Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Diplom topshirish marosimi (DSD II)

Toshkent shahri Gyote nomidagi 60-maktabda Diplom topshirish marosimi © Toshkent shahri Gyote nomidagi 60-maktab
2025-yil 7-may Toshkent shahri Gyote nomidagi 60-maktabda Diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosimda Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi janob Manfred Xuterer Toshkent shahri Gyote nomidagi 60-maktab, Samarqand shahri Humbolt nomidagi 51-maktab va FarDU akademik litseyi bitiruvchilariga Germaniya Federativ Respublikasi taʼlim va madaniyat vazirlari doimiy konferensiyasining 63 ta Ikkinchi darajali nemis tili (DSD II) diplomlarini tantanali ravishda topshirdi. Marosimda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining o'rinbosari Farhod Bokiev ham ishtirok etdi. Xorijdagi maktablar Markaziy boshqarmasining (ZfA) nazorati ostida yuqorida sanab o‘tilgan maktablarda o‘quvchilar tillar bo‘yicha Umumyevropa kompetensiyalariga muvofiq (GER) B2/C1 darajasini tasdiqlovchi hamda xalqaro miqyosda tan olingan, shuningdek Germaniya oliygohlarida tahsil olish uchun zarur bo‘lgan nemis tili (DSD II) diplomini olish uchun nemis tili xalqaro imtixonlaridan o‘tadilar. Shu tarzda maktab va litsey o‘quvchilari O‘zbekistonda va xorijda keyingi kasb tanlash va taʼlim olish masalalarida o‘z maqsadlariga erishish uchun qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladilar.
Xorijdagi maktablar Markaziy boshqarmasining nemis tili bo‘yicha koordinatori va maslahatchisi byurosi (ZfA) 1994-yildan buyon Toshkent shahridagi va boshqa viloyatlardagi nemis tiliga chuqurlashtirilgan maktab va litseylarni qo‘llab-quvvatlab keladi va shu bilan birga “Maktablar: kelajak hamkorlari” (PASCH) tashabbusi doirasida O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga faol hissa qo‘shmoqda. Hozirda xorijdagi maktablar Markaziy boshqarmasi (ZfA) O‘zbekistondagi 8 ta maktab va 1 ta litsey bilan hamkorlik qilmoqda.