Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
KfW Taraqqiyot banki va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar
KfW Taraqqiyot banki va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘rtasida amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar, © KfW O'zbekiston
Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) topshirig´i asosida KfW Taraqqiyot banki O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan 45 million yevro miqdorida past foizli kredit, 10,3 million yevro miqdorida davlat byudjet krediti hamda jami 6,5 million yevrolik ikkita grant ajratish bo‘yicha amalga oshirish shartnomalarini imzoladi. Shartnomalar 2022-yil 18-avgust kuni Sog'liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Otabek Fazilkarimov va KfW byurosi rahbari Dr. Andreas Shnayder tomonidan Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Dr. Tilo Klinner ishtirokida imzolandi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish shartnomalari 2022 yil 5 va 8 avgust kunlari Moliya vaziri janob Timur Ishmetov tomonidan imzolangan.
Birinchi loyiha O‘zbekiston aholisiga tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish uchun raqamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu islohotlar takomillashtirilgan ma'lumotlar almashinuvini va sog'liqni saqlash tizimini boshqarishning raqamli infratuzilmasi va uning ma'muriy jarayonlarini optimallashtirish uchun raqamli ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha milliy sog'liqni saqlash platformasini joriy etish chora-tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
Bunga tibbiy xodimlar uchun IT-treninglar hamda tashxis qo‘yish va davolashni tezlashtiradigan bemorlarning elektron anketalari kabi chora-tadbirlar kiradi. Shuningdek ma'lumotlar bazasining umumiy raqamlashtirilishi tibbiy asboblarni yaroqli holda saqlash va texnik xizmat ko‘rsatishni yaxshilash imkonini beradi.
Raqamlashtirish ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxini yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi va sog`liqni saqlash sohasini uzoq muddat davomida barqaror moliyalashtirishga hissa qo‘shadi. Moliyalashtirilgan islohotlar dasturi 2030 yil kun tartibini amalga oshirishga, xususan, “Salomatlik va farovonlik” Barqaror rivojlanish maqsadini (SDG №3) amalga oshirishga hissa qo‘shadi.
Ikkinchi loyiha O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining unumdorligi va samaradorligini Toshkent shahridagi milliy referens-laboratoriyani jihozlash va hududlarda (mintaqaviy tarmoqni tashkil etish) jumladan, sifatni ta’minlash va axborot tizimini joriy etish va tarmoqqa ulash orqali mustahkamlashga qaratilgan.
“Ishonchli laboratoriyalar tizimi samarali sog‘liqni saqlash tizimining muhim tarkibiy qismidir. Sifat nazoratining va tibbiy hizmat korsatish tizimida shu jumladan laboratoriyalarda fragmentatsiyaning yo’qligi diagnostika va klinik qarorlarni qabul qilish jarayonlarida sifat nuqsonlari va samarasizlikka olib keladi va keng ma'noda aholiga tibbiy yordam ko'rsatishga tahdid soladi; – deya ta’kidladi Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi, Dr. Tilo Klinner Janobi Oliylari.
O‘zbekiston Germaniya taraqqiyotga qaratilgan hamkorligining Markaziy Osiyodagi markaziy hamkorlaridan biri hisoblanadi va KfW O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida 1993-yildan buyon faol ishlab kelmoqda.