga nisbatan qoʻllaniladi: uzoq muddat Germaniyada boʻlish uchun viza arizasini topshirgan, masalan, mehnat faoliyatini olib borish yoki oliy oʻquv yurtlarida tahsil olish uchun, va Rossiyadagi mutasaddi diplomatik vakolatxonaga viza olish maqsadida qaytib borganlarida ehtimoliy xavf tug´ilishi mumkin boʻlgan shaxslar. Bu, xususan, huquq himoyachilari, jurnalistlar, dissidentlar va harbiy xizmatdan bosh tortganlarga tegishli boʻlishi mumkin.

Maʼmuriy hudud tamoyiliga asoslanib, siyosiy boshpana olish uchun arizani xorijda boʻla turib topshirish mumkin emas, balki Germaniya hududida toshirish lozim. Boshpana olishga ariza topshirish uchun kirish vizalari elchixona tomonidan berilmaydi.

Milliy vizalar haqida maʼlumotni bizning veb-sahifamizdan topishingiz mumkin. Viza berish uchun har qanday holatda amaldagi xorijga chiqish biometrik pasporti talab qilinadi.

Sahifa boshiga qaytish