Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Nikoh tuzish uchun viza

Maqola

Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi

  • Germaniyada yashayotgan qalliqning (nikoh tuzish uchun oldiga boriladigan shaxs) pasportining shaxsiy ma´lumotlar keltirilgan sahifalaridan nusxa
  • Arizachi va qalliq pasportlarining mamlakat va xorijga kirish-chiqish muhri qo´yilgan sahifalaridan nusxa
  • Agar tegishli bo´lsa: Germaniyada yashovchi qalliqning Germaniyada vaqtinacha yashash uchun ruxsatnomasining (Aufenthaltstitel) nusxasi
  • Germaniyada yashovchi qalliqning yashash joyida ro'yxatdan o'tganligi haqida ma´lumotnoma
  • Arizachining tug’ilganlik haqida guvohnomasi va uning nemis tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi
  • Nemis tilidan A1 darajada bilimga ega ekanlikni tasdiqlovchi hujjatlar
  • Nikoh tuzilishi uchun qo‘yilgan barcha talablar bajarilganligi haqida Germaniyadagi nikohni qayd etish idorasi tomonidan berilgan ma‘lumotnoma. Nihoh tuzish haqidagi ma’lumotnoma, u berilgan kundan olti oy o‘tgach, o‘z kuchini yo‘qotadi. Ushbu muddat davomida nikoh tuzishning iloji bo‘lmasa, xorijiy fuqaro bo‘lgan qalliq o‘z vataniga qaytib ketishiga majbur bo’lishi mumkin

Ba’zi holatlarda qo´shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Arizangiz bo´yicha ijobiy qaror qabul qilinganda viza berilishidan oldin tibbiy sug’urta taqdim qilinishi lozim.

Hujjatlar to`liq taqdim qilinishiga e´tibor bering. Hujjatlarning to’liq bo’lmasligi viza arizasini ko´rib chiqish jarayonining cho´zilishiga va rad javobiga sabab bo´lishi mumkin.

Nemis tili bo'yicha bilim darajasini tasdiqlash

Agar Siz oila birlashtirish yoki turmush qurish maqsadida viza uchun ariza topshirmoqchi bo´lsangiz, safargacha nemis tili bo’yicha boshlang’ich bilimga, “Umumyevropa til bilimlarini baholashning yagona tizimi”ga muvofiq A1 darajada, ega ekanligingizni tasdiqlashingiz lozim.

Sahifa boshiga qaytish