Willkommen auf den Seiten des Auswärtigen Amts

Xorijda egallangan kasbiy malakani tan olinishi tadbirlari uchun viza (16d AufenthG)

Artikel

Wichtiger Hinweis

Oliy ma’lumotga ega bo'lgan va tartibga solinadigan kasbda (masalan, sog'liqni saqlash sohasidagi kasblar, hamshiralik kasblari), ishlashni xohlaydigan, shuningdek, chet elda kasbiy ta’lim olgan shaxslar Germaniyada malakasining tan olinishi uchun ko’riladigan chora tadbirlar uchun viza olishi mumkin. Bular nazariy va amaliy choralar bo'lishi mumkin.

Buning uchun ariza topshirilgunga qadar tegishli malakani tan olish jarayoni amalga oshirilganligi va malakaning qisman tan olinganligi to'g'risidagi qaror mavjudligi ayniqsa muhimdir.

Malakaning tan olinishi haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda topishingiz mumkin. Tan olish tartib-qoidalariga oid savollaringiz bilan bevosita mutaxassislarga murojaat qilishiungizni so'raymiz. 

Qabulga yozilish

Arizangizni topshirish uchun qabulga oldindan yozilishingiz  kerak.

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi Germaniyada xorijda egallangan kasbiy malakani tan olinishi tadbirlari uchun milliy vizaga arizalarni qabul qilish masalasida Visametric xizmat ko'rsatuvchisi bilan hamkorlik qiladi. Visametric Sizga arizangizni topshirishda yordam beradi va hujjatlarni elchixonaga yuboradi. Elchixonada Sizning arizangiz tekshiriladi va qaror qabul qilinadi. Visametric jarayon natijasiga ta'sir ko'rsata olmaydi va Sizning arizangiz bo'yicha qaror qabul qilmaydi.

Visametric odatda hujjatlarni tezroq topshirishga yordam beradi hamda kutish vaqtini qisqartiradi. Xizmat haqi 29,54 yevro. (viza bo'limining amaldagi ayribolshlash kursi bo'yicha so'mda to'lanadi).

Visametric qabuliga yozilish bepul. Oldindan qabulga yozilish tizimi barcha mijozlar uchun ochiqdir. Xususan, sayyohlik agentliklari va boshqa vositachilik agentliklari tizimga alohida kirish imkoniga ega emaslar. Elchixona Visametric dan boshqa xizmat ko'rsatuvchi bilan ishlamaydi. 

Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar

  • Kasbiy malakani qisman tan olish to'g'risidagi qaror yoki Germaniyada kasbiy malakani tan olish uchun mas'ul organning vaqtinchalik qarori. Unda Germaniyada tartibga solinadigan kasb bilan shug'ullanish uchun kasbiy malaka yoki kasbiy tayyorgarlikning Germaniyada olingan malakaga tengligini aniqlash va litsenziya berish uchun tan olish va baholash choralari zarurligi ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Tartibga solinadigan kasblarda, faqat nazariy bilimlar imtihoni, malakaviy imtihon va/yoki til imtihoni talab qilinishi ham mumkin.

  • Agarda kasbiy ta’limni qisman tan olish haqidagi qarorda nazarda tutilgan bo’lsa: nazariy kurslarga, tashkilot yoki korxona malakaviy tadbirlari uchun (malaka oshirish kurslari o'quv rejasi bilan) yoki imtihonga tayyorgarlik kurslaridan ro'yxatdan o'tganlik, nazariy bilimni aniqlash kurslariga va/yoki nazariy bilimni aniqlash uchun tayyorgarlik kursiga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida ma'lumot

  • Kasbiy malakani tasdiqlovchi hujjat

    • Germaniyada tartibga solinadigan kasbda ishlashni xohlaydigan oliy ma'lumotli mutaxassislar, xususan shifokorlar, o'qituvchilar, huquqshunoslar uchun universitetni tamomlaganligi to'g'risida diplomi baholar qayd qilingan ilovasi bilan
    • kasb-hunar ma'lumotli mutaxassislar uchun: shahodatnoma (diplom) egallangan kasb bo'yicha qo'yilgan baholar qayd qilingan ilovasi bilan
    • agar mavjud bo'lsa: muayyan ish tajribasi va malaka oshirish kurslar tugallaganligini tasdiqlovchi hujjat
  • Ta'lim va mutaxassislik bo'yicha ish tajribasi haqida ma'lumotlar ko'rsatilgan, jadval ko'rinishidagi tarjimai xol
  • Nemis tili bo'yicha bilim darajasi kamida A2, tartibga solinadigan kasblar bo'yicha ishlash uchun kamida B1 ekanligini tasdiqlovchi tan olingan hujjat.
  • Agar talab qilinadigan til ko'nikmalariga ega bo'lmasangiz, birinchi navbatda til kursiga viza olish uchun ariza topshirish tavsiya etiladi. Ba'zi hollarda til o'rganish kasbiy moslashuv tadbiri doirasida amalga oshirilishi mumkin. Agar til o'rganish kasbiy moslashuv tadbiri doirasida amalga oshirilsa, til o'rganish va moslashuv tadbiri 24 oy ichida yakunlanishiga imkoniyat yaratilishi ta'minlanishi kerak.
  • Umumiy Germaniyada yashash muddati uchun turar joy ta'minlanganligini tasdiqlovchi hujjat, masalan mehmonxona avvaldan buyurtmasi yoki ijara shartnomasi. Agar Siz qarindosh yoki tanishlaringiznikida yashaydigan bo'lsangiz, taklif qiluvchi shaxs tomonidan imzolangan taklifnoma hamda taklif qiluvchining pasporti nusxasi.
  • Rejalashtirilgan safarning har bir oyiga 1.027 yevro miqdoridagi mablag' mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar. Agar Sizda qo'shimcha ish bo'lsa: oyiga 882 yevro (netto) /1160 evro (brutto) miqdoridagi mablag'ni tasdiqlovchi hujjat.Bir yildan ortiq muddatga rejalashtirilgan safarlar uchun viza arizasini topshirish vaqtida faqat birinchi yil uchun moliyalashtirish manbai tasdiqlanishi lozim.

Moliyalashtirishni tasdiqlash quyidagi hujjatlar orqali amalga oshirilishi mumkin:

  • Germaniya davlatida bo'lish to'g'risidagi qonunning (AufenthG) 66-68 § lariga muvofiq majburiyatni olish to'g'risidagi rasmiy bayonot  Verpflichtungserklärung), safar maqsadi: kasbiy malakani tan olish va kasbiy moslashuv tadbirlari, davomiyligi 6 oydan 12 oygacha, yetarlicha mablag’ mavjudligini tasdiqlovchi hujjat
  • Nemis banklaridan biridagi bloklangan hisob raqamida rejalashtirilgan yashash muddati yoki yashash muddatining birinchi yili uchun bir oy uchun 1.027 yevrodan kam bo'lmagan miqdorni ko'rsatish orqali mablag‘ mavjudligini tasdiqlovchi hujjat. Bloklangan hisob raqami haqida batafsil ma'lumot
  • Qo'shimcha tarzda kasbingizga taaluqli bo'lmagan ishda haftasiga 10 soatgacha ishlab o'zingizni moliyaviy jihatdan ta'minlashingiz mumkin. Bu mehnat shartnomasi yoki ish o'rniga taklif mavjudligini tasdiqlovchi hujjat orqali tasdiqlanishi lozim.
  • Yakunida imtihon o'tkaziladigan kasbiy ko'nikmalar tan olinishi va moslashuv  tadbirlarida qatnashish uchun ro'yxatdan olinganlikni tasdiqlovchi hujjat. Hujjatda tadbir turi va davomiyligi ko'rsatilgan bo'lishi kerak (asli+ 2 nusxasi)

Agar nazariy malakaviy tadbirlarda ishtirok etish bilan bir qatorda,  o'rindoshlik asosida ishga joylashish rejalashtirilgan bo'lsa:

Agar Siz kasbiy ta'limga ega mutaxassis bo'lsangiz:

  • Germaniyadagi ish beruvchingiz tomonidan to'ldirilgan va imzolangan shakl: Mehnat munosabatlari haqida ariza va ish faoliyatini amalga oshirish uchun qo'shimcha A arizasi
  • Ish beruvchining aniqlangan yetishmayotgan malakalarni ikki yil muddatda bartaraf etilishi uchun imkoniyat yaratishi borasidagi majburiyati.
  • Ish beruvchining aniqlangan yetishmayotgan malakalarni bartaraf etish uchun rejalashtirilgan amaliy chora-tadbirlar ko'rsatilgan malaka oshirish va o'qitish bo'yicha rejasi - ikki nusxada.

Agar tegishli va mavjud bo'lsa: Federal Bandlik Agentligining mehnat faoliyatini yuritish uchun oldindan roziligi

Ayrim hollarda qo'shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Hujjatlar bilan birga tibbiy sug'urta rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishingiz lozim.

To'liq hujjatlar to'plamini topshirish zarurligiga e'tibor bering. To'liq bo'lmagan hujjatlar to'plamini topshirish arizalarni ko'rib chiqish jarayonini sekinlashtiradi va arizani rad etilishiga olib kelishi mumkin.

Nemis tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat

Safar qilishdan avval Germaniyada bloklangan hisob raqamini ochish


nach oben