Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
O'qishga tayyorgarlik ko'rish uchun xizmat qilmaydigan til o'rganish kursida qatnashish uchun viza
Muhim ma’lumot
Germaniyada shifokor sifatida ishga joylashmoqchi bo‘lgan shaxslarning xorijda berilgan oliy ma'lumot haqidagi diplomlari tan olinishi lozim. Diplom tan olinishi uchun mutaxassislik bo'yicha til imtihonidan o'tish kerak. Mutaxassislik tili bo‘yicha imtihonga tayyorgarlik ko‘rish uchun Germaniyada til kursida o‘qish mumkin. Til bo‘yicha bazaviy bilimlarni (kamida B1 darajasida) odatda O‘zbekistonda olish mumkin. Bunday hollarda viza arizasi odatda Chet elliklarning Germaniyada yashashi to‘g'risidagi qonunning § 16d bandiga muvofiq ko'rib chiqiladi.
Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi
- Haftasiga kamida 18 soatni tashkil etuvchi, kurs joyi, davomiyligi, haftalik dars soati, kurs badali to’langani haqidagi ma`lumotlarni o’z ichiga olgan taklifnoma
- Darslar talabalarning shaxsan ishtirokida olib borilishi haqida til maktabining tasdiqnomasi
- Xozirga qadar olingan akademik va maktab ta`limi haqida hujjat, diplom hamda uning baholar ilovasi
- Agar ishlasangiz hozirgi ish beruvchingizdan ma'lumotnoma
- Nemis tilidan olgan bilimlaringiz haqida tasdiqnoma
- Til kursi vaqtida o’qish yoki kasbiy faoliyatingizda tanaffus qilsangiz oliy o’quv yurti yoki ish beruvchi tomidan ta`til berilishi haqida tasdiqlovchi ma hujjati
- Akademik va kasbiy faoliyat sanab o’tilgan jadval shaklidagi tarjimai xol va uning nemis tiliga tarjimasi
- Til kursidan keyingi kasbiy istiqbol haqidagi ma`lumotlarni o’z ichiga olgan, arizachining o’zi tomonidan yozilgan va imzolangan motivatsiya xati va uning nemis tiliga tarjimasi
- Til kursi davomida oyiga 1.027 yevro miqdorida yetarli bo’lgan moliyaviy jixatdan ta`minlanganlik haqida tasdiqnoma
Moliyaviy jihatdan ta`minlanganlik quyidagicha tasdiqlanishi mumkin:
- Jamg’arma yoki birorta Germaniya jamoat muassasasining oyiga 1.027 yevro miqdorida stipendiya ajratishi haqida ma`lumotnoma
Agar stipendiya miqdori kamroq bo’lsa, o’rtadagi farq quyidagicha to‘ldirilishi mumkin:
- Germaniya hududida bo‘lish to‘g‘risidagi qonun (Aufenthaltsgesetz)ning 66-68 moddalari asosida berilgan, safar maqsadiga mos, kafilning moliyaviy xolati yetarli deb ko’rsatilgan kafolat xati (Verpflichtungserklärung)
yoki
- Germaniya bankida ochilgan, rejalashtirilgan safar muddati uchun yetarli bo’lgan, oyiga 1.027 yevro miqdoriga yechilishi mumkin bo’lgan bloklangan xisob raqami
Ba'zi hollarda qo'shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.
Ijobiy qaror qabul qilinsa, viza berilishidan avval tibbiy sug’urta haqidagi tasdiqnomani taqdim etishingiz lozim.
Hujjatlar to’liqliligiga e`tibor bering. To’liq bo’lmagan arizalar tekshiruv jarayonini sekinlashtiradi va rad javobiga olib kelishi mumkin.