Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

 Viza bo'limi 14.08.2020 gacha ishlamaydi

Shengen vizasi bosilgan pasport

Shengen vizasi, © colourbox.com

09.07.2020 - Maqola

Amaldagi karantin qoidalariga asosan, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasida viza so'rovnomalarini ko'rib chiqish 2020-yil 14-avgustgacha cheklanmoqda.

O'zbekistonda karantin qoidalarining yangilanishi tufayli elchixona hozircha 2020- yil 14-avgustgacha viza uchun yangi so'rovnomalarni ko'rib chiqmaydi.

2020-yil 10-iyuldan 14-avgustgacha topshirilgan viza so'rovnomalari avtomatik ravishda 2020-yil 14-avgustdan keyingi vaqtga ko'chiriladi. Topshirilgan so'rovnomalar uchun belgilangan yangi qabul vaqtlari haqidagi ma'lumotni elektron pochta orqali olasiz.

Shu sababli, viza so'rovnomasini qabul qilish faqatgina so'rovnoma beruvchi kirish cheklovlariga istisnolardan birini asoslaydigan sabablar borligini isbotlasagina amalga oshiriladi.

  • tibbiyot xodimlari va tadqiqotchilari, bemor va qariyalarga qarovchi mutaxassislar
  • chegara yo'lovchilari, yuk tashish va boshqa zarur soha transporti vakillari (masalan, aviatsiya ekipajlari).
  • diplomatlar, xalqaro tashkilotlar xodimlari, harbiy xizmatchilar, vazifalarini bajaruvchi birodarlik (gumanitar) yordam xodimlari
  • tranzit yo'lovchilar (shu jumladan konsullik yordami bilan vataniga qaytarilganlar)
  • oilaviy sabablarga ko'ra yo'lovchilar
  • xalqaro himoyaga muhtoj yoki boshqa gumanitar sabablarga ko'ra

Ushbu vaziyatda boshqa o'zgarishlar bo'lsa, elchixona sizni darhol xabardor qiladi.

Sahifa boshiga qaytish