Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

43 - xalqaro yengil atletika murabbiylari kursi

02.03.2021 - Maqola

Germaniya yengil atletika uyushmasining Mayns shaxrida bo´lib o´tadigan xalqaro murabbiylar 43-chi kursiga tanlov

Tashqi madaniy va ma'rifiy siyosat doirasida Federal Tashqi ishlar vazirligi  shu jumladan murabbiylar uchun ingliz tilidagi kurslarni qo'llab-quvvatlaydi. Ushbu Germaniya yengil atletika uyushmasining xalqaro murabbiylar kursiga tanlovi yengil atletika sohasidagi murabbiy va sport o´qituvchilariga mo´ljallangan va Maynz shaxridagi murabbiylar xalqaro maktabida 2021 yil 01-sentyabrdan 2022 yil 31-avgustga qadar tashkillashtiriladi. Murabbiylik kasbini egallashni ko´zlagan sobiq yengil atletika professional sportchilari ham o´z ariza hujjatlarini topshirishlari mumkin. Yosh boýicha cheklov  - 40 yoshgacha.

Germaniya tomoni quyidagi xarajatlarni qoplaydi:

• Til va mutaxassisligiga oyid tayyorlov

• Oylik stipendiya

• Ijaraga xarajatlari Maynsdagi xalqaro murabbiylar maktabida bir kishilik alohida xona

• tibbiy sug'urta (oldingi kasalliklar uchun va tish protezlari qoplanmaydi)

• O'quv materiallari

• Bepul viza

Safar xarajatlari qatnashuvchining o´zi yoki qatnashuvchining  davlati sheriklik hissasi sifatida qoplanishi kerak. Tanlovda qatnashish uchun kerakli hujjatlar ilovadagi fayllarda keltirilgan

Ariza topshirish uchun hujjatlar (Ingliz tilidagi ma´lumot)

Tibbiy ko´rik o´tish uchun anketa

Ariza-anketasi

Arizalar 2021 yil 15-aprelga qadar Germaniya elchixonasi tomonidan qabul qilinadi.

Sahifa boshiga qaytish