Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Angren shahridagi 34-sonli maktab-internatiga sport anjomlari

09.12.2021 - Press-reliz

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi yillar davomida O‘zbekistonda ommaviy sportni targ‘ib qilib kelmoqda. Maqsad – O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va nemis-o‘zbek do‘stligini mustahkamlash. Alohida e’tibor bu borada ijtimoiy jihat va aholining zaif qatlamlarini rag'batlantirishga qaratilgan. Shu bois elchixona O‘zbekistonda endi shakllanib kelayotgan tashabbus va yo‘nalishlarni, ya’ni nogiron bolalar uchun maktab sporti va nogironlar uyushmalari, maktablar va sport kollejlarini hamda ayollar futbolini qo‘llab-quvvatlaydi.

2021-yil 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan elchixona joriy yilda Angren shahridagi 34-sonli maktab-internatiga 5000 yevrolik sport anjomlarini sov’ga sifatida taqdim qildi.

Sport anjomlarini tantanali taqdim etish marosimi 2021-yil 7-dekabrda Angren shahridagi 34-sonli maktab-internatida bo‘lib o‘tdi.

Sahifa boshiga qaytish