Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

Elchixona havfsizlik xizmatiga xodim/xodimalarni ishga olish haqida e'lon

09.12.2021 - Maqola

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi qurilish maydonini qo‘riqlash uchun elchixona havfsizlik xizmatiga xodim/xodimalarni 2022 yil fevral oyidan ishga olish maqsadida tanlovo‘tkazadi.

Ish vaqti:

dushanbadan shanbagacha – har kuni 8 soatdan iborat ish smenasi ya´ni 40 soatdan iborat ish haftasi

Xodima / xodimlarning ish faoliyatidagi vazifalari:

  • qurilish maydoniga kirayotgan va chiqayotgan shaxslarni nazorat qilish va tartibga solish
  • avtoulovlarning (yengil va yuk avtomobillari) qurilish maydoniga kirish va chiqishini hamda keltirilgan qurilish mollarini tushurish va yuklash jarayonlarini nazorat qilish 
  • elchixona hududida patrul va post xizmatini o‘tash

Tanlov ishtirokchisiga qo‘yiladigan talablar:

  • chet tilini yaxshi bilish (nemis/ingliz tili)
  • ishtirokchining nemis tilini bilishi afzal ko‘riladi
  • kompyuter savodxonligi  
  • o‘z tashqi ko‘rinishiga e´tibor, tartiblilik va hushmuomalalilik  
  • qat´iy harakat qilishga qodirlik va jismoniy yetuklik
  • ish vaqtidan tashqari qo‘shimcha ishga tayyorlik (zarur hollarda kechasi va/yoki yakshanba va bayram kunlaridagi ish)
  • jamoada ishlay olish qobiliyati

Arizangizni quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda:

  • tarjimai hol
  • ma´lumotnomalar, xujjatlar
  • tavsiyanomalar

2022 yil 7 yanvargacha quyidagi manzilga yuborishingizni so‘raymiz:

Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasining

havfsizlik masalalari bo’yicha maslahatchisiga

Sharof Rashidov ko‘chasi 15, Toshkent 100017

yoki info@tasc.diplo.de elektron manziliga

Iltimos, chet eldagi diplomatik vakolatxonalarga murojaat etuvchilar uchun Umumiy reglamentning 13-moddasiga binoan shaxsiy ma’lumotlarni himoyasi haqida ma'lumotlarga e'tibor bering.

Sahifa boshiga qaytish