Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Korruptsiyani oldini olish

Das Foto zeigt eine Hand, die jemandem Geld aus der Anzugtasche nimmt.

Korruptsiya, © colourbox

Maqola

Butun dunyoda, shu qatorda Germaniyada korruptsiya tufayli, yiliga milliardlar miqdorida zarar yetkaziladi. Bundan tashqari, ushbu holat davlat muassasalarining ishonchliligiga putur yetkazadi va ularning o'z vazifalarini xolis bajarishiga shubha bilan qarashga to’g’ri keladi. Korruptsiyaning oldini olish maqsadida Germaniya hukumati korruptsiya keltirib chiqarayotgan xavf-xatarlardan himoyalanish va barcha ma'muriy harakatlarning ajralmas qismi sifatida yuqori axloqiy va huquqiy me'yorlarni belgilashga qaratilgan tegishli dasturlarni qabul qilgan. Germaniya federal hukumatining federal ma’muriyatda korruptsiyani oldini olish bo'yicha direktivasi 2004 yil 30 iyuldan kuchga kirgan.
Albatta, bu chet eldagi Germaniya vakolatxonalarining barcha xodimlariga ham taalluqlidir, jumladan federal ma'muriyatning bir qismi hisoblangan Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasiga ham. Axloqiy tamoyillar va korruptsiyani rad etish barcha xodimlarning ongida mustahkam o’rin egallagan bo‘lishi lozim. Buning uchun, ularning barchasiga bu mavzuda muntazam ravishda ma'lumotlar berib boriladi. Xususan, uchinchi shaxslardan hadyalar qabul qilish, shaxsiy sovg‘a va boshqa (xayr-ehson shaklidagi) daromadlarni olish taqiqi printsipi amal qiladi, ya'ni xodimlarning hech biri uchinchi shaxslardan o'z vakolati va egallab turgan lavozim vazifasiga bog‘liq bo'lgan minnatdorchilik hadyalari yoki mukofot shaklidagi boshqa daromadlarni qabul qilishi man etiladi.

Sahifa boshiga qaytish