Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining chet ellardagi vakolatxonalariga ishga yollanuvchi arizachilar uchun ma’lumotlar himoyasiga doir Umumiy reglamentning 13-moddasiga binoan shaxsiy ma’lumotlarni himoyasi haqida ma’lumot

Ein USB-Stick und ein Zahlenschloss liegen auf einer Computer Tastatur

Shaxsiy ma'lumotlar himoyasi, © colourbox.de

Maqola

Mas'ul shaxs va ma’lumotlar muhofazasi bo'yicha vakil

Diplomatik xizmat haqidagi qonunning 2-moddasiga muvofiq Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning chet ellardagi vakolatxonalari birgalikda yagona federal idorani tashkil qiladilar.

Umumiy reglamentning 4-moddasi 7-qismiga binoan shaxsiy ma’lumotlarni ko’rib chiqish uchun Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mas’uldir:

Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Werderscher Markt Ko’chasi, 1

10117 Berlin

Telefon: +49 (0)30 18 17-0/ Aholiga xizmat ko’rsatish markazi: +40 (0)30 18 17-2000

Faks: +49 (0)30 18 17-3402

Aholiga xizmat ko’rsatish markaziga so’rovnoma yuborish uchun ishlatiladigan shakl

Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlar muhofazasi bo’yicha mas´ul shaxsga quyidagi manzil orqali murojat qilishingiz mumkin:

Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining

ma’lumotlar muhofazasi bo’yicha mas´ul shaxs

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi
Werderscher Markt 1
10117 Berlin
Telefon: +49 (0)30 18 17-7099
Telefax: +49 (0)30 18 17-5 7099

Ma’lumotlar muhofazasi bo’yicha mas´ul shaxsga so‘rovnoma yuborish uchun ishlatiladigan shakl

Shaxsiy ma’lumotlar muhofazasi haqida savollar bilan vazirlikning chet ellardagi vakolatxonalari xodimlariga murojat qilishingiz mumkin. Vakolatxonalardagi shaxsiy ma’lumotlar muhofazasi bo’yicha mas´ul shaxsga tegishli ma’lumotlar sahifa yakunida keltirilgan.

Ma'lumotlarni ko’rib chiqishdan maqsad va uning huquqiy asoslari

Arizangizda keltirilgan Sizga tegishli barcha shaxsiy ma’lumotlarni ko’rib chiqish faqatgina ishga qabul qilish jarayonini yo’lga qo’yish maqsadida amalga oshiriladi.

Ma'lumotlarni ko’rib chiqish uchun huquqiy asos Umumiy reglamentning 6-moddasi 1-qismi hamda 88-moddasi va ma’lumotlarni muhofazasiga doir Federal qonunning 26-paragrafi yoki mamlakatga xos qoidalar hisoblanadi. Ma'lumotlarni ko’rib chiqish mehnat munosabatlarini o'rnatishni asoslovchi qaror qabul qilish uchun zarurdir.

Ma'lumotlarni qo’shimcha ravishda ko’rib chiqish, misol uchun kelgusida e’lon qilinadigan bo’sh ish o’rinlariga nomzodlar zahirasi ro'yxatini shakllantirish uchun, Umumiy reglamentning 6-moddasi 1-qismi a)-xatboshi, 9-moddasi, 2-qismi a)-xatboshiga muvofiq faqat Sizning roziligingiz bilan amalga oshiriladi.

Shaxsiy ma'lumotlarni saqlash

Tanlov jarayoni tugaganidan so'ng, shaxsiy ma'lumotlaringiz quyidagicha saqlanadi:

  • odatda 6 oy davomida, agar ariza ko’rib chiqish jarayonida nomzodingiz inobatga olinmagan bo'lsa;
  • 3 yilgacha bo’lgan muddatda, agar nomzodlar ro’yxatiga yoki nomzodlar zahira ro’yxatiga Sizni kiritishlariga rozilik bergan bo'lsangiz;
  • tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan bo'lsangiz, mehnat munosabatlaringiz muddati tugagunga qadar.

Saqlash muddati tugagandan so'ng, shaxsiy ma'lumotlaringiz o'chiriladi.

Sizning huquqlaringiz

a. Tanlov jarayoni ishtirokchisi sifatida talablar bajarilgan bo’lsa, siz quyidagi huquqlarga egasiz:

  • Ma'lumot olish huquqi, Umumiy reglamentning 15-moddasi
  • Tuzatish huquqi, Umumiy reglamentning 16-moddasi
  • O'chirish huquqi ("unutilish huquqi"), Umumiy reglamentning 17-moddasi
  • Ko’rib chiqishni cheklash huquqi, Umumiy reglamentning 18-moddasi
  • Ma'lumotlarni ko'chirish huquqi, Umumiy reglamentning 20-moddasi
  • Ko’rib chiqishga e'tiroz bildirish huquqi, Umumiy reglamentning 21-moddasi

b. Shaxsiy ma'lumotlaringiz Sizning roziligingiz asosida ko’rib chiqilayotgan bo'lsa (masalan, nomzodlar ro’yxatiga kiritilish doirasida), Siz istalgan vaqtda sabablarni keltirmasdan ko’rib chiqishni bekor qilish huquqiga egasiz. Roziligingizni bekor qilishingizdan avval shaxsiy ma'lumotlar ko’rib chiqilishining qonuniyligiga roziligingizni bekor qilganingiz ta'sir qilmaydi (Umumiy reglamentning 7-moddasi 3-qismi).

c. Shaxsiy ma'lumotlaringiz biz tomonimizdan ko’rib chiqilgani sababli ma'lumotlar muhofazasini nazorat qiluvchi idoraga shikoyat qilish huquqiga egasiz (Umumiy reglamentning 77-moddasi). Ma'lumotlarni himoya qilish va axborot erkinligi bo'yicha Federal vakil Federal Tashqi ishlar vazirligi va Germaniyaning chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari uchun mas'ul nazorat idorasi hisoblanadi.

Shaxsiy ma'lumotlar muhofazasi bo'yicha elchixona mas'ul xodimi

Datenschutz-Ansprechperson

Deutsche Botschaft Taschkent, Sharaf Rashidov, 15 100017 Taschkent

Kontaktformular


Sahifa boshiga qaytish