Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz

O'zbekistonda nemis tilini o'rganuvchilar o'rtasida ifodali o'qish bo'yicha tanlov

Press-reliz

Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi 2021 yil 15 noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi „Shayxontohur“ akademik litseyi binosida O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganuvchi o‘quvchilar o‘rtasida ifodali o‘qish bo‘yicha o‘zining 14-tanlovini o‘tkazdi.

Tanlovda O’zbekiston maktablari 10-sinf hamda 1 va 2-kurs litsey o’quvchilaridan jami 40 ta ichki saralash bosqichida tanlab olingan o‘quvchi ishtirok etdi.

Til bilish darajasi bo‘yicha uch xil guruhga taqsimlangan o‘quvchilarning nemis tilidagi matnni tushunishi va uni ifodali o‘qish bo‘yicha qobiliyatlari Gyote instituti, Xorijdagi maktablar bo’yicha Germaniya markaziy boshqarmasi (ZfA) va Germaniya elchixonasi vakillaridan iborat uchta hay‘at guruhi tomonidan baholandi.

„A“ guruhida Toshkent shahridagi Urganch Davlat Universiteti qoshidagi 2-sonli litsey o‘quvchisi Temur Razzaqov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2-o'rinni Samarqand shahar 51-sonli maktab 10-sinf o’quvchisi Gulnoz Kayayeva, 3-o‘rinni esa Toshkent shahridagi 60-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi Nizomiddin Shamsiev egalladi.

„B“ guruhida Buxoro shahridagi 4-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi Firuzabonu Rajabova 1-o‘rinni egalladi. 2-o'rinni Xivadagi shahridagi 9-sonli maktabning o‘quvchisi Anaxon Ilxombekova, 3-o‘rinni esa Toshkent shahri 112-sonli maktab o‘quvchisi Otabek Shavkatov qo‘lga kiritishdi.

„C“ guruhida 1-o’rinni Namangan shahar 2-sonli Akademik litseyi o’quvchisi Guzalxon Tursunova, 2-o’rinni esa Urganch shahar 1-sonli maktabning 10-sinf o’quvchisi Mohira Ismoilova egalladilar. 3-o’rin Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ shahri 14-sonli maktabi 10-sinf o’quvchisi Shaxlo Suyunovaga nasib qildi.

O‘ziga xos an‘anaga aylangan ushbu tanlov o‘quvchilarni o‘zaro raqobat orqali qo‘llab-quvvatlaydi va nemis tilini o‘rganishda ularga zavq ulashadi.


Sahifa boshiga qaytish