Ushbu sahifada Sizga imkon qadar eng yaxshi xizmatni kafolatlash uchun kukilardan foydalaniladi.
Germaniya Federativ Respublikasining elchixonasiToshkent
Nimani izlayapsiz?
Izlash natijalarining soni:Izlash hech qanday natija bermadi
Navigatsiya
Tashqi ishlar sahifasiga xush kelibsiz
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi
Amaldagi Germaniya vizasiga ega boʻlgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari Germaniya hududiga kirishlari hali ham mumkin. Viza berish uchun amaldagi talablar haqidagi maʼlumotni bu yerdan topishingiz mumkin.
Qoidaga muvofiq Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ushbu elchixona maʼmuriy hududida doimiy yashash joyi yoki qonuniy yashash joyiga ega boʻlgan shaxslarning viza arizalarini koʻrib chiqishga masʼul ekanini inobatga olishingizni soʻraymiz.
Shu sababli Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi boshqa shaxslarning viza arizalarini koʻrib chiqa olmaydi. Bu, qoida tariqasida, Belarus, Rossiya yoki Ukrainada doimiy yashash joyi yoki qonuniy yashash joyiga ega boʻlgan yoki urush boshlanishi arafasida qayd etilgan davlatlarda doimiy yashash joyi yoki qonuniy yashash joyiga ega boʻlgan shaxslarga ham tegishli.
Istisnolar faqat quyidagi Rossiya fuqarolariga nisbatan qoʻllaniladi: uzoq muddat Germaniyada boʻlish uchun viza arizasini topshirgan, masalan, mehnat faoliyatini olib borish yoki oliy oʻquv yurtlarida tahsil olish uchun, va Rossiyadagi mutasaddi diplomatik vakolatxonaga viza olish maqsadida qaytib borganlarida ehtimoliy xavf tug´ilishi mumkin boʻlgan shaxslar. Bu, xususan, huquq himoyachilari, jurnalistlar, dissidentlar va harbiy xizmatdan bosh tortganlarga tegishli boʻlishi mumkin.
Maʼmuriy hudud tamoyiliga asoslanib, siyosiy boshpana olish uchun arizani xorijda boʻla turib topshirish mumkin emas, balki Germaniya hududida toshirish lozim. Boshpana olishga ariza topshirish uchun kirish vizalari elchixona tomonidan berilmaydi.
Milliy vizalar haqida maʼlumotni bizning veb-sahifamizdan topishingiz mumkin (HAVOLA). Viza berish uchun har qanday holatda amaldagi xorijga chiqish biometrik pasporti talab qilinadi.
Dr. Tilo Klinner
Germaniya va O’zbekistonni ko‘p yillik hamkorlik rishtalari bog´lab turadi. Germaniya farovon va yashil kelajak sari borayotgan “Ipak yo‘li durdonasi”ni qo‘llab-quvvatlaydi.
Konsullik bo‘limining ish vaqtlari: Dushanbadan jumagacha: soat 08.00 dan 11.00 gacha.
Ish vaqtidan tashqarida vujudga kelgan favqulotda holatlarda Germaniyafuqarolariuchun navbatchilik tashkil etilgan: +998-93-1815407. Diqqat, bu raqam orqali joriy jarayonlar (vizalar, pasport va h.) bo’yicha ma’lumot berilmaydi. Telefon navbatchiligi O’zbekiston hududida qiyin ahvolga tushib qolgan Germaniya fuqarolari uchun mo‘ljallangan.
E'tibor bering, navbatchilik, ish kunlarida dushanbadan-payshanbagacha, hizmat vaqti tugashi bilan soat 17:15 dan tungi 24:00 gacha, juma kuni esa soat 14:00 dan 24:00 gacha davom etadi. Dam olish kunlarida soat 08:00 da boshlanib 24:00 da tugaydi.