Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Viza masalalari
Elchixonaning viza bo‘limiga xush kelibsiz!
Odatda vizaning ikki turi mavjud: Shengen vizasi va Germaniya milliy vizasi. Agar Siz yarim yil mobaynida 90 kungacha muddatga safar rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Shengen vizasi uchun ariza topshirishingiz kerak. 90 kundan (uzluksiz) yuqori muddatli barcha safarlar uchun milliy viza rasmiylashtiriladi.
Qaysi davlat fuqarolari Germaniyaga safar uchun viza olish kerak, kabi viza borasidagi umumiy ma´lumotlarni nemis tilida Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligining websahifasidan olishingiz mumkin: Germaniya Tashqi ishlar vazirligi
boshqa mavzular
Asosiysi Agar Siz yarim yil mobaynida 90 kungacha muddatga Shengen shartnomasiga a’zo davlatlar hududida bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Shengen vizasi uchun ariza topshirishingiz kerak.…
Diqqat: shubhali viza agentliklari! Elchixona Visametric dan tashqari xizmat ko'rsatuvchi, vositachi yoki boshqa agentliklar bilan ishlamaydi. Xususan, ushbu tashqi xizmat ko'rsatuvchilar elchixonaning…