Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Germaniya Federal tashqi ishlar vaziri Hayko Maasning Ramazon oyi  yakuni (Iyd ul-Fitr bayrami) munosabati bilan qutlovi

Das Bild zeigt eine Illustration der Ramadan-Feierlichkeiten.

Ramadan, © colourbox.de

12.05.2021 - Maqola

Barcha musulmonlarga Ramazon oyining yakuni munosabati bilan “Iyd ramazon bayrami muborak bo'lisin deyman!"

                                                                  

Bundesaußenminister Heiko Maas
Tashqi ishlar vaziri Hayko Maas© Thomas Imo/photothek.net

2021 yil global koronavirus pandemiyasi sharoitida tantanalar nishonlanayotgan qatorasiga ikkinchi yil bo'ldi. O'tgan yili butun dunyo ulkan chaqiruvlar va misli ko'rilmagan cheklovlarga duch keldi va ular barchamizni imkoniyatlarimiz chegarasiga va undan tashqariga ham yetakladi.

Ushbu mushkul davrda Ramazon oyining asosiy g'oyalari bo'lmish atrofimizdagi insonlar bilan hamjihatlik va ularni qo'llab-quvvatlash yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Umid qilamanki, bunga nafaqat alohida shaxslar o'rtasida, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yanada kuchliroq amal qilinadi. Bu esa o'z navbatida vaktsinalarni adolatli taqsimlanishga hamda dunyodagi ko'plab nizolar qurbonlariga  bo'lgan g'amxo'rligimizga ham tegishli.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon ikkinchi Ramazon hayiti bizni pandemiyalar, afsuski, ziddiyatlarni to'xtata olmasligiga ham o'rgatmoqda. Aksincha: insonparvarlik ehtiyoji ayniqsa katta bo'lgan joylarda, ehtiyoj kasallik tufayli yanada  kuchaymoqda. Shuning uchun mening fikrlarim bugungi kunda janglar, tabiiy ofatlar, qochqinlik va quvg'inlik hamda kasalliklar tufayli Ramazon hayitini nishonlay olmaydiganlar bilandir. Siz bir narsaga amin bo'lingki Germaniya ziddiyatlarni tugatish va yordamga muhtoj odamlarga gumanitar yordam ko'rsatish borasidagi harakatlarini to'xtatmaydi.

Sahifa boshiga qaytish